Kaxarova Shohsanam Nabijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz o‘qituvchilari muloqot xulqining qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/Fil3501
Ilmiy rahbar: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Yo‘lchiev Qahhor Vahobovich; filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Satimova Dilafruz Numonjonovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz o‘qituvchilari muloqot xulqini hamda ular tomonidan qo‘llanadigan verbal va noverbal muloqot vositalarining lingvomadaniy va pragmatik jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek o‘qituvchilarining muloqot xulqi masalasi keng ko‘lamda va tizimli yondashuv asosida o‘rganilib, o‘qituvchi nutqi fenomenining lingvistik, madaniy va pragmatik jihatlari, ularning nutqiy strategiyalari, muloqotdagi taktikalari, madaniy qadriyatlar bilan bog‘liq xatti-harakatlari, pragmatik qoidalar va lingvistik normalar tizimli tarzda tahlil qilinib, natijalar ilmiy asoslarga tayangan holda asoslangan; 
ingliz va o‘zbek madaniyatining kommunikativ jarayonga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinib, ularning pedagogik muloqotdagi aks etishi, milliy-madaniy omillar o‘qituvchi nutqining tanlovida, murojaat shakllarida, intonatsiya va muloqot uslubida o‘z ifodasini topishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek o‘qituvchilari muloqot xulqidagi o‘zgarishlar tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan shartli ravishda davrlashtirilib, ularning diaxron hamda sinxron ko‘rinishlari empirik ma’lumotlar asosida dalillangan;
o‘qituvchi muloqot xulqida namoyon bo‘ladigan noverbal aloqa vositalari, xususan, fonatsion elementlar va taktil aloqa shakllari o‘rganilib, ularning kommunikativ vazifalari, ijtimoiy va pedagogik ahamiyati qiyosiy va eksperimental tadqiqotlar orqali aniqlangan, har bir aloqa shaklining individual ifoda imkoniyatlari, nutqdagi urg‘u va intonatsion o‘zgarishlarga ta’siri, shuningdek, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat jarayonidagi samaradorligi ilmiy dalillar bilan tasdiqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz o‘qituvchilari muloqot xulqining qiyosiy jihatdan qilingan tadqiqi asosida:
ingliz va o‘zbek madaniyatining kommunikativ jarayonga ta’sirini o‘rganish, milliy-madaniy omillarning o‘qituvchi nutqida aks etishi, o‘qituvchi muloqot xulqida qo‘llanadigan noverbal aloqa tarkibiga kiruvchi fonatsion vosita va taktil aloqa shakllarining integral hamda differensial belgilarini qiyosiy-empirik tahlil asosida o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosa va natijalaridan 2021-2023-yillar mobaynida “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi
F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-nemischa qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat Xoreografiya Akademiyasining 2025-yil 7-apreldagi 1/04-212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu lug‘atning ilmiy-nazariy tomonlari yanada takomillashgan, loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek o‘qituvchilari muloqot xulqi masalasi o‘zbek tilshunosligida keng qamrovda olib borilgan ilk tadqiqotlardan biri sifatida, lingvistik, madaniy hamda pragmatik jihatdan asoslangani, o‘qituvchilar muloqot xulqidagi o‘zgarishlar shartli ravishda davrlashtirilgani, ularning diaxron va sinxron ko‘rinishlari qiyosiy-tarixiy metod asosida dalillanganiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663-raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat Xoreografiya Akademiyasining 2025-yil 7-apreldagi 1/04-213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida ishlatiluvchi ingliz tiliga oid so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobilini to‘g‘ri tanlashga doir ilmiy-nazariy qarashlarning mukammallashishiga asos boʼldi;
dissertatsiya ishi natijalaridan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 7-apreldagi 26-36-972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv materiallari dolzarbligi oshgan, mazmunan takomillashgan, o‘zbek va ingliz muloqot xulqining milliy-lisoniy o‘ziga xosliklari borasidagi bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish