Miraxmedova Dilafro‘zxon qizi Nurillohon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirsh metodikasi (“Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9300
Ilmiy rahbar: Miraxmedova Dilafro‘zxon qizi Nurillohon qizi , pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirish metodikasiga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqichdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
improvizatsion muhitda talabalarda kasbiy-ijodiy kompetensiyani rivojlantirishning nazariy jihatlari o‘quv jarayonini pedagogik tashxislashning interaktiv instrumentlarini o‘quv mashg‘ulotlariga metodik o‘zgaruvchanlik prognoziga ko‘ra implementatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni improvizatsiya muhitida rivojlantirishning metodik modeli amaliy (operatsion) va ijodiy faoliyat uyg‘unligini ta’minlovchi didaktik birliklarni nostandart vaziyatlarda pedagogik refleksiyaga yo‘naltiruvchi adaptiv muhitda differensiallik ustuvorligida transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ko‘nikmalarni improvizatsiya muhitida rivojlantirish texnologiyalari talabalarga pedagogik jarayonni tezkor moslashtirishga motivatsiya beruvchi imitatsiya mashqlarining rolli o‘yin, ijtimoiy trening, interfaol usullar bilan integratsiyasini qayta aloqa asosida ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
improvizatsion muhitda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (onlayn-platformalar, simulyasiyalar, vebinarlar) bilan uyg‘unlashgan maxsus pedagogik refleksiya va ijodiy yondashuv mexanizmlarini shakllantiruvchi innovatsion ta’lim tizimi ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirish metodikasi boʻyicha olingan natijalar asosida:
improvizatsion muhitda talabalarda kasbiy-ijodiy kompetensiyani rivojlantirishning nazariy jihatlari o‘quv jarayonini pedagogik tashxislashning interaktiv instrumentlarini o‘quv mashg‘ulotlariga metodik o‘zgaruvchanlik prognoziga ko‘ra implementatsiyalash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiton Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyuldagi 22-01-376/22-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-ijodiy kompetensiyalarni improvizatsion muhitda rivojlan-tirishga xizmat qiluvchi samarali metodik asos yaratildi;
talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni improvizatsiya muhitida rivojlantirishning metodik modeli amaliy (operatsion) va ijodiy faoliyat uyg‘unligini ta’minlovchi didaktik birliklarni nostandart vaziyatlarda pedagogik refleksiyaga yo‘naltiruvchi adaptiv muhitda differensiallik ustuvorligida transformatsiyalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 2022-2023-yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosini rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi №02-14-06-867 son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirishga asoslangan ijodiy va amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash orqali pedagogik refleksiyaga yo‘naltirilgan adaptiv o‘quv muhiti shakllantirildi;
kasbiy ko‘nikmalarni improvizatsiya muhitida rivojlantirish texnologiyalari talabalarga pedagogik jarayonni tezkor moslashtirishga motivatsiya beruvchi imitatsiya mashqlarining rolli o‘yin, ijtimoiy trening, interfaol usullar bilan integratsiyasini qayta aloqa asosida ta’minlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan 786886-son guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nik-malarini improvizatsion muhitda rivojlantirish texnologiyasi kasbiy ko‘nikmalarni real pedagogik vaziyatlarga moslashtirish, ijodiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish imkonini faollashtirdi.
Improvizatsion axborot komunikatsiya texnologiyalari (onlayn-platformalar, simulyasiyalar, vebinarlar) bilan uyg‘unlashgan maxsus pedagogik refleksiya va ijodiy yondashuv mexanizmlarini shakllantiruvchi innovatsion ta’lim tizimi ilmiy asoslashga oid takliflar I-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. Natijada, Pedagogika yo‘nalishi talabalarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni boyitilgan.