Nuriddinov Sharofiddin Shuxrat o‘g‘li
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida E’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandislik yo‘nalishi talabalarini innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Irrigatsiya va melioratsiya fani misolida)”.
06.01.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasini” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7500
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Baratov Dilshod Doniyarovich, pedagogika fanlari falsafa doktori, (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, prof Chorshanbiev Zafar Esonpulatovich; texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Usmonov Shavkat Abbosovich.
Yetakchi tashkilot – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Muhandislik yo‘nalishi talabalarini innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi muhandislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari integrativ ta’lim muhitida o‘quv-amaliy jarayonlarni kasbiy faoliyatning haqiqiy talablariga muvofiq tizimli ravishda kognitiv modellashtirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni mustaqil qaror qabul qilish, tahliliy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish asosida aniqlash amalga oshirildi;
suv xo‘jaligi va melioratsiya muhandislik yo‘nalishi talabalarida kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli, shaxsiy qobiliyat va tajribaga mos ravishda ijodkor subekt sifatida refleksiv tarzda tashkil etiladi, konstruktiv tafakkur jarayonlarni axborot oqimlariga ajratib moslashtirish xamda ta’lim subektlarining raqamli dialog platformalarida muloqoti orqali takomillashtirilgan;
suv xo‘jaligi va melioratsiya muhandislik yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim tizimida texnologik diversifikatsiyalash elementlariga ko‘ra amaliy jarayonlarni vazifaviy takomillashtirish variantlarini solishtirish, reproduktiv va rekonstruktiv topshiriqlarda bilimlarni qayta qo‘llash, ijobiy echim topish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi muhandislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligi yangicha fikr, ilmiy asoslangan echimlar muqobil variantlarini shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan o‘quv muhiti, kasbiy faoliyatning haqiqiy talablariga mos va bilimlarni amaliy tajriba bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida shakllantiriladi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muhandislik yo‘nalishlari talabalarining innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning kasbiy amaliy faoliyatining mazmuni, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirishga, shuningdek, bo‘lajak transport muhandislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish darajalari va talabalarning kasbiy faoliyati komponent (motivatsion-mazmunli, texnologik-jarayonli va diagnostik-natijaviy) larining tashkiliy funksiyalarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60812300 – Suv xo‘jaligi va melioratsiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 18 avgustdagi № 02/01-01-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning muhandislikka doir kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning bosqichlari, kasbiy sifatlari, shakllari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab olgan tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqilgan va kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalardan “Irrigatsiya va melioratsiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218-sonli buyrug‘i, 218-742 raqamli guvohnoma). Natijada, kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini talabaning shaxsiy potensialini namoyon bo‘lishiga qaratilgan sub’ekt va sub’ekt munosabatlar tizimini innovatsion yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga va amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarida ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga mo‘ljallangan “Muhandislik yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompentligini rivojlantirish platformasi” nomli amaliy-loboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun elektron dasturi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligiga qarashli O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligi № DGU 38937 O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 28.05.2024 y. Ro‘yxatdan o‘tkazildi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.