Urinov Bobur Nasilloevichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini yaxshi korporativ boshqaruv asosida oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt896.
Ilmiy rahbari: Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Karrieva Yakutjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Razzakov Jasur Xamrabaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qahhorov Otabek Siddiqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini yaxshi korporativ boshqaruv asosida oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yaxshi korporativ boshqaruv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korporativ tuzilmalar manfaatdor tomonlar o‘rtasida shaffof, mas’uliyatli va samarali boshqaruv tizimini tashkil etuvchi tamoyillarga asoslangan faoliyatining uzoq muddatli barqarorligi, investorlar ishonchni mustahkamlash va kapital qiymatini oshirishga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilish usullari, tartiblari va xarakatlari majmui sifatida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini yaxshi korporativ boshqaruv dastaklari hisoblangan mustaqil direktorlar ulushini oshirish, kuzatuv kengashi tarkibida gender diversifikatsiyasini ta’minlash, nomoliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish orqali oshirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida kapital qiymatini va aksiyalarning bozor narxini kuzatuv kengayshi tarkibida mustaqil direktorlarning ulushini miqdoriy chegarasini (MDU≥20%) belgilash, nomoliyaviy ma’lumotlarning oshkor etilishi va barqaror dividend siyosati usullarini qo‘llash taklifi asoslangan;
strategik qarorlarni optimal tanlashda foydalaniladigan “strategik ochiqlik indeksi”ni baholashning ochiqlik, shaffoflik va inklyuzivligini “past” (0≤SOI≤39%), “o‘rtacha” (40≤SOI≤69%) va “yuqori” (70≤SOI≤100%) optimal chegaralarida korporativ boshqaruvdagi barcha manfaatdor tomonlar tashabbuslarini inobatga olish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining yaxshi korporativ boshqaruv tamoyillarini tashkil etuvchi mustaqil direktorlar ulushi, audit qo‘mitasi, barqaror dividend siyosati, nomoliyaviy hisobotlarni oshkor etish elementlardan foydalanish asosida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati kapital qiymatini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini yaxshi korporativ boshqaruv asosida oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Yaxshi korporativ boshqaruv” tushunchasi korporativ tuzilmalar manfaatdor tomonlar o‘rtasida shaffof, mas’uliyatli va samarali boshqaruv tizimini tashkil etuvchi tamoyillarga asoslangan faoliyatining uzoq muddatli barqarorligi, investorlar ishonchni mustahkamlash va kapital qiymatini oshirishga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilish usullari, tartiblari va harakatlari majmui sifatida takomillashtirilgan nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ boshqaruv” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil fevraldagi 45-sonli buyrug‘i, № 45-06). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korporativ boshqaruv va uni takomillashtirishga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini yaxshi korporativ boshqaruv dastaklari hisoblangan mustaqil direktorlar ulushini oshirish, kuzatuv kengashi tarkibida gender diversifikatsiyasini ta’minlash, nomoliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish orqali oshirish bo‘yicha taklif “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 25-sentyabrdagi №01/05-01-01/1265-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatida agressiv va barqaror dividend siyosati joriy etilgan va kuzatuv kengashi tarkibida gender diversifikatsiyasini ta’minlashga erishilib, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining kapital qiymati 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 141 foizga oshirish ta’minlangan.
aksiyadorlik jamiyatlarida kapital qiymatini va aksiyalarning bozor narxini kuzatuv kengayshi tarkibida mustaqil direktorlar ulushining miqdoriy chegarasini (MDU≥20%) belgilash, nomoliyaviy ma’lumotlarning oshkor etilishi va barqaror dividend siyosati usullarini qo‘llash taklifi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 25-sentyabrdagi №01/05-01-01/1265-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kuzatuv kengashi tarkibida mustaqil direktorlarning ulushini 2023 yildagi 14 foizdan 2024 yilda 30 foizga oshirilib, jamiyat aksiyalarining bozor qiymatini 2023 yildagi 373 mlrd. so‘mdan, 2024 yilda 900 mlrd. so‘mga oshirishga erishilgan;
strategik qarorlarni optimal tanlashda foydalaniladigan “strategik ochiqlik indeksi”ni baholashning ochiqlik, shaffoflik va inklyuzivligini “past” (0≤SOI≤39%), “o‘rtacha” (40≤SOI≤69%) va “yuqori” (70≤SOI≤100%) optimal chegaralarida korporativ boshqaruvdagi barcha manfaatdor tomonlarning tashabbuslarini inobatga olish taklifi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil25-sentyabrdagi №01/05-01-01/1265-sonli malumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida jamiyat korporativ boshqaruvida barcha manfaatdor tomonlarning tashabbuslarini inobatga olish orqali strategik qarorlar qabul qilish tizimi yaratilib, boshqaruv qarorlari ijrosini ta’minlash muddatlarini qisqartirish orqali samaradorlikni ta’minlashga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining yaxshi korporativ boshqaruv tamoyillarini tashkil etuvchi mustaqil direktorlar ulushi, audit qo‘mitasi, barqaror dividend siyosati, nomoliyaviy hisobotlarni oshkor etish elementlaridan foydalanish asosida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati kapital qiymatini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan jamiyat faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 25-sentyabrdagi №01/05-01-01/1265-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati samarali korporativ munosabatlar orqali iqtisodiy rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga yaxshi korporativ boshqaruv ta’sirining istiqbol parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.