Mamatqulova Gavhar Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyda harorat stressiga javoban DREB transkripsiya omillarini kodlovchi genlar tahlili», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1300.
Ilmiy rahbar: Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Toxir Axmadovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shermatov Shuxrat Ermatovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi bug‘doyning yuqori va past haroratga chidamli istiqbolli navlarni yaratishda samarali molekulyar markerlarni ishlab chiqish uchun, harorat stressiga javoban DREB transkripsiya omillarini kodlovchi genlarning hissasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
DREB transkripsiya omilini kodlovchi genlarning stress sharoitlarda nisbiy ekspressiya darajasini aniqlash uchun RT-PZR praymerlari hamda DREB kodlovchi genlarni sekvens qilish uchun praymerlar dizayn qilingan;
in siliso tahlili yordamida bug‘doy DREB kodlovchi genlarining xromosomadagi joylashgan pozisiyasi (joylashgan o’rni) aniqlangan va DREB1c, DREB1b, DREB2a, DREB2b va DREB genlarining ekzon-intron strukturasi aniqlangan;
mamlakatimiz hududida ekilayotgan mahalliy hamda qadimiy navlar shuningdek, chetdan olib kelingan yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining yuqori va past harorat stressi sharoitiga chidamliligi qiyosiy morfologiya usullari orqali isbotlangan;
yuqori va past harorat stressi sharoitida DREB1c, DREB1b, DREB2a, DREB2b va DREB genlarining turli navlardagi nisbiy ekspressiya darajalari va ularning stressga chidamlilik bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
harorat stressi ta’sirida eng faol indusirlanuvchi DREB kodlovchi genlardan DREB1c va DREB1b genlari ekanligi aniqlangan; 
DREB genlarining sekvens ma’lumotlari asosida bug‘doy navlarida harorat stresslariga chidamlilik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan (A/C, G/T) SNP (ingl. Single nusleotide polymorphisms - o‘zb. – Yagona nukleotid polimorfizmi) hududi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bug‘doyda harorat stressiga javoban DREB transkripsiya omillarini kodlovchi genlar tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qadimiy, mahalliy va xorij bug‘doy nav va namunalari genomida DREB1c va DREB1b transkripsiya omilini kodlovchi genlarni sekvenirlash asosida NSBI ma’lumotlar bazasiga genning nukleotid ketma-ketligi ma’lumotlari joylashtirilgan (National Center for Biotechnology Information 2025 yil 19 mart PV339478, PV339476, PV339477, PV339474, PV339473, PV339480, PV339479, PV339475 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy bug‘doy navlari, jumladan Tuyatish, Graf, Marocco, Nodir hamda FAWWON S-AD-85 bug‘doy tizmalarida aniqlanib, NCBI ma’lumotlar bazasiga joylangan DREB1b va DREB1c genlari global ilmiy tadqiqotlar uchun qimmatli resurs sifatida xizmat qilishi ko‘rsatilgan va bu genlardan kelgusida seleksiya jarayonlarida foydalanish uchun ilmiy asos yaratish imkonini bergan;
bug‘doyning yuqori haroratga chidamli Tuyatish navi genomidagi DREB1b va past haroratga chidamli Graf navi genomidagi DREBlc genlarida aniqlangan SNP hudud asosida dizayn qilingan allel spesifik praymerlar Institutda 2023-2024 yillarda bajarilgan “Bug‘doyning yuqori sifatli, genetik boyitilgan, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamli, yuqori to‘yimlilik xususiyatiga ega bo‘lgan navlarini yaratish” mavzusidagi davlat dasturi tadqiqotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 30 maydagi 4/1255-1348 ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori xaroratga chidamli yumshoq bug‘doyning “Qayroqi” navini tanlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish