Tashtemirova Nadira Nematillaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi): Meteoparametrlar dinamikasini va hududning murakkab orografiyasini inobatga olib aerozol aralashmalarning atmosferada ko‘chishini matematik modellashtirish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T937.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshmatov Baxtiyor Xasanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Djumayozov Umidjon Zafarjonovich, texnika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi sanoat hududlarining ekologik holatini baholash va bashorat qilish uchun matematik modellar, samarali sonli algoritmlar hamda axborot-tahlil tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
havo oqimlarining turbulent dinamikasi, hudud orografiyasi va metereologik parametrlarning ta’sirini hisobga olgan holda atmosferada aerozol aralashmalarining tarqalish jarayonini matematik modellashtirish uchun konstruktiv tizimli metodologiya ishlab chiqilgan;
turbulent atmosfera oqimlarida zararli aerozol aralashmalarning tarqalishini tavsiflovchi tenglamalar tizimini echishning sonli usuli ishlab chiqilgan;
murakkab orografiya sharoitida atmosferaning chegara qatlamida aerozol aralashmalarining tarqalishining matematik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u hudud relefining havo oqimlarining tuzilishi va dinamikasiga ta’sirini aniq tavsiflashni ta’minlagan;
bir vaqtning o‘zida turbulent va molekulyar diffuziya jarayonlarini hisobga olgan holda atmosferaning chegaraviy qatlamida ifloslantiruvchi moddalar tarqalishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
kesishuvchi oqimlarning o‘zaro ta’siri va turbulentlik darajasining o‘zgarishini hisobga oluvchi aerozol aralashmalarning turbulent ko‘chishi modeli ishlab chiqilgan;
turbulent strukturalarning beqarorligini hisobga olgan holda aerozol aralashmalarning ko‘chish tenglamalarini sonli echishda o‘zgaruvchan vaqt qadamlarini tanlashni ta’minlaydigan vaqt bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni adaptiv integrallash algoritmi ishlab chiqilgan;
oqimning o‘zgaruvchan strukturasida oqimning lokal yo‘nalishlari va xususiyatlarini aks ettiruvchi hisoblash sxemalarini adaptiv tanlashning sonli algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Atmosferada zaharli moddalarning tarqalishi bo‘yicha yaratilgan modellar, algoritmlar va dasturiy majmua asosida:
- atmosferaning ekologik holatini bashoratlash va monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va dasturiy majmua Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 8.09.2025-yil 03-03/1-03/3-8966-sonli ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligining 27.08.2025-yil 7-3-4844-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ifloslanish darajalari bo‘yicha baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish ilmiy asoslandi, bashorat va baholash aniqligi 8-9% ga oshirish, me’yoriy cheklovlar buzilishining o‘z vaqtida oldini olish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishda moliyaviy va mehnat xarajatlari kamaytirildi hamda ekologik xatarlar minimallashtirishimkonini bergan;
- atmosferaning chegaraviy qatlamida zararli zarrachalar konsentratsiyasini bashoratlash va monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan matematik model va dasturiy majmua Chirchiq shahar “Issiqlik ta’minoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 8.09.2025-yil 03- 03/1- 03/3-8966-sonli ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligining 27.08.2025-yil 7- 3-4844-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bashorat aniqligi 9-11% ga oshirish, er-usti muhitini ifloslanish darajasiga ko‘ra qozonxonalarni joylashtirish, tozalash uskunalarini o‘z vaqtida almashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi hamda moliyaviy va mehnat xarajatlari 4-6% ga qisqartirish imkonini bergan;
- zararli moddalar harakati va tarqalishini hisobga oluvchi matematik model hamda dasturiy majmua “UzAuto Motors” aksionerlik jamiyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 8.09.2025-yil 03- 03/1- 03/3- 8966- sonli ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligidan umumlashtiruvchi ma’lumotnoma olingan 27.08.2025-yil 7- 3- 4844-sonli ma’lumotnoma). Natijada, chegaraviy qatlamda zarrachalar konsentratsiyasini bashorat qilish aniqligi 3- 5% ga oshirish; ishlab chiqarish obektlarini optimal joylashtirish va tozalash inshootlarini rejalashtirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini tezkor va samarali qabul qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari samaradorligini 4-7% ga oshirish imkonini bergan.