Karimov Mardon Akram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida bozor risklarini baholash va boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5024
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otamurodov Xakimjon Xomidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida bozor risklarini baholash va boshqarishni takomillashtirishga oid bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bozor foiz stavkasining ±2 foiz o‘zgargan sharoitda bankning foiz stavkalariga sezgir aktiv va majburiyatlarini qayta baholash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yillik zarar bankning sof foizli daromadining 6 foizidan oshirmaslik orqali bankning foiz riskini samarali boshqarish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash asoslangan;
foiz stavkalari o‘zgarishi sharoitida bankning likvidlik va foiz risklariga ta’sirini cheklashda bankning foiz stavkalariga sezgir aktivlari va majburiyatlarining 1 yilgacha bo‘lgan muddatdagi kumulyativ farqi bank jami aktivlarining 15 foizidan oshmasligi taklif etilgan;
bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda turli risklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ta’sir darajalarini baholashda valyuta risklarining boshqa moliyaviy risklarga ko‘rsatadigan ta’sirini “multiplikativ” va “zanjirli” stress-test ssenariylari orqali aniqlash taklif etilgan;
bankda bozor risklarini samarali boshqarish hamda ehtimoliy yo‘qotishlarni oldindan cheklash maqsadida, bozor risklariga nisbatan “yumshoq” (soft) limitlar risk appetitining 80 foizi, “qat’iy” (hard) limitlar esa 100 foizi darajasida belgilanishi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida bozor risklarini baholash va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bozor foiz stavkasining ±2 foiz o‘zgargan sharoitda bankning foiz stavkalariga sezgir aktiv va majburiyatlarini qayta baholash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yillik zarar bankning sof foizli daromadining 6 foizidan oshirmaslik orqali bankning foiz riskini samarali boshqarish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga doir taklifi AT “Aloqabank” va “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Aloqabank” ATBning 2025-yil 27-iyundagi 42-04/2993-son ma’lumotnomasi va “Turonbank” ATBning 2025-yil 23-sentyabrdagi 19/03-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, banklarning bozor risklarni boshqarish va risk-appetiti siyosatlari hamda stress-test o‘tkazish tartiblari yanada takomillashtirilgan, foiz risklarini boshqarish amaliyoti yaxshilangan, Turonbank” ATB 10 mlrd. so‘mlik foiz risklaridan kelib chiqadigan yo‘qotish oldi olingan.
foiz stavkalari o‘zgarishi sharoitida bankning likvidlik va foiz risklariga ta’sirini cheklash maqsadida, bankning foiz stavkalariga sezgir aktivlari va majburiyatlarining 1 yilgacha bo‘lgan muddatdagi kumulyativ farqi bank jami aktivlarining 15 foizidan oshmasligi taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Turonbank” ATBning 2025-yil 23-sentyabrdagi 19/03-332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bozor risklarni boshqarish va risk-appetiti siyosatlari takomillashtirilgan, bankning foiz stavkasi o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklar minimallashtirilgan, 2024-yilda 45 mlrd. so‘mlik yo‘qotish oldi olingan.
bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda turli risklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ta’sir darajalarini baholash maqsadida, valyuta risklarining boshqa moliyaviy risklarga ko‘rsatadigan ta’sirini “multiplikativ” va “zanjirli” stress-test ssenariylari orqali aniqlash taklifi “Turonbank” ATB stress-test o‘tkazish siyosatida foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2025-yil 23-sentyabrdagi 19/03-332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, valyuta risklarini boshqarishda muhim vosita sifatida foydalanilib, valyuta kursining tebranishi bankning boshqa risklarga ta’sirini baholash va ularni oldini olish amaliyoti mustahkamlangan .
bankda bozor risklarini samarali boshqarish hamda ehtimoliy yo‘qotishlarni oldindan cheklash maqsadida, bozor risklariga nisbatan “yumshoq” (soft) limitlar risk appetitining 80 foizi, “qat’iy” (hard) limitlar esa 100 foizi darajasida belgilanishi taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan(“Turonbank” ATBning 2025-yil 23-sentyabrdagi 19/03-332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning bozor risklarini ushbu limitlar orqali nazorat qilish, risklarni erta aniqlash va ularni oldini olish imkoniyatini oshirgan.