Narkuzieva Gulmira Batirxanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virus etiologiyali bachadon  bo‘yni kasalliklarini erta tashxislash, prognozlash, differensiyalashgan taktikasining zamonaviy mezonlari” 14.00.25 - Klinik laborator va funksional diagnostika va 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3210.
Ilmiy rahbarlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminova Nigora Xayritdinovna tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tuksanova Dilbar Ismatovna tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni sepvikal intpaepitelial neoplaziyacining darajalariga qarab epta tashxiclashda kliniko-anamnectik, asbobiy, immuno-biokimyoviy va immunotsitokimyoviy mapkeplapni qiyociy tashxiclashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
inson papilloma virusi aniqlangan servikal neoplaziyalari genital gerpes va obligat anaeroblarning oshishi LSILning HSIL ga nisbatan qinda og‘ir disbiotik jarayonlarning rivojlanishi bilan kechishi isbotlangan;
bashoratlovchi markerlar (IL-1 alfa, IL-12, IL-27, TNF-α oshishi) ning o‘ziga xosligi, sezgirligi va servikal intraepitelial neoplaziyalar bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi, uni erta tashxislash va kechish jarayonini ahamiyati ROC taxlili asosida aniqlangan;
xavf omillari yuqori bo‘lgan bemor ayollarda CIN-I kabi patologik o‘zgarishli holatda klinik, immunologik va laborator ko‘rsatkichlarni onkooqsillarni, aynan P16 va Ki67 larni birgalikda qo‘llab rak oldi kasalliklarini, bachadon bo‘yni epiteliysidagi patologik neoplaziyaning aniq darajasini erta aniqlash, erta xavfini bashoratlashda ahamiyati asoslangan; 
bachadon bo‘ynidagi intraepitelial neoplastik o‘zgarishlar aniqlanganda oddiy sitologik taxlildan ko‘ra suyuqlik sitologik usuli afzalligi va mazkur usul patologik jarayonni baholashdagi o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Reproduktiv yoshdagi ayollapda bachadon bo‘yni rak oldi kacalliklapini tashhiclashning sifatini oshirish va qo‘llaniladigan laborator markerlarni ishonchligining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish uchun olingan ilmiy natijalap acocida ishlab chiqilgan:
birinchi ilmiy yangilik: inson papilloma virusi aniqlangan servikal neoplaziyalari genital gerpes va obligat anaeroblarning oshishi LSILning HSIL ga nisbatan qinda og‘ir disbiotik jarayonlarning rivojlanishi bilan kechishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 27.05.2024 yildagi 18 sonli buyruq va Jizzax shaxar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika  15.06.2024 yildagi 48 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22 maydagi №18/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan xavfni erta tabaqalashtirish algoritmi restenoz ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va invazivdan keyingi terapiyani moslashtirish imkonini beradi, bu esa jiddiy yurak asoratlari sonini kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: IPV- musbat bo‘lgan servikal neoplaziyalarda genital gerpes va obligat anaeroblarning oshishi LSIL ning HSIL ga o‘tishida to‘g‘ri taktikani qo‘llash imkonini keng ochib beradi. Ushbu mezonlarning joriy etilishi klinik amaliyotda taxminiy baholarga emas, balki ishonchli laborator parametrlarga asoslangan profilaktika va skrining mezonlari sifatida foydalanish imkonini beradi. Xulosa: ushbu tadqiqot doirasida IPVda bachadon bo‘yni kanalidagi epiteliydagi intraepitelial o‘zgarishlarida gerpes va obligat aeroblar miqdorini oshishi va qinda yuzaga kelgan disbiotik o‘zgarishlar uning engil darajadagi intraepitelial neoplaziyasini og‘ir formalariga o‘tishini tezlashtirish jarayonini tashxislash va bashorot qilish mezonlari ishlab chiqildi. Ushbu mezonlar intraepitelial neoplaziyani og‘irlik darajasini baholash, taktikani belgilashda katta amaliy va strategik imkoniyatini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bashoratlovchi markerlar (IL-1 alfa, IL-12, IL-27, TNF-α oshishi) ning o‘ziga xosligi, sezgirligi va servikal intraepitelial neoplaziyalar bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi, uni erta tashxislash va kechish jarayonini ahamiyati  ROC taxlili asosida aniqlanganligi Respubliki ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 27.05.2024 yildagi 18 sonli buyruq va Jizzax shaxar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyatida 15.06.2024 yildagi 48 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22 maydagi №18/25-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: CINni  erta tashxislashda lokal immun tizimdagi sitokinlardan IL-1 alfa, IL-12, IL-27, TNF-α foydalanib ularning konsentratsiyasini bachadon bo‘ynidagi intraepitelial neoplastik o‘zgarishlarning darajasiga bog‘liqligi, o‘z vaqtida ishlab chiqilgan taktikaga kerakli dori vositalari va invaziv aralushuvlarni joriy qilish uchun samarali ko‘rsatkich bo‘lishi isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi: ROC taxlili asosida bashoratlovchi markerlarra (IL-1 alfa, IL-12, IL-27, TNF-α oshishi)ning  uziga xosligi, sezgirligi va o‘zaro korrelyasion bog‘likligi,  CINni  erta tashxislash  va kechish jarayonini kuzatish  ayollarda CINning darajalariga qarab taktikani qo‘llashda vaqtdan va resurslardan foydalanishda ehtiyojini shifokorga ko‘p murojaat qilishni kamaytiradi. Xulosa: ushbu tadqiqot doirasida ROC tahlili asosida interleykinlarning bachadon bo‘ynidagi intraepitelial neoplastik o‘zgarishlarini bog‘lab tahlil qilish o‘z vaqtida patologik jarayonni og‘ir formalariga, ya’ni CIN-III kabilarga o‘tish tezligini immun tizimga ta’sir qilib, sekinlashtirishi yoki to‘xtatishi mumkinligi isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: xavf omillari yuqori bo‘lgan bemor ayollarda CIN-I kabi patologik o‘zgarishli holatda klinik, immunologik va laborator ko‘rsatkichlarni onkooqsillarni, aynan P16 va Ki67 larni birgalikda qo‘llab rak oldi kasalliklarini, bachadon bo‘yni epiteliysidagi patologik neoplaziyaning aniq darajasini erta aniqlash, erta xavfini bashoratlashda ahamiyati asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 27.05.2024 yildagi 18 sonli buyruq va Jizzax shaxar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika  15.06.2024 yildagi 48 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22 maydagi №18/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar holatini baholash algoritmlariga immunologik ko‘rsatkichlarni kiritish kasalliklarning rivojlanishini oldini olishga qaratilgan shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalariga o‘tish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillari yuqori bo‘lgan ayollarda  bachadon bo‘ynida  CIN-I kabi patologik o‘zgarishlar aniqlanganda  saraton oldi kasalliklarini erta xavfini bashoratlashda onkooqsillar - r16 va  ki67 larni aynan birgalikda qo‘llash, patologik o‘chokda kechayotgan jarayonning aniq darajasini ko‘rsatishi va buni bashoratlovchi marker  sifatida qo‘llash intraepitelial o‘zgarishlarning saraton bosqichiga o‘tishining oldini olish keskin kamaytiradi. Tezkor va to‘g‘ri tashxisot uchun qadamma-qadam kolposkopiya, pap surtmalardan suyuqlik sitologiyasi va onkooqsillar P16 va  Ki67nig birgalikda qullash yaxshi, chunki  CIN-I patologik o‘zgarishlarning engil formasinining yanglish tashxis kuyishda va kelajakda ayolning nogironligi va o‘limiga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni keskin kamaytirishi isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon bo‘yni servikal epiteliysidagi neoplaziyaning darajasini to‘g‘ri va aniq baholash uchun kolposkopiya, oddiy  pap-surtma, suyuklik sitologik tekshiruv,   P16 va  Ki67 onkooksillarni tekshirish intraepitelial o‘zgarishlarning darajalarini aniqlash uchun patologik jarayonning og‘ir darajalariga o‘tishi   (CIN-II CIN-III) ni keskin kamaytirib , asosiysi og‘ir formalarga o‘tishini vaqtida to‘xtatib qolish uning umrini uzaytirishga va nogiron bo‘lib qolishidan asraydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bachadon bo‘ynidagi intraepitelial neoplastik o‘zgarishlar aniqlanganda oddiy sitologik taxlildan ko‘ra suyuqlik sitologik usuli afzalligi va mazkur usul patologik jarayonni baholashdagi o‘rni asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 27.05.2024 yildagi 18 sonli buyruq va Jizzax shaxar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika  15.06.2024 yildagi 48 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22 maydagi №18/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy ishda keltirilgan xavf omillariga diqqatimizni qaratishimiz, ayollardagi bachadon bo‘ynida aniqlangan neoplastik o‘zgarishlarga ta’siri borligini bilish o‘z vaktida samarali va yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan laborator markerlarni qullab, kasallikni tez rivojlanishi va og‘ir formalariga utishi kabi asoratlarni vaqtida to‘xtatishi  isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi:  bachadon bo‘yni neoplastik o‘zgarishlari aniqlangan ayollarda xavf omillarini o‘z vaqtida bartaraf etish yoki erta davolashni boshlash ularning yashash sifati oshirib, nogironligini kamaytiradi Xulosa: xavf omillarining bachadon bo‘ynidagi intraepitelial neoplastik o‘zgarishlarning rivojlanishiga e’tiborimizni qaratish ayollarni vaqtida va muttasil tibbiy ko‘riklarda bo‘lishlari, patologik o‘zgarishlar aniqlangan holatlarda yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan tadqiqot usullarini ko‘llab bachadon buyni saraton kasalligini oldini olish, jarayonni tez rivojlanib  ayollarning turmush sifatiga va nogiron bo‘lishini to‘xtatib  koladi. Ushbu ilmiy izlanish ayollarda bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini rivojlanish xavf omillarini erta aniqlash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Tadbiq natijalari ayollarda bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini erta tashxislash va profilaktik usullarini ishlab chiqish, keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan bachadon bo‘yni rak kasalliklarini rivojlanishining oldini olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish