Maxkamova Mushtaribegim Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.     
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatida og‘ir yod tanqisligi sharoitida yashovchi 1-tur qandli diabet kasalligi bor ayollarda reproduktiv buzilishlarining xususiyatlari” 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib 3491.
Ilmiy rahbar: Shamansurova Zulayxo Muralimdjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Narimova Gul`chexra Djumaniyazovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida yashovchi 1-tur qandli diabet ayollarda reproduktiv tizimi buzilishlarining o‘ziga xosligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollar orasida reproduktiv tizim buzilishlari, FSG, LG, giperglikemiya, NbA1s, yod tanqisligi darajasini keng qamrovli baholash asosida 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizim buzilishlari va yod tanqisligi orasida o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizimning rivojlanishi va shakllanishini orqada qolishini, va yod tanqisligini erta korreksiyalash qandli diabet 1-tur ayollarda farzand ko‘rish, xayz siklini normallashishi va reproduksiyaning sifatiga ta’siri isbotlangan; 
yod tanqisligi va qalqonsimon bez funksional holati pasayishining 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda giperglikemiyani yanada og‘ir kechishi va NbA1s ko‘rsatkichlari oshishi va reproduktiv tizim buzilishlari rivojlanishida muhim patogenetik o‘rni isbotlangan; 
1- tur qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan ayollarda yod defisiti holatida reproduktiv kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish, insulinoterapiyada shaxsiylashtirilgan yondashuvdan foydalanish algoritmining klinik amaliyotga joriy qilinishining samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Farg‘ona viloyatida yo‘d defisiti holatida 1-tur qandli diabeti bor ayollarda reproduktiv faoliyatini erta baholash va korreksiyalash tadqiqot natijasida:
birinchi ilmiy yangilik: 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollar orasida reproduktiv tizim buzilishlari, FSG, LG, giperglikemiya, NbA1s, yod tanqisligi darajasini keng qamrovli baholash asosida 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizim buzilishlari va yod tanqisligi orasida o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanganligi «1-tur qandli diabet ayollarda reproduktiv faoliyatni erta baxolash va korreksiyalash yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filialining 11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: QD 1-turining ayollar orasida so‘nggi 5 yil ichida tarqalishi tahlili uning 20% ga o‘sganini ko‘rsatdi va xududlar bo‘yicha yillar kesimida tahlili yod tanqisligi kasalliklari tarqalishi bilan mos kelganligi aniqlandi. FSG, LG, giperglikemiya, NbA1s, yod tanqisligi darajasini kompleks baholash asosida 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashni nazarda tutgan maqsadli diagnostika va davolashni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1-tur qandli diabet kasalligi bor ayollarda reproduktiv tizim buzililarini kompleks baholash asosida kasallikni to‘g‘ri tashxislash va erta aniqlash maqsadida 1 kun uchun bir martalik davolanish uchun bir nafar bemorga o‘rtacha 15000000 so‘mni, shifoxonada o‘nlab muolajalar natijasida kamida yiliga ikki marta davolanish uchun 60000000 so‘mni tashkil qiladi. QD 1-turi bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini oldini olishga sarflanadigan 45000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: 1 tur qandli diabet kasalligi bor ayollarda reproduktiv tizim buzilishlariga olib keluvchi FSG, LG, giperglikemiya, NbA1s, yod tanqisligi darajasini kompleks baholash ijtimoiy va iqtisodiy samaraga ega;
