Kuranbaeva Sevara Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onadagi qandli diabet xastaligi sharoitida tug‘ilgan avlod reproduktiv a`zolari morfologik  holati”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4415.
Ilmiy rahbar: Adilbekova Dilorom Baxtiyorovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xuja Axmad Yassaviy nomidagi xalkaro kozok-turk universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: qandli diabet bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan avlodlar reproduktiv a’zolari morfologik holatini postnatal ontogenez dinamikasida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor postnatal ontogenezda tuxumdon va bachadon to‘qimalarida yoshga xos morfologik hamda morfometrik o‘zgarishlar bosqichma-bosqich kechishi, ularda kuzatiladigan progressiv o‘zgarishlar reproduktiv tizimning muntazam rivojlanishini va asosiy transformatsiyalar pubertat davrida amalga oshishini ilmiy jihatdan isbotlangan;
ilk bor onadagi qandli diabet homila uchun patologik muhitni vujudga keltirib, postnatal rivojlanish va o‘sish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, tuxumdon va bachadon to‘qimalarida yallig‘lanish, distrofik va atrofik o‘zgarishlar, follikullar sonining kamayishi, endometriy bezlari hamda devor qalinligining siyraklashishiga olib kelishi tahlil qilinib, bu o‘zgarishlarning asosida mikrotsirkulyasiya buzilishlari yotgani, ular esa gipoksiya, trofik buzilishlar va bepushtlikka sabab bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
ilk bor qandli diabet bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan 6–16 yoshli qizlarda exografik tekshiruvlar tuxumdon hajmining 25% ga, bachadon hajmining esa 20–25% ga kichikligi, endometriyning ingichkaligi va follikulyar kistalar tarqalishining yuqoriligi bilan tavsiflanishi aniqlanib, bu o‘zgarishlar reproduktiv rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kelajakdagi reproduktiv muammolar, tuxumdon zahirasining kamayishi, bachadon gipoplaziyasi va follikulyar disfunksiyaning dastlabki belgilarini ko‘rsatishi ilmiy asoslangan;
ilk bor immunogistokimyoviy tekshiruvlarda qandli diabetli onalardan tug‘ilgan avlod tuxumdon va bachadon hujayralarida ER va PR markerlarining past reaksiyasi aniqlanib, bu gormonal gomeostaz buzilishi, to‘qimalarning jinsiy gormonlarga giposensitivligi, fertillik salohiyatining zaiflashishi va epigenetik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Onadagi qandli diabet xastaligi sharoitida tug‘ilgan avlod reproduktiv a`zolari morfologik holati» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/25-son xulosasi olingan. 
birinchi ilmiy yangilik: postnatal ontogenezda tuxumdon va bachadon to‘qimalarida yoshga xos morfologik hamda morfometrik o‘zgarishlar bosqichma-bosqich kechishi, ularda kuzatiladigan progressiv o‘zgarishlar reproduktiv tizimning muntazam rivojlanishini va asosiy transformatsiyalar pubertat davrida amalga oshishini ilmiy jihatdan isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar esa turli ekstragenital patologiyalari mavjud onalardan tug‘ilgan avlodlar ichki a’zolaridagi o‘zgarishlarni baholash, erta tashxislash va davolash chora-tadbirlarni takomillashtirish, optimallashtirish tavsiya etildi va shu orqali respublikamiz aholisi orasida, mehnatga layoqatli qatlamida ekstragenital patologiyalardan aziyat chekkan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki a’zolaridagi morfo-funksional o‘zgarishlar mexanizmlari, reproduktiv a’zolaridagi morfo-funksional o‘zgarishlar mexanizmlari, rivojlanish anomaliyalari, tug‘ma patologiyalarning oldini olishda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar qandli diabet bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki reproduktiv a’zolaridagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga har bir bemorga ketadigan 300000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor onadagi qandli diabet homila uchun patologik muhitni vujudga keltirib, postnatal rivojlanish va o‘sish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, tuxumdon va bachadon to‘qimalarida yallig‘lanish, distrofik va atrofik o‘zgarishlar, follikullar sonining kamayishi, endometriy bezlari hamda devor qalinligining siyraklashishiga olib kelishi tahlil qilinib, bu o‘zgarishlarning asosida mikrotsirkulyasiya buzilishlari yotgani, ular esa gipoksiya, trofik buzilishlar va bepushtlikka sabab bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar esa qandli diabet bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan avlodlar jinsiy a’zolaridagi o‘zgarishlarni baholash, erta tashxislash va davolash chora-tadbirlarni takomillashtirish, optimallashtirish tavsiya etiladi va shu orqali respublikamiz aholisi orasida, mehnatga layoqatli qatlamida qandli diabet bilan aziyat chekkan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki jinsiy a’zolaridagi morfo-funksional o‘zgarishlar mexanizmlari, bepushtlik, rivojlanish anomaliyalari, tug‘ma patologiyalarning oldini olishda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini optimallashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar qandli diabet bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki reproduktiv a’zolaridagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga har bir bemorga ketadigan 300000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan 6–16 yoshli qizlarda exografik tekshiruvlar tuxumdon hajmining 25% ga, bachadon hajmining esa 20–25% ga kichikligi, endometriyning ingichkaligi va follikulyar kistalar tarqalishining yuqoriligi bilan tavsiflanishi aniqlanib, bu o‘zgarishlar reproduktiv rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kelajakdagi reproduktiv muammolar, tuxumdon zahirasining kamayishi, bachadon gipoplaziyasi va follikulyar disfunksiyaning dastlabki belgilarini ko‘rsatishi ilmiy asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar esa surunkali jigar toksik shikastlanishi bo‘lgan bo‘lgan onalardan va ulardan tug‘ilgan avlodlar ichki jinsiy a’zolaridagi o‘zgarishlarni, disfunksiyalarni, bepushtlikni erta baholash va tashxislash va davolash-profilaktika chora-tadbirlarni takomillashtirish, optimallashtirish tavsiya etiladi, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan oqibat va asoratlar soni kamayib, shifo jarayoni tezlashadi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar qandli diabet bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki reproduktiv a’zolaridagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga har bir bemorga ketadigan 300000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: immunogistokimyoviy tekshiruvlarda qandli diabetli onalardan tug‘ilgan avlod tuxumdon va bachadon hujayralarida ER va PR markerlarining past reaksiyasi aniqlanib, bu gormonal gomeostaz buzilishi, to‘qimalarning jinsiy gormonlarga giposensitivligi, fertillik salohiyatining zaiflashishi va epigenetik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar esa respublikamiz aholisi orasida, mehnatga layoqatli qatlamida qandli diabet bilan aziyat chekkan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki reproduktiv a’zolaridagi morfo-funksional o‘zgarishlar mexanizmlari, disfunksiyalari. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar qandli diabet bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan avlodlarda ichki reproduktiv a’zolaridagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga har bir bemorga ketadigan 300000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi (09.09.2024-yildagi 25-son) va Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi (11.09.2024-yil 40-son) buyruqlari bilan tadbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish