Rabiev Bobomurod Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ayol uy xizmatchilari migratsiyasining ijtimoiy oqibatlari (sotsiologik tahlil)”, 22.00.02 - “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/S174
Ilmiy rahbar: Abduramanov Xamid Xudaybergenovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar: Azamat Seitov Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori professor; Xodjaev Sobir Djumaevich, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayol uy xizmatchilari mehnat migratsiyasining ijtimoiy oqibatlarini sotsiologik tahlil qilish ushbu jarayonnig salbiy ta’sirlarini yumshatish va ijobiy imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsiy qadriyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, frustratsiya holati va integrasion tayyorlik kabi ko‘rsatkichlardan iborat migrant ayollarning ma'naviy-psixologik barqarorligi indeksi ishlab chiqilgan;
raqamlashgan jamiyat sharoitidagi sosiologik integrasion omillardan onlayn hamjamiyatlar, raqamli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarmoqlari va media-faollik negizida ijtimoiy faollikning uzlyuksizligini ta'minlovchi integrasion barqaror muhit asoslantirilgan;
migrant ayollarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash jarayonini nazorat qilish va samarali boshqarishda ularni jamiyatga integratsiyasining yuqori, o‘rta va past darajalari sosiologik aniqlangan;
ayollar migratsiyaga moyilligini kamaytirishning samarali yo‘li ularning raqamli iqtisodiyotdagi ishtiroki, ta'lim va tadbirkorlik negizida ichki ijtimoiy faollikni tiklashni ta'minlovchi barqaror ijtimoiy muhitni yaratish orqali amalga oshirilishi sosiologik asoslantirilgan.
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. Ayol uy xizmatchilari migratsiyasining ijtimoiy oqibatlariga doir olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
ayol uy xizmatchilari migratsiyasining ijtimoiy oqibatlari (oila tuzilmasiga, bolalar tarbiyasiga, ijtimoiy munosabatlarga va gender tengligiga ta’siri) nazariy jihatdan asoslangan “migratsiya–oilaviy munosabatlar–ijtimoiy institutlar” konseptual uchburchagi JHBL-97 – “Ayollar ichki va tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari” nomli amaliy loyihaning hisobotini tayyorlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 4-apreldagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ayol uy xizmatchilariga oid muammolarni kompleks, ko‘p darajali va tizimli tarzda tahlil qilish imkonini bergan;
ayol uy xizmatchi migrantlarning yosh, ta’lim darajasi, oilaviy ahvoli, migratsiya sabablari, mehnat sharoitlari va jamiyatdagi mavqeini qamrab olgan ijtimoiy portreti “Xotin-qizlarning o‘z ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli, hayotdagi orzu-umidlari, murakkabliklar va istiqbollarini idrok etish” mavzusida sotsiologik so‘rovni haqiqiy hayotiy kontekstda tuzishda, javoblarni to‘g‘ri segmentlashda va maqsadli tahlil qilishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025 yil 11-apreldagi 01-16/76-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ayollarga oid muammolarni kompleks, ko‘p darajali va tizimli tarzda tahlil qilish imkonini bergan;
migrant ayol uy xizmatchilarni qabul qiluvchi jamiyatdagi moslashuv va integratsiya darajasini baholash mezonlaridan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5667-son farmonining 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Markaz tomonidan 2025 yilda respublikaning barcha ma’muriy-hududiy birliklarida “Xotin-qizlarning o‘z ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli, hayotdagi orzu-umidlari, murakkabliklar va istiqbollarini idrok etish” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda ilk bor eksperimental tarzda foydalanildi (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025 yil 11-apreldagi 01-16/76-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gender va migratsiya sohalarida maqsadli so‘rovnomalarni rivojlantirish, jamiyatdagi integratsiya jarayonlarini kuzatib borish imkonini bergan;
ayol uy xizmatchilari migratsiyasining oilaviy munosabatlar, gender tengsizligi, ijtimoiy himoya tizimi va iqtisodiy o‘zgarishlarga ta’sirini tizimli tahlil qilish asosida taklif etilgan migratsiyaning ijtimoiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish bo‘yicha integratsiyalashgan modeli “Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xarita”ning 30-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 4-apreldagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada migratsiyaning ijtimoiy oqibatlarini aniqlash va ularni yumshatishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini bergan hamda davlat, jamiyat va oila darajasida ijtimoiy echimlarni shakllantirishga ilmiy asos yaratgan.