Kasimov Ibraxim Irkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan bitumlar asosidagi asfal`tbeton va tom qoplamalarining strukturasi, xossalari va texnologiyasi», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T159.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Saidaglam Agloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc 27.06.2017. T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatov Soyibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Baxritdin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sobirov Baxodir Boypulatovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan bitumlar ishlab chiqarishning oksidlashsiz intensiv texnologiyani yaratish hamda ular asosida yo‘lbopasfal`tbeton va tombop qoplamalarning struktura va xossalarini optimal-lashtirish hisobiga ekspluatatsiya xossalarini va ishonchliligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimerlar va struktura hosil qiluvchi sirt-faol moddalarning modifikatsiyalash ta’sirini hisobga olgan holda qovushqoqlik, harorat-bardoshlik darajasi yuqori bo‘lgan bitumlar va energiya resurslarni tejovchi yangi oksidlashsiz intensiv texnologiya yaratilgan;
oksidlanish reaksiyasi natijasida mustahkam uglevodorod zanjirlarini hosil qiluvchi erkin radikallar paydo bo‘lishi bitumlarni modifikatsiyalash davridagi kechadigan fizik va kimyoviy jarayonlarni hisobga olgan holda asoslangan;
oksidlanish reaksiyasi davrida kislorod ta’sirida organik birikmalardan vodorod ajralib, qo‘shimcha mustahkam strukturali smola va asfal`tenlarning hosil bo‘lishi bitumni modifikatsiyalash hisobiga asoslangan;
«bitum – sirt - faol modda – polimer – mineral modda» kompozisiyasidagi modifikatsiyalashda bitum tarkibida struktura hosil bo‘lishi mexanizmi sirt-faol moddaning ta’sirini hisobga olgan holda aniqlangan;
modifikatsiyalangan asfal`tbeton qoplamalarining elastik xossalari va deformatsiyaga chidamliligi hamda ekspluatatsion ko‘rsatkichlari ortishi sirt-faol moddalar va polimer qo‘shimchalarning kaogulyasion strukturani hosil qilishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Modifikatsiyalangan bitumlar asosidagi asfal`tbeton va tom qoplamalarining strukturasi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oksidlashsiz intensiv texnologiyani qo‘llab qovushqoq va haroratbardosh modifikatsiyalangan bitumlar «EURO GLOBAL ASPHALT» MChJ zavodida va Yangiyo‘l tuman yo‘l ekspluatatsiya unitar korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 dekabrdagi 03-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish texnologik jarayonida haroratni 140–150 0S darajaga pasaytirish, texnologik jarayon vaqtini 10–12 soatga qisqartirish, zararli moddalarning atrof-muhitga tarqalishini 50 foizga kamaytirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan yo‘lbop bitumlar asosida asfal`tbeton qorishmalari Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasini tasarrufidagi korxonalarda, jumladan Yangiyo‘l tuman yo‘l ekspluatatsiya unitar korxonasi va «EURO GLOBAL ASPHALT» MChJ zavodida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 dekabrdagi 03-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada asfal`tbeton qoplamalarning mustahkamligi, suv ta’siri va muzlashga chidamliligi 1,5–2,0 barobarga oshirish, polimerlarni 50–60 foizgacha tejashga erishilgan;
modifikatsiyalangan yo‘lbop bitumlar asosida asfal`tbeton qorishmalari Yangiyo‘l shahridagi Samarqand ko‘chasida 2400 m2va Toshkent shahridagi «Bunyodkor-Muqumiy» chorrahasidagi 1600 m2 yo‘llarni qoplashga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 dekabrdagi 03-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada asfal`tbeton qoplamalarni to‘shashda haroratni 10 0S, pnevmo katoklarda asfal`tbeton qoplamalarni zichlash sonini 20% kamaytirish imkoni yaratilgan;
asfal`tbeton qoplamalarda struktura hosil qiluvchi qo‘shimchadan foydalanishning analitik ifodalari MQN54-2009 (muassasaviy qurilish normalari) «Yo‘l asfal`tobetonlarining surilishga mustahkamligini struktura tashkil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shish yordamida oshirish bo‘yicha metodik qo‘llanma» Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasi korxonalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 dekabrdagi 03-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘lbop modifikatsiyalangan bitumlarni 3–5 foizga tejash va asfal`tbeton qoplamalarining yuqori haroratdagi surilishga bo‘lgan mustahkamligini 20 foizga oshirishga erishilgan;
modifikatsiyalangan yo‘lbop asfal`tbeton qorishmalarini ishlab chiqarishning analitik ifodalari TI-25982978:01-2018 (texnologik instruksiya) «Yo‘l qoplamalari to‘shash uchun modifikatsiyalangan asfal`tobeton qorishmalari ishlab chiqarish» ShNQ 3.06.03-08 (shahar normativ qoidalari) «Avtomobil` yo‘llari»ga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 dekabrdagi 03-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada modifikatsiyalangan bitumlar asosidagi asfal`tbeton qoplamalarining sifatini oshirishga erishilgan;
tombop qovushqoq bitumlarni oksidlashsiz intensiv texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zqurilishmateriallari” AJ tasarrufidagi “O‘zbekkrovlya” ishlab chiqarish birlashmasi zavodida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zqurilish materiallari” AJning 2018 yil 3 noyabrdagi BB-01/03-3633-son ma’lumotnomasi). Natijada qovushqoqligi past BNK 40/180 bitumlardan qovushqoq, haroratbardosh modifikatsiyalangan BNK 90/30 bitumlar olish texnologik jarayon vaqtini 14–15 soatga qisqartirish, haroratini 130–140 0S darajaga pasaytirish, energiya va resurslar sarfini 50 foizga qisqartirishga erishilgan.