Djumanazarova Aygerim Jaqsiliq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida metabolik sindromning xavf omillarini gigienik baholash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3767.
Ilmiy rahbarlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atambaeva Raisa Minaxmedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida metabolik sindromning xavf omillarini gigienik baholash va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan gigienik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining salomatlik holati, kasallanish, jismoniy rivojlanishiga kunlik ovqatlanish holatining ta’sirida rivojlangan metabolik sindromni yuzaga keltiradigan xavf omillariga bog‘liqligini o‘rni isbotlangan;
o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida tartibsiz ovqatlanish, kunlik ratsion tarkibida oqsil, hayvon yog‘i, mineral va yog‘da eriydigan vitaminlarni etarli darajada iste’mol qilmaslik turli darajadagi metabolik sindrom rivojlanishining asosiy omillari ekanligi isbotlangan;
maktab o‘quvchilarining tana vazni indeksi va bioimpendans ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda iste’mol qilinadigan kunlik ratsioniga bepul ta’minlangan funksional yod bilan boyitilgan qandolat mahsulotlarini kiritish organizmning metabolik jarayonlariga profilaktika va normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining kunlik ratsionni funksional oziq-ovqatlar bilan boyitish natijasida o‘quvchilarning sochlardagi mikroelementlar miqdorining ko‘payishi, tirnoq va soch tolasi tuzilishining yaxshilanishi bilan nutrientiv statusning o‘zgarishi namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida metabolik sindromning xavf omillarini gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining salomatlik holati, kasallanish, jismoniy rivojlanishiga kunlik ovqatlanish holatining ta’sirida rivojlangan metabolik sindromni yuzaga keltiradigan xavf omillariga bog‘liqligini o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/419-t-son bilan tasdiqlangan «O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari orasida metabolitk sindromni gigienik xususiyatlari  va baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.02.2025 yildagi 26-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 78i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining kunlik ovqatlanish holatining ta’sirida rivojlangan metabolik sindromni yuzaga keltiradigan xavf omillariga bog‘liqligini o‘rnini baholash natijasida yosh, jins va yashash sharoiti, kun tartibining o‘zagarishiga bog‘liqligini izdan chiqishi va metabolik sindromning turli bosqichlarni yuzaga keltirishga asos va xavf omillarni bashoratlash orqali somatik kasalliklarini erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida kunlik ovqatlanish holatining ta’sirida rivojlangan metabolik sindromni yuzaga keltiradigan xavf omillarini oldini olish va samarali tashxislash orqali shifoxonada bo‘lish muddatini  2-3 kunga kamaytirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan 210000 so‘m, kunlik ovqatlanishi uchun - 17600 so‘mdan 3 kunga 52800 so‘m, dorilar uchun - 58888 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida tartibsiz ovqatlanish, kunlik ratsion tarkibida oqsil, hayvon yog‘i, mineral va yog‘da eriydigan vitaminlarni etarli darajada iste’mol qilmaslik turli darajadagi metabolik sindrom rivojlanishining asosiy omillari ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/419-t-son bilan tasdiqlangan «O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari orasida metabolitk sindromni gigienik xususiyatlari  va baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.02.2025 yildagi 26-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 78i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining tartibsiz ovqatlanish, kunlik ratsion tarkibidagi oqsil, hayvon yog‘larning kamligi, mineral va vitaminlar, yog‘da eriydigan vitaminlarining etishmasligi natijasida yuzaga kelgan metabolik sindrom natijasidagi turli darajadagi semirishga, tarqalishining yosh, jinsiy xususiyatlariga bog‘liqligining profilaktik va gigienik ahamiyatining o‘rnini isbotlash, maktab o‘quvchilarning hayot sifatini yaxshilash, xavf guruh mahsulotlarining omilli ta’sirini baholash orqali alimentar bog‘liq kasalliklarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining tartibsiz ovqatlanish, kunlik ratsion tarkibidagi oqsil, hayvon yog‘larning kamligi, mineral va vitaminlar, yog‘da eriydigan vitaminlarining etishmasligi oqibatida yuzaga kelgan metabolik sindrom natijasidagi turli darajadagi semirishni davolash uchun shifoxonada bo‘lish muddatini 2-3 kunga kamaytirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan 210000 so‘m, kunlik ovqatlanishi uchun - 17600 so‘mdan 3 kunga 52800 so‘m, dorilar uchun - 58888 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarining tana vazni indeksi va bioimpendans ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda iste’mol qilinadigan kunlik ratsioniga bepul ta’minlangan funksional yod bilan boyitilgan qandolat mahsulotlarini kiritish organizmning metabolik jarayonlariga profilaktika va normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/419-t-son bilan tasdiqlangan «O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari orasida metabolitk sindromni gigienik xususiyatlari  va baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.02.2025 yildagi 26-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 78i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarning tana vazni indeksi va biopendans ko‘rsatkichlari asosida funksional yod bilan boyitilgan qandolat mahsulotlari taomnomaga kiritish orqali yondosh kasalliklarning xavfini oldini olish, ovqatlanish statusini buzilishini barataraf etish va asoratlarni rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarning tana vazni indeksi va biopendans ko‘rsatkichlari asosida iste’mol qilinadigan ratsionga funksional yod bilan boyitilgan qandolat mahsulotlarni kiritish, xastalikni samarali tashxislash va davolash maqsadida shifoxonada bo‘lish muddatini 2-3 kunga kamaytirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan 360000 so‘m, kunlik ovqatlanishi uchun - 17600 so‘mdan 3 kunga 52800 so‘m, dorilar uchun - 58888 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining kunlik ratsionni funksional oziq-ovqatlar bilan boyitish natijasida o‘quvchilarning sochlardagi mikroelementlar miqdorining ko‘payishi, tirnoq va soch tolasi tuzilishining yaxshilanishi bilan nutrientiv statusning o‘zgarishi namoyon bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/419-t-son bilan tasdiqlangan «O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari orasida metabolitk sindromni gigienik xususiyatlari  va baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 24.02.2025 yildagi 26-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 78i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuzilgan yangi taomnomani samaradorligini baholash natijasida maktab o‘quvchilarning o‘sish va rivojlanishini gormonikligini ta’minlash, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining nutrientiv statusning o‘zgarishining isbotlash orqali bemor o‘quvchilarni shifoxonada bo‘lish muddatini 2-3 kunga kamaytirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan 360000 so‘m, kunlik ovqatlanishi uchun - 17600 so‘mdan 3 kunga 52800 so‘m, dorilar uchun - 58888 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish