Abdiraxmonov Azimjon Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4971.
Ilmiy rahbar: Razzakov Jasur Xamraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirish yo‘llari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining kapital bozoridagi faolligini ta’minlash va investision portfel diversifikatsiyasini samarali tashkil etish maqsadida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarga investisiyalari hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish taklif qilingan;
tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirishda emissiya qilinadigan aksiyalarda imtiyozli aksiyalarning ulushi kamida 5 foiz bo‘lishini taminlash orqali optimallashtirish taklif etilgan;
zamonaviy yashil bank mahsulotlarini joriy etish orqali xalqaro kredit tashkilotlari hamda “yashil investorlar”dan moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlarini 20 foizgacha oshirish orqali bank tizimining ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi rolini kuchaytirish taklif etilgan;
tijorat banklarining kapital bozori orqali investision jozibadorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha oddiy aksiyalar emissiyasini tashkil etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining kapital bozoridagi faolligini ta’minlash va investision portfel diversifikatsiyasini samarali tashkil etish maqsadida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarga investisiyalari hajmini oshirish taklifi AT Aloqabankning yillik moliyaviy rejalar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 13-fevraldagi 05-041683-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023-yil yanvar holatiga ko‘ra AT “Aloqabank”ning bank aktivlari tarkibida investisiyalar va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi ulushi avvalgi moliya yiliga nisbatan 1,5 foizga oshgan va 2022-yil yanvardagi 4,0 foizdan 2023-yil yanvarda 5,5 foizga o‘sgan;
tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirishda emissiya qilinadigan aksiyalarda imtiyozli aksiyalarning ulushi kamida 5 foiz bo‘lishini taminlash orqali optimallashtirish taklifi AT Aloqabank tomonidan bankning emission siyosatida foydalanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 13-fevraldagi 05-041683-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024-yil 26-avgustda AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashi tomonidan hamda 2024-yil 26-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan qarorga muvofiq oddiy aksiyalar bilan birga nominal qiymati 1 so‘m bo‘lgan jami 1 512 000 000 (bir milliard besh yuz o‘n ikki million) dona imtiyozli aksiyalar emissiya qilingan hamda bankning fond birjadagi imtiyozli aksiyalar savdosi kengaytirilgan;
zamonaviy yashil bank mahsulotlarini joriy etish orqali xalqaro kredit tashkilotlari hamda “yashil investorlar”dan moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlarini 20 foizgacha oshirish orqali bank tizimining ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi rolini kuchaytirish taklifi AT Aloqabank tomonidan investision jozibadorlikni oshirishda kredit siyosatidan foydalanishda qo‘llangan (AT Aloqabankning 2025-yil 13-fevraldagi 05-041683-son ma’lumotnomasi). Natijada AT Aloqabankda “Muqobil energiya uchun” modulli kredit, “Pro-tok energy” modulli kredit kabi zamonaviy yashil bank mahsulotlari joriy etilgan hamda mazkur kredit mahsulotlariga kapital bozoridan moliyaviy resurs jalb qilishda yashil obligatsiyalardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan;
tijorat banklarining kapital bozori orqali investision jozibadorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha oddiy aksiyalar emissiyasini tashkil etish taklifi AT Aloqabank tomonidan bankning emission siyosatida foydalanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 13-fevraldagi 05-041683-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024-yil 3-dekabrda AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashi tomonidan hamda 2024-yil 11-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan qarorga muvofiq nominal qiymati 1 so‘m bo‘lgan jami 500 000 000 000 (besh yuz milliard) dona qo‘shimcha oddiy aksiyalar chiqarilgan hamda oddiy aksiyalar orqali mazkur bankning investision jozibadorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.