Umarov Fayoziddin Abdulfatto o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Norin daryosi baliqlari (Actinopterygii: Teleostei) faunasi, morfoekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/B1556.
Ilmiy rahbar: Nazarov Muxammadrasul Sharapovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Fargʻona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Alisher Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Atamuratova Muhayyo Shavkatovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Norin daryosining O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladigan qismida baliqlarining zamonaviy tur tarkibini aniqlash, baliqlarning morfometrik, bioekologik ko‘rsatkichlarini ochib berish hamda muhofazaga muhtoj turlarni muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Norin daryosining zamonaviy ixtiofauna tarkibi tadqiq etilib, unda baliqlarning 6 turkum, 12 oila, 21 urug‘ga mansub 23 turdan iboratligi aniqlangan;
Sirdaryo yuqori oqimi havzasi jumladan Norin daryosida avvalgi tadqiqotlarda qayd etilmay kelgan Alburnus chalcoides qayd etilganligi morfobiologik dalillar bilan asoslangan;
Norin daryosi baliqlarining morfometrik ko‘rsatkichlari hamda bioekologik o‘ziga xos jihatlari, xususan reproduktiv va o‘sish xususiyatlari ochib berilgan;
Rhodeus ocellatus ning ko‘payish biologiyasidagi o‘ziga xos xususiyatlari ya’ni ularni mollyuska chig‘anog‘iga tuxum qo‘yishi, erkak baliqlarning ko‘payish uchun o‘zaro raqobati ilk bor akvariumda ya’ni model-tajriba sharoitida asoslab berilgan;
Norin daryosidagi 11 ta baliq turining tana uzunligi va og‘irligi orasidagi bogʻliqlik ko‘rsatkichi hisoblangan, hamda ularning 2 turi manfiy allometrik, 1 turi izometrik va 8 turi ijobiy allometrik o‘sish ko‘rsatkichlariga ega ekanligi aniqlangan;
Norin daryosida uchrovchi 23 baliq turining havza bo‘ylab tarqalishiga oid geoaxborot ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan hamda ushbu turlar TMXI mezonlari bo‘yicha baholangan;
Norin daryosi baliqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan biotik va antropogen omillar aniqlangan hamda muhofazaga muhtoj turlarni saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Norin daryosi baliqlari faunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Norin daryosi baliqlari faunasi va morfoekologiyasiga doir tadqiqot natijalari asnosida “Baliqchilik” nomli darslik (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan 218-548-sonli guvohnoma) nashr qilingan bo‘lib, “60840100-Veterinariya medisinasi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 02/01-01-225-son maʼlumotnomasi). Natijada, oliy taʼlim muassasalarida 60840100-“Veterinariya medisinasi” mutaxassisligi bo‘yicha taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“Norin daryosida tarqalgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan va endemik baliq turlarning muhofaza qilish chora tadbirlari” bo‘yicha tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligining Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03–03/1–03/3–1038-son maʼlumotnomasi). Natijada, Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan va endemik baliq turlarni aniqlash, ekologlarning kasbiy faoliyatlarida Qizil kitobga kiritilgan va endemik baliqlarning tarqalishini monitoring qilish imkonini bergan.