ikkinchi ilmiy yangilik: 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizimning rivojlanishi va shakllanishini orqada qolishini, va yod tanqisligini erta korreksiyalash qandli diabet 1-tur ayollarda farzand ko‘rish, xayz siklini normallashishi va reproduksiyaning sifatiga ta’siri isbotlanganligi «1-tur qandli diabet ayollarda reproduktiv faoliyatni erta baxolash va korreksiyalash yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filialining 11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda yod tanqisligini erta korreksiyalash reproduktiv tizimning rivojlanishi va shakllanishini orqada qolishini, oldini olish va ayollarda farzand ko‘rish, xayz siklini normallashishi va reproduksiyaning sifati oshishi va oilani saqlab qolish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar 1 tur qandli diabet kasalligi bor ayollarning reproduktiv tizim rivojlanishi va shakllanishin erta aniqlab davolash uchun o‘rtacha 10 mln so‘mni tashkil etadi va ushbu bemorni ambulator davolanishiga xam o‘rtacha 5 mln so‘mni tashkil etadi, asoratlarni yanada og‘ir kechishi ushbu sarf xarajatlarni 60000000 so‘mgacha ortishiga sabab bo‘lib, iqtisod 45000000 so‘mni tashkil qiladiadi. Xulosa: 1 tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv tizimning rivojlanishi va shakllanishi erta aniqlash va davolash, kasallik kechishini engillashtiradi, asoratlarni oldini oladi va iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: yod tanqisligi va qalqonsimon bez funksional holati pasayishining 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda giperglikemiyani yanada og‘ir kechishi va NbA1s ko‘rsatkichlari oshishi va reproduktiv tizim buzilishlari rivojlanishida muhim patogenetik o‘rni isbotlanganligi «1-tur qandli diabet ayollarda reproduktiv faoliyatni erta baxolash va korreksiyalash yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filialining 11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir yod tanqisligi sharoitida istiqomat qilayotgan 1- tur qandli diabet kasalligi bor ayollarda erta qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash reproduktiv tizim kasalliklarini oldini olish, glikemik kompensatsiyaga erishish, diabet asoratlarini oldini olish va insulinterapiyani optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Farg‘ona viloyati yod tanqisligi hududlarida istiqomat qiluvchi va natijada qalqonsimon bez funksional holatini pasayishi erta aniqlash QD 1 turi bo‘lgan ayollarda giperglikemiyani yanada og‘ir kechishi va reproduktiv tizim buzilishlari bilan kechishidagi ko‘plab moliyaviy xarajatlarni oldini oladi; Xulosa: 1 tur qandli diabet kasalligi bor reproduktiv yoshidagi ayollarni yod tanqisligi kasalliklar spektrini erta aniqlash, uning oldini olish va davolash, kasallik kechishini engillashtiradi, asoratlarini oldini olib kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni tejashga imkon beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 1- tur qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan ayollarda yod defisiti holatida reproduktiv kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish, insulinoterapiyada shaxsiylashtirilgan yondashuvdan foydalanish algoritmining klinik amaliyotga joriy qilinishi samaradorligi isbotlanganligi «1-tur qandli diabet ayollarda reproduktiv faoliyatni erta baxolash va korreksiyalash yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filialining 11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 1- tur qandli diabet kasalligi bor ayollarda reproduktiv buzilishlar profilaktikasi oldini olishga, ya’ni o‘smirlik davridan boshlab intensiv kuzatuv, kelajakda bepushtlik, xomiladorlik, tug‘ish asoratlarini kamaytirishga, gospitalizatsiya muddatlarini kamayishi, bemorning funksional xolati og‘irlik darajasi chuqurlashuvini oldini olishga, va shu bilan birga o‘lim ko‘rsatkichlarini bir muncha kamayishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘lga kiritilgan natijalar asosida shakllangan amaliy tavsiyalarning tadbiq etilishi, bemorlar ayollarda reproduktiv buzilishlarni erta tashxislash, yod tanqisligini oldini olish, davolash rejasini tuzish, bemorlarning hayot sifatini glikemik nazoratni ijobiylashi, asoratlar oldini olinishi orqali yaxshilanishiga, va o‘z navbatida ularni bepushtlik va reproduktiv buzilishlarni davolashga ketadigan sarf xarajatlarni kamaytirish imkoniyati bilan izohlanadi. Xulosa: Bemorlarni, ayniqsa yod tanqisligi hududida istiqomat qiluvchi 1- tur qandli diabet kasalligi bor ayollarni yaratilgan algoritmga asosan olib borish ularda kelgusida reproduktiv buzilishlar rivojlanishini oldini olishga zamin bo‘lishi ayollar hayoti sifatini oshishi va oila mustaxkamligiga olib keladi. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish