Mirzaalieva Nargiza Rajabboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Abdulla Qahhor va Ernest Heminguey hikoyalari qahramonlarining qiyosiy tipologik tadqiqi mavzusi, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2861.
Ilmiy rahbar: Juraeva Gulnoza Axmatovna filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Musurmanov Erkin Rabbimovich; filologiya fanlari doktori, professor Umarova Mahliyo Yunusovna.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Qahhor va Ernest Heminguey hikoyalari qah-ramonlarini qiyosiy tipologik aspektda tizimli ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qahhor va Ernest Heminguey hikoyalari qahramonlari xarakteri va asar kompozisiyasidagi o‘rni asoslanib, qahramonlar ruhiy individullashuvining realistik vaziyatlar asosida takomilga erishishishi ijodkorlar uslubiga xos qisqa narrativ, portretlarning aniqligi, realistik tasvir kabi xususiyatlar orqali dalillangan;
badiiy obraz yaratish tamoyillari asosida milliy nasrimizda shakllangan xarak-ter yaratish usullarining jahon adabiyotiga xos reminssensiya, adabiy ta’sir va tipologiya singari kompa¬rativistikaga doir belgilari ochib berilgan;
obrazlar ti¬zimidagi xarakterlar ruhiy individualligini ta’minlovchi portret, peyzaj, narsa-buyum kabi detal; tush motivi, ichki monolog, ong oqimi kabi ruhiy tahlil vositalarining adabiy qahramon¬lar dinamik va turg‘un holatlarini ta’minlashdagi original va mushtarak aloqasi dalillangan;
hikoyalarda qahramonlar vositasida muallifning badiiy maqsadi: muallif va qahramonlar dunyoqarashi, ichki monologlar, muallif mushohadasi kabi ongosti jarayonlari, shaxsiy-psixologik kechinmalari aks etganligi psixoanalik metod asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qahhor va Ernest Heminguey hikoyalari qahramonlarining qiyosiy tipologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdulla Qahhor va Ernest Heminguey hikoyalari qahramonlari ruhiy holati va asar kompozisiyasidagi o‘rni asoslanib, hikoyalarda qahramonlar ruhiy individullashuvining realistik vaziyatlar asosida takomilga erishuvi ustuvor ekanligi ijodkorlar uslubining o‘ziga xos konsepsiyasiga asosidagi yondashuvlar bilan boyitilishiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabi¬yoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyi¬hada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabi¬yoti universiteti 2024-yil 15-maydagi 01/4-2746-son ma’lumotnomasi). Natijada sharq adabiyotiga xos ijtimoiy-falsafiy, diniy-ma’rifiy mavzularning XX asr o’zbek she’riyatida yoritilishi, badiiy reallikka doir obrazlarning ruhiyat ifodasidagi o’rni muammosiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
badiiy obraz yaratish tamoyillari asosida milliy nasrimizda shakllangan xarak-ter yaratish usullarining jahon adabiyotida erishilgan yutuqlar bilan munosabatga kirishish jarayonidagi reminssensiya, adabiy ta’sir va tipologiya singari kompa-rativistikaga doir belgilari isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 15-maydagi 01/4-2745-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma nazariy bilimlar, zamonaviy hikoyachilik va qiyosiy adabiyot¬shunoslikka doir ma’lumotlar bilan boyitilgan;
obrazlar ti¬zimidagi xarakterlar ruhiy individualligini ta’minlovchi portret, peyzaj, narsa-buyum kabi detal; tush motivi, ichki monolog, ong oqimi kabi ruhiy tahlil vositalarining adabiy qahramon¬larning dinamik, turg‘un holatlarini ta’minlashdagi aloqasi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvi, “Munosabat” tok-shousi ssenariylarini tayyorlashda foy¬dalanilgan. (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 12-noyabrdagi 01-44-421-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar mazmuni ijodkorlar hayoti va ijodiga doir ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
hikoya qahramonlar negizida muallifning badiiy maqsadi: muallif va qahramonlarning ruhiy dunyosi, ongosti jarayonlari, shaxsiy-psixologik kechinmalari aks etganligi psixoanalik metod bilan boyitilishiga oid ilmiy xulosa¬lardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universi¬tetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foyda¬lanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universi¬teti 2024-yil 15-maydagi 01/4-2746-son ma’lumotnomasi). Natijada sharq adabiyo¬tiga xos ijtimoiy-falsafiy, diniy-ma’rifiy mavzularning XX asr o’zbek she’riyatida yoritilishi, badiiy reallikka doir obrazlarning ruhiyat ifodasidagi o’rni muammosiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan.