Karimjonova Shahloxon Ravshanjonovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida vizual kognitiv fe’llar tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD.Fil3231
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohibaxon Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar:
Yo‘lchiev Qaxxor Vahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;
Muhammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida vizual kognitiv fe’llarning semantik, grammatik, pragmatik va madaniy jihatlari hamda xususiyatlarini aniqlash va taqqoslash, ushbu fe’llarning kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan tadqiq etilishiga ilmiy asos yaratishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sof vizual fe’llar (ko‘rmoq, qaramoq, boqmoq; see, look, watch) alohida ajratilib, ularning guruhlanishi va leksik-semantik muvofiqligi tizimli ravishda o‘rganilgani isbotlanib, o‘zbek tilida 44 ta, ingliz tilida 37 ta sof vizual fe’l aniqlanganligi va ular o‘rtasidagi semantik moslik dalillar bilan asoslangan;
vizual kognitiv fe’llar semantik guruhlarga (salbiy, ijobiy, norozilik, qiziqish, hayratlanish, beparvolik, yalinish, tekshirish) ajratilib, ularning darajalanish xususiyatlari – quyi, o‘rta va yuqori bosqichlarda aniqlangani isbotlanib, bu orqali vizual kognitiv fe’llarning semantik spektri yanada nozik tabaqalanishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi vizual kognitiv fe’llar struktural belgisiga ko‘ra sodda va murakkab turlarga tabaqalashtirilib, ular ichida tub, yasama, qo‘shma, juft, takroriy, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ko‘rinishidagi hamda ibora ko‘rinishidagi vizual kognitiv fe’llar misollar asosida tizimlashtirilib, ingliz tilida frazeologik birliklarning keng qo‘llanishi (jami 93 ta frazeologizm) dalillangan;
nutqiy akt nazariyasi (J.Ostin modeli) asosida vizual kognitiv fe’llarning lingvopragmatik xususiyatlari atroflicha tadqiq etilgani, ularning lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlardagi vazifasi o‘zbek va ingliz tillaridagi qo‘llanishi isbotlangan;
vizual kognitiv fe’llarning birlamchi va ikkilamchi darajalari konseptual asosda tabaqalashtirilib, ularning tezkor, yashirin, hissiy, tekshirish, tasdiqlash va kontekstual “ko‘rish effekti” kabi sathlari universal kognitiv jarayonlarning til tizimida keng qamrovli ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi O‘zbek va ingliz tillarida vizual kognitiv fe’llarning chog‘ishtirma tadqiqi jarayonida erishilgan natijalar asosida:
nutqiy akt nazariyasi (J.Ostin modeli) asosida vizual kognitiv fe’llarning lingvopragmatik xususiyatlari atroflicha tadqiq etilgani, ularning lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlardagi vazifasi o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llanishiga doir xulosalardan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikono va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 21-iyundagi 01/4-2660-son ma’lumotnomasi). Natijada vizual kognitiv fe’llar tadqiqiga oid fikr-mulohazalar loyiha materiallarini ilmiy dalillar bilan boyishiga, xususan, vizual kognitiv fe’llarning nutq aktlari nazariyasiga asoslangan ko‘p qatlamli tahlili ushbu fe’llarni leksik-semantik va funksional jihatdan turkumlash, kontekstual farqlash, illokutiv va perlokutiv yuklamasini aniqlashda dasturiy modullar uchun lingvistik tayanch bo‘lib xizmat qilgan;
sof vizual fe’llar (ko‘rmoq, qaramoq, boqmoq; see, look, watch) alohida ajratilib, ularning guruhlanishi va leksik-semantik muvofiqligi tizimli ravishda o‘rganilgani isbotlanib, o‘zbek tilida 44 ta, ingliz tilida 37 ta sof vizual fe’l aniqlanganligi va ular o‘rtasidagi semantik moslik dalillar bilan asoslanganligiga doir xulosalardan “Contrastive linguistics” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabr` 387-sonli buyrug‘i). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi sof vizual fe’llarning semantik muvofiqlik tizimi aniqlandi va ularning guruhlari ilmiy asosda ko‘rib chiqildi;
o‘zbek va ingliz tillaridagi vizual kognitiv fe’llar struktural belgisiga ko‘ra sodda va murakkab turlarga tabaqalashtirilib, ular ichida tub, yasama, qo‘shma, juft, takroriy, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ko‘rinishidagi hamda ibora ko‘rinishidagi vizual kognitiv fe’llar misollar asosida tizimlashtirilib, ingliz tilida frazeologik birliklarning keng qo‘llanishi (jami 93 ta frazeologizm) haqidagi xulosalardan 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 21-iyundagi 01/4-2661-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratishda vizual kognitiv fe’llarning shakllanish mexanizmlari asosida korpusga kiritilayotgan matnlarning semantik jihatdan tahlil qilinishi, vizual kognitiv fe’llarning kontekstual yuki aniqlanishi, ularning stilistik va pragmatik funksiyalarini belgilash imkoniyati vujudga keldi. Xususan, o‘zbek tilidagi “ko‘z tashlamoq”, “nazar solmoq”, “ko‘zdan kechirmoq” kabi vizual kognitiv fe’llar yordamida Alisher Navoiy dostonlaridagi idrok jarayoni bilan bog‘liq poetik strukturalar aniqlandi;
vizual kognitiv fe’llar semantik guruhlarga (salbiy, ijobiy, norozilik, qiziqish, hayratlanish, beparvolik, yalinish, tekshirish) ajratilib, ularning darajalanish xususiyatlari – quyi, o‘rta va yuqori bosqichlarda aniqlangani isbotlanib, bu orqali vizual kognitiv fe’llarning semantik spektri yanada nozik tabaqalanishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xorijiy mehmonlar xususan, Xitoy, Qatar davlatlaridan kelgan vakillar bilan muloqot jarayonida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan 2025-yil 7-maydagi 23/00-02/13-1822-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi vizual kognitiv fe’llarning semantik jihatdan ijobiy va salbiy ma’no guruhlariga ajratilishi ilmiy asoslangan;
vizual kognitiv fe’llarining birlamchi va ikkilamchi darajalari konseptual asosda tabaqalashtirilib, ularning tezkor, yashirin, hissiy, tekshirish, tasdiqlash va kontekstual “ko‘rish effekti” kabi sathlari universal kognitiv jarayonlarning til tizimida keng qamrovli ifodalanishiga doir xulosalardan “Contrastive linguistics” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabr` 387-sonli buyrug‘i). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi vizual kognitiv fe’llarning semantik, pragmatik xususiyatlarini izchil taqqoslanib, o‘xshash va farqli tomonlari aniqlandi.