Xolikov Yuldosh Tuychievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar mafkuraviy immunitetini kuchaytirishning ma’naviy-ma’rifiy omillari” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1097
Ilmiy rahbar: Berdikulov Sirojjon Nasipkulovich: falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Axmedov Husniddin Aliqulovich – siyosiy fanlari doktori, professor; Tashanov Abduxoliq Daynovich – falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar mafkuraviy immunitetini kuchaytirishning ma’naviy-ma’rifiy omillarini ma’naviy tarbiya nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
harbiy xizmatchilarning kundalik va jangovor xizmatini o‘tash davomida ularda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, fidoiylik kabi fazilatlarni shakllantirish, mos ravishda yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni hosil qilish proporsional jarayon (ta’lim va amaliyot miqdoriga va sifatiga muvofiq, mutanosib ravishda o‘sish) ekanligi asoslangan;
harbiy xizmatchilarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning strategik yo‘nalishlari sifatida g‘oyaviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan qadriyatlarga asoslangan paradigmalar (milliy-tarixiy, ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati) aniqlanib, g‘oyaviy va ma’naviy tarbiyalash, mustahkam ruhiy tayyorgarlik, axborot xavfsizligi va kommunikatsiya, qonunchilik va ma’muriy nazorat kabi mexanizmlarning o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshirilishi muhimligi isbotlangan; 
qurolli kuchlar yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini amalga oshirish (madaniy va ilmiy dasturlar, interaktiv mashg‘ulotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish) orqali, ularning ma’naviy va intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashining yuksalishi, mafkuraviy immunitetining mustahkamlanishi, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usining shakllanishi, zamonaviy dunyo bilan integratsiyalashuvchanligi ta’minlanishi dalillangan;
Yangi O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining mafkuraviy immunitetini kuchaytirishda ajdodlar tomonidan yaratilgan ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tizimli ravishda etkazishning ma’naviy-ma’rifiy va metodologik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalapi, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
harbiy xizmatchilarning kundalik va jangovar xizmatini o‘tash davomida ularda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, fidoiylik kabi fazilatlarni shakllantirish, mos ravishda yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni hosil qilish proporsional jarayon (ta’lim va amaliyot miqdoriga va sifatiga muvofiq, mutanosib ravishda o‘sish) ekanligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondonligida jangovar xizmatga saralash va jangovar xizmatni olib borishda, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida hamda “Vatanparvarlik soati”ni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 22-noyabrdagi 10410/8-con dalolatnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilar mafkuraviy immunitetini muctahkamlashga qaratilgan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’cir ko‘rcatgan;
harbiy xizmatchilarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning strategik yo‘nalishlari sifatida g‘oyaviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan qadriyatlarga asoslangan paradigmalar (milliy-tarixiy, ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati) aniqlanib, g‘oyaviy va ma’naviy tarbiyalash, mustahkam ruhiy tayyorgarlik, axborot xavfsizligi va kommunikatsiya, qonunchilik va ma’muriy nazorat kabi mexanizmlarning o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshirilishi muhimligi bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining kundalik va jangovar xizmatiga tushishdan oldin saralash va tayyorgarlik ko‘rishda, jangovar xizmatni o‘tashda, dala o‘quv poligonlarida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishda va maxsus yuklarni kuzatishda hamda ruhiy zo‘riqishlar yo‘lagidan o‘tishda harbiy xizmatchilar o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida ijodiy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 14/3307-son dalolatnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilar mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
Qurolli Kuchlar yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini amalga oshirish (madaniy va ilmiy dasturlar, interaktiv mashg‘ulotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish) orqali, ularning ma’naviy va intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashining yuksalishi, mafkuraviy immunitetining mustahkamlanishi, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usining shakllanishi, zamonaviy dunyo bilan integratsiyalashuvchanligi ta’minlanishi bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 27-martdagi 
01-10/57-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi kadrlar siyosati”ning 4-bob “Kadrlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari” bo‘limini tayyorlashda hamda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlarining oldini olishga oid tashkil etilgan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 13-noyabrdagi 4-13-21-5949-con dalolatnomasi). Natijada, agentlik tomonidan yosh harbiy xizmatchilarning mafkuraviy immunitetini yuksaltirish doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Yangi O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining mafkuraviy immunitetini kuchaytirishda ajdodlar tomonidan yaratilgan ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tizimli ravishda etkazishning ma’naviy-ma’rifiy va metodologik jihatlariga oid ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019-yil 1-noyabrda o‘tkazilgan 
VI-s’ezdida tasdiqlangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” konsepsiyasini amalga oshirishda harbiy xizmatchilar o‘rtasida “O‘zbekiston xalqining madaniy, an’anaviy va milliy ma’naviy qadriyatlarini chuqur e’zozlaydigan vatanparvar insonlarni o‘z safida birlashtirish”,  “Milliy-madaniy qadriyatlar hamda zamonaviy taraqqiyotning uyg‘unligini ta’minlash”, “Jamiyatda huquqiy, siyosiy ong 
va madaniyatni oshirish orqali qonun ustuvorligini ta’minlash” mavzularida o‘tkazilgan tadbirlar dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/05-70-con dalolatnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilarni buyuk allomalar qoldirgan nodir asarlarini o‘qishga qiziqishini oshirish, ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik hissini mustahkamlashga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish