Xalilov Sirojiddin Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi, model va algoritmlari”, 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5529.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobir Abdurahmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Kalandarov Ilyos Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Masofaviy ta’lim jarayonida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish, shaxsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, ularning xatti-harakatlari va nigohi yo‘nalishini nazorat qilish model va algoritmlarini ishlab chiqish hamda axborot tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etish va boshqarishga asoslangan intellektual videomonitoring tizimining takomillishtirilgan funksional tuzilmasi ishlab chiqildi.
masofaviy ta’lim axborot tizimining ta’lim olish jarayonlarida tinglovchilar shaxsini avtomatik identifikatsiya qilish, kamera oldidagi harakatlari va yuzining soxtaligini aniqlashning neyron tarmoqqa asoslangan modellari ishlab chiqilgan;
masofaviy ta’lim oluvchi talabalarning o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi asosida talabalar harakatini baholash jarayonlarining axborot modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan.
masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi asosida tizimning arxitekturasi hamda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya interfeyslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi model va algoritmlari:
masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi “Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti”ning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘lim tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish uchun joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-iyundagi 4/17-06/20-05-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning masofaviy kurslardagi ishtiroki va faoliyatini avtomatlashtirilgan tarzda kuzatish orqali o‘quv jarayonini boshqarish sifati 25% oshdi.
masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi “Sarbon universiteti” ning ta’lim jarayonidagi masofaviy tashkil etilgan yakuniy va oraliq nazorat test imtihon vaqti talabalarning harakatlarini real vaqt rejimida kuzatish va imtihonlarda adolatli o‘tishimi ta’nimlash uchun foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-iyundagi 4/17-06/20-05-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada videomonitoring tizimini aldash holatlarini aniqlash samaradorligi 6% ga yaxshilangan, boshqa tizimlarga nisbatan ya’ni 9% pasayishga erishdi.
masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi “ICT ACADEMY” nodavlat ta’lim muassasasi qoshidagi masofaviy o‘qitish jarayonida joriy etilgan videomonitoring axborot tizimi ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, tinglovchilar ishtirokini real vaqt rejimida baholash, shaxsni aniqlash va faollik darajasini monitoring qilish uchun joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-iyundagi 4/17-06/20-05-10-sonli ma’lumotnomasi). Tizim yordamida tinglovchilarning darsga jalb etilganlik darajasi, diqqat va davomati sezilarli darajada oshdi, texnik resurslardan foydalanish samaradorligi esa 100% ga etkazildi.