Absamatov Anvar Ergashevichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirishning metadologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.; Xolov Nabijon Qaxramonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus University
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirishning metadologik asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining foyda manbalarini to‘g‘ri identifikatsiya qilish, hamda va aktivlardan foydalanish samaradorligini aniqlashda ROA ≥ 1,5%, ROE ≥ 15% va NPM ≥ 25% meʼyorlari asosida daromadlilik koeffisientlarini kompleks qo‘llash orqali aktivlardan olinayotgan sof foydani aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
bank aktivlarining faollik darajasi va daromad keltiruvchanligini aniqlash, daromad keltirmaydigan va faol aktiv operatsiyalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda aktivlar aylanuvchanligi koeffisienti 0.05 < ATR < 0.10 va kreditlarning aktivlarga nisbati koeffisienti 50% < LTAR < 70% meʼyorlarida bo‘lishi asosida baholash taklifi asoslangan;
tijorat banklarida muammoli kreditlar darajasi 5 foizdan 10 foizgacha, zaxiralar bilan ta’minlanganlik darajasi 80 foizdan 100 foizgacha bo‘lishi asosida bank aktivlarining xavf darajasi va sifatini kompleks baholash tartibi asoslangan;
tijorat banklarida aktivlar samaradorligini xolis, tizimli va solishtirma tarzda aniqlashda aktivlar samaradorligi indeksi asosida “samarasiz” toifa 0 foizdan 60 foizgacha, “qoniqarli” toifa 60 foizdan 79 foizgacha va “samarali” toifa 80 foizdan 100 foizgacha bo‘lishi mezonlariga tayangan baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
tijorat banklarini aktivlariga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini baholashda o‘zgarmas effekt modelidan foydalangan holda 2030-yilga qadar aktivlarni samaradorligi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklarining foyda manbalarini to‘g‘ri identifikatsiya qilish, hamda va aktivlardan foydalanish samaradorligini aniqlashda ROA ≥ 1,5%, ROE ≥ 15% va NPM ≥ 25% meʼyorlari asosida daromadlilik koeffisientlarini kompleks qo‘llash orqali aktivlardan olinayotgan sof foydani aniqlash usuli bo‘yicha taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bank amaliyotida qo‘llanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning 2025-yil 29-avgustdagi 19/03-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning moliyaviy samaradorligini aniq va chuqur baholash, investorlar va aksiyadorlar uchun shaffoflik va jozibadorlikni oshirish, ichki nazorat va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, shuningdek, moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
bank aktivlarining faollik darajasi va daromad keltiruvchanligini aniqlash, daromad keltirmaydigan va faol aktiv operatsiyalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda aktivlar aylanuvchanligi koeffisienti 0.05 < ATR < 0.10 va kreditlarning aktivlarga nisbati koeffisienti 50% < LTAR < 70% meʼyorlarida bo‘lishi asosida baholash taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bank amaliyotida qo‘llanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning 2025-yil 29-avgustdagi 19/03-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank faoliyati samaradorligini oshirish, foyda keltirmayotgan aktivlarni qisqartirish va resurslar taqsimotini optimallashtirish orqali tijorat banklarining raqobatbardoshligi hamda barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishilgan.
tijorat banklarida muammoli kreditlar darajasi 5 foizdan 10 foizgacha, zaxiralar bilan ta’minlanganlik darajasi 80 foizdan 100 foizgacha bo‘lishi asosida bank aktivlarining xavf darajasi va sifatini kompleks baholashga doir taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bank amaliyotida qo‘llanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning 2025-yil 29-avgustdagi 19/03-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muammoli aktivlarni erta aniqlash, zaxirani etarliligini baholash, kapital etarliligi orqali bankni barqarorligini aniqlash va bank aktivlarini sifati va risk darajasini kompleks baholash imkoniyatini bergan;
tijorat banklarida aktivlar samaradorligini xolis, tizimli va solishtirma tarzda aniqlashda aktivlar samaradorligi indeksi asosida “samarasiz” toifa 0 foizdan 60 foizgacha, “qoniqarli” toifa 60 foizdan 79 foizgacha va “samarali” toifa 80 foizdan 100 foizgacha bo‘lishi mezonlariga tayangan baholash mexanizmiga doir takrifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bank amaliyotida qo‘llanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning 2025-yil 29-avgustdagi 19/03-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida tijorat banklarining samaradorligini xolis va tizimli baholash va moliyaviy shaffoflikni oshirish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirish va bank resurslaridan foydalanish samaradorligini kuchaytirish imkoni yaratilgan;
Tijorat banklarini aktivlariga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini baholashda o‘zgarmas effekt modelidan foydalangan holda 2030-yilga qadar aktivlarni samaradorligi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bank amaliyotida qo‘llanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning 2025-yil 29-avgustdagi 19/03-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank aktivlarini ko‘payishiga bank filiallarini kapitallashuvi darajasi va hududlardagi banklarni sonini oshishi tijorat bank aktivlarini samaradorligiga baholash imkoniyatini bergan.