Palvanbaev Umidbek O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda pochta aloqasi infratuzilmasini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5527.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximbaev Akmal Azadboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda pochta aloqasi xizmatlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda pochta aloqasi xizmatlarining mehnat salohiyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish samaradorligini oshirish modeli taklif etilgan;  
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda pochta aloqasi xizmatlarining innovatsion samaradorligi (1,0 < KEI < 1,5) yuqori, (0,8 < KEI < 1,0) o‘rtacha,  (0,5 < KEI < 0,8) past hamda  (KEI < 0,5) juda past darajada tabaqalashtirilgan holda ajratish maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida pochta aloqasi xizmatlarini samaradorligi va raqobatbardoshligini  oshirish maqsadida  “Xorazm  pochta aloqasi xizmatlari klasteri”ni tashkil qilish taklifi asoslangan;
mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga pochta aloqasi xizmatlari ta’sirini ifodalovchi omillarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda pochta aloqasini infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda pochta aloqasi xizmatlarining mehnat salohiyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish samaradorligini oshirish modeli Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 25-sentyabrdagi 02-4-09/9765-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida mintaqada pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 10-15 foizga oshgan; 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda pochta aloqasi xizmatlarining innovatsion samaradorligi (1,0 < KEI < 1,5) yuqori, (0,8 < KEI < 1,0) o‘rtacha,  (0,5 < KEI < 0,8) past hamda  (KEI < 0,5) juda past darajada tabaqalashtirilgan holda ajratish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 25-sentyabrdagi 02-4-09/9765-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi tabirkorlik subektlarining innovatsion samaradorligi 5-10 foizga oshgan;
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida pochta aloqasi xizmatlarini samaradorligi va raqobatbardoshligini  oshirish maqsadida  “Xorazm  pochta aloqasi xizmatlari klasteri”ni tashkil qilish taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 25-sentaybrdagi 02-4-09/9765-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari soni 10 foizga oshishga erishilgan;
mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga pochta aloqasi xizmatlari ta’sirini ifodalovchi omillarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 25-sentaybrdagi 02-4-09/9765-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqada pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish