Olimova Gulhayo Shamsher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishi xavf omillari va erta tashxisot jihatlarini baholash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Tib3294.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir yoshdagilarda SBK rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavf omillarini aniqlash, ularning klinik va laborator ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligini baholash asosida kasallikni erta aniqlash va oldini olish chora tadbirlarini muvofiqlashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi aksariyat hollarda klinik belgilari sezilmasdan, yashirin (subclinical) holatda kechib, kasallikni klinik simptomlarga asoslanib aniqlash imkoniyati pastligi, erta tashxisot uchun xavf omillari skriningi va maqsadli yordamchi laborator usullarni qo‘llashga ehtiyoj borligi asoslangan;
xavf omillarining ishonch intervali va BKFT ko‘rsatqichi bilan bog‘liqlik korrelyasiyalari hisoblanib, ular asosida o‘smirlarda SBK xavfini baholovchi integral baholash indeksi (IRI) ishlab chiqildi, hamda IRI ≥ 7.6 ball bo‘lgan o‘smirlarda nefropatiya rivojlanish ehtimoli 3–4 barobar yuqori ekanligi asoslangan;
o‘smir yoshdagilarda kal`siy tanqisligi (OR = 2,74; χ² = 37.6), C-reaktiv oqsil yuqoriligi (OR = 1.63; χ² = 9.51), vitamin D tanqisligi (OR = 1,97; χ² = 6,48) va rux tanqisligi (OR = 1.24; χ² = 4,31), surunkali buyrak kasalligini rivojlantiruvchi eng kuchli laborator prediktorlar ekanligi isbotlangan;
o‘smir yoshdagilarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini bashoratlovchi xavf omillari va laborator markerlarga asoslangan xavf indeksini shkalasi va nefropatiyalarni erta aniqlash va oldini olishning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishi xavf omillari va erta tashxisot jihatlarini baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. O‘smirlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi aksariyat hollarda klinik belgilari sezilmasdan, yashirin (subclinical) holatda kechib, kasallikni klinik simptomlarga asoslanib aniqlash imkoniyati pastligi, erta tashxisot uchun xavf omillari skriningi va maqsadli yordamchi laborator usullarni qo‘llashga ehtiyoj borligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘smir yoshdagilar orasida SBK kelib chiqishiga olib keluvchi xavf omillarini aniqlash muhim ahamiyatli bo‘lib, bukasallikni erta aniqlash va oldini olish samaradorligiga ta’sir qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘smir yoshdagilarda SBK rivojlanishini oldini olishda xavf omilini aniqlash va bartaraf etish orqali katta yoshdagi aholi orasida SBK va uning oqibatidagi asoratlar kamayishiga erishiladi. O‘smirlar orasida SBK erta aniqlash ularning ambulator va statsionar murojaatini kaytirish hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 148910 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. O‘smirlar orasida SBK rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillarini erta aniqlash va bartaraf etish samaradorligi isbotlanganligi, nefropatiya rivojlanishini bashoratlash, oldini olish tadbirlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi va 148910 so‘m siqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. xavf omillarining ishonch intervali va BKFT ko‘rsatqichi bilan bog‘liqlik korrelyasiyalari hisoblanib, ular asosida o‘smirlarda SBK xavfini baholovchi integral baholash indeksi (IRI) ishlab chiqildi, hamda IRI ≥ 7.6 ball bo‘lgan o‘smirlarda nefropatiya rivojlanish ehtimoli 3–4 barobar yuqori ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘smir yoshdagilar orasida ularni SBK rivojlanishi xavf guruhlariga ajratuvchi prognostik matrisa va jadvalni qo‘llash simptomsiz kechayotgan nefropatiyalarni erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: SBK rivojlanishini bashoratlovchi xavf guruxini erta aniqlash va profilaktika qilish evaziga nefropatiyaning og‘ir klinik darajalari davrida davolashga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 648104 ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. O‘smirlar orasida SBK erta aniqlash va zo‘rayishini oldini olish, uning profilaktikasiga erishish imkoniyatini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik. o‘smir yoshdagilarda kal`siy tanqisligi (OR = 2,74; χ² = 37.6), C-reaktiv oqsil yuqoriligi (OR = 1.63; χ² = 9.51), vitamin D tanqisligi (OR = 1,97; χ² = 6,48) va rux tanqisligi (OR = 1.24; χ² = 4,31), surunkali buyrak kasalligini rivojlantiruvchi eng kuchli laborator prediktorlar ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi o‘smirlarda SBK rivojlanishini erta tashxislashda prognostik xususiyatga ega laborator markerlarni qo‘llash orqali ularda buyrak faoliyati buzilishi zo‘rayib borishi va asoratlanishi oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: SBK rivojlanishini bashoratlovchi va erta baholovchi laborator ko‘rsatgichlarni erta aniqlash uchun 178900 ming so‘m sarflanadi, bu SBK rivojlangandan keyin qo‘llaniladigan tashxisot va davo xarajatlaridan 6,3 baravar arzon bo‘lib, har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 496600 so‘m,miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa. O‘smirlar orasida SBK rivojlanishini erta aniqlashning arzon va samarali usullarini qo‘llash hisobidan har bir bemor uchun 496600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. O‘smir yoshdagilarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini bashoratlovchi xavf omillari va laborator markerlarga asoslangan xavf indeksini shkalasi va nefropatiyalarni erta aniqlash va oldini olishning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi o‘smirlar orasida SBK rivojlanishini erta aniqlash, shuningdek, uning asoratlanishini oldini olishniga mo‘ljallangan prognostik algoritm tavsiya etiladi, SBE profilaktikasiga, tibbiy tekshiruvlar samaradorligi oshishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: xavf indeksi va mezonli algoritm tadbiq etilguncha SBK rivojlanishini tashxislash kechikishi, asoratlar bilan kechganda tashxis qo‘yish, davolashga qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 2795211 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 1018300 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 1776911 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. O‘smirlar orasida buyrak faoliyati buzilishini erta aniqlash, bashoratlash, xavf omillarini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega hamda ushbu chora tadbirlar asosida har bir bemor uchun 1776911 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
O‘smirlar orasida surunkali buyrak kasalliklarini rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillarini baholash va xavf guruhini aniqlash, kasallikni erta aniqlashning klinik va laborator usullarini takomillashtirish va uning amaliy axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “O‘smir yoshdagilarda turli etiologiyali nefropatiyalarni tashxislashning takomillashtirilgan laborator usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/018 son ma’lumotnomasi). Natijalar sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (15.02.2025 y; № 245-2-42-TB/2025); Buxoro viloyati Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi (13.02.2025 ; № 472-2-208-TB/2025) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14\11-son xulosasi olingan.