Abdunazarov Faxriddin Abdurashitovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gravitatsion klassifikator qurilmasida neft koksidan kukun materiallar olish terxnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4845.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov  Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Jaloliddin Azamjon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft koksidan kukun materiallarini olish uchun energiya tejaydigan texnologiyani ishlab chiqish va keyinchalik ularni ishlab chiqarish sohalarida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft koksidan kukun materiallar olish jarayonida samaradorlikni oshirish maqsadida maydalash, sinflash, qayta ishlash va dispers fazani ajratish funksiyalarini avtomatik bajara oladigan gibrid texnologik qurilma ishlab chiqilgan;
neft koksini yuqori dispers tarkibli kukun holatga keltirish uchun yangi texnologik parametrlar: konus tishli maydalash tezligi n=750 ayl/min, baraban tishli maydalash tezligi n=1500 ayl/min, havo oqim tezligi η ≥ 2-7 m/s da samaradorlik 85-95 % gacha etishi isbotlangan;
zavod holatidagi diametri D=15-25 sm, qattiqligi 60-80 HGI ( Hardgrove indeks) bo‘lgan neft koksini yagona qurilmada 0.05 mkm gacha bo‘lgan kukun materiallar olish mavjudligi isbotlangan;
ikki rotor konus tishli gravitatsion qurilmasi turli xomashyo turlariga moslashuvchan tartibda ish bajara olishi tajriba-sinov tadqiqotlari asosida qattiqlik ko‘rsatkichi 60-80  HGI (Hardgrove indeks) ega  va undan kichik materiallardan kukun materiallar olishda 90-95 % samaradorlikka erishish isbotlangan;
energiya tejovchi yondashuv, an’anaviy usullarga nisbatan kukunli materiallarni ishlab chiqarish uchun 85-92 % samaradorlik darajasida energiya xarajatlari an’anaviy 3562 kVt/soatdan 1503 kVt/soatgacha qisqartirilganligi asoslangan;
ikki bosqichli jarayonda maydalash va gravitatsion ajratish jarayonlari bir texnologik zanjirda birlashtirilib, birinchi bosqichdagi maydalash jarayonida 100% d=4 mkm ga bo‘lgan kukun materiallar, ikkinchi bosqichda  diametri d=4-0,045 mkm gacha bo‘lgan kukun materiallar samaradorligi 85-92% bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki rotor konus tishli gravitatsion klassifikator qurilmasida mahalliy neft koksidan kukun materiallar olish va ishlab chiqarish sohalarida qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neft koksidan kukun materiallar olishning yangi konstruksiyasi namunasi “Farg‘ona NQIZ” MChJning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Farg‘ona NQIZ” MChJning 2024 yil 20 iyundagi 02-03-01/183-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki rotor ajratuvchi qurilmada, materialni yanada samarali qayta ishlash va tasniflash orqali neft koksiga ehtiyoji bo‘lgan sohalar uchun diametri 0.045 mkm bo‘lgan kukunli xomashyo olish imkonini beradi; 
ikki rotor konus tishli gravitatsion klassifikator qurilmasida mahalliy neft koksidan kukun materiallar olishning energiya tejamkor texnologiyasi “Farg‘ona NQIZ” MChJning “2025–2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Farg‘ona NQIZ” MChJning 2024 yil 20 iyundagi 02-03-01/183-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft koksidan olingan kukun materiallar qurilish materiallarining mustahkamligini oshirishda qo‘shimcha xomashyo sifatida foydalanish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish