Azimov Akmal XXX
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Universal yonilg‘i ta’minot tizimli gaz ballonli engil avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.1PhD/T5464
Ilmiy rahbar: Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich texnika fanlari doktori, dotsent; Ro‘zimov Sanjar Komilovich texnika fanlari doktori (DSc.), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi universal yonilg‘i ta’minot tizimli gaz ballonli engil avtomobillarning yonilg‘i tejamkorlik va ekologik ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
past va yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olgan holda ekspluatatsion va stend sinov usullari asosida “benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvining algoritmi takomillashtirilgan;
yonilg‘i ta’minot tizimidagi “benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvini ratsional rostlash orqali, statistik tahlil asosida dvigatel sovuq ishga tushirish jarayoni uchun benzin sarfiga mos siqilgan tabiiy gaz va zararli chiqindi gazlar miqdorini hisoblash formulasi takomillashtirilgan;
past va yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitlarini inobatga olgan holda universal yonilg‘i ta’minot tizimli gaz ballonli avtomobil dvigatellarining “benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvini ratsional sozlangandagi energoekologik samaradorlikni baholash usuli takomillashtirilgan;
yonilg‘i ta’minot tizimidagi “benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvini bazaviy va ratsional sozlangandagi dvigatelni sovuq ishga tushirishdagi benzin sarflanish vaqtini aniqlash usuli, tashqi muhit haroratini inobatga olgan holda ekspluatatsion va stend sinov usullari yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Universal yonilg‘i ta’minot tizimli gaz ballonli engil avtomobillarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvining takomillashtirilgan algoritmi “Avtomarkaz GAZ” MChJ da tadbiq etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2025-yil 18-iyul 17/07-25-1271-son ma’lumotnomasi). Natijada, universal yonilg‘i ta’minot tizimli 4-avlod gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan avtomobillarining yillik 283 kun davomida bitta avtomobil uchun bir martalik sovuq ishga tushirishdagi benzin sarfi 5,43 litrgacha tejalishiga erishilgan;
statistik tahlil asosida dvigatel sovuq ishga tushirish jarayoni uchun benzin sarfiga mos siqilgan tabiiy gaz va zararli chiqindi gazlar miqdorini hisoblash usuli “Avtomarkaz GAZ” MChJ da tadbiq etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2025-yil 18-iyul 17/07-25-1271-son ma’lumotnomasi). Natijada, dvigatel bir martalik sovuq ishga tushirish jarayonida benzin sarfiga mos siqilgan tabiiy gaz ishlatilishi hisobiga 54,5% xarajatlar tejalib, zararli gazlar miqdori mos ravishda zararli chiqindi gazlar mos ravishda CO miqdorini 2,13 kg, Ch miqdorini 0,31 kg, NOx miqdorini 0,11 kg va CO2 miqdorini 3,87 kg ga kamayishi aniqlandi kamayishiga erishilgan;
universal yonilg‘i ta’minot tizimli gaz ballonli avtomobil dvigatellarining “benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvini ratsional sozlangandagi energoekologik samaradorlikni baholash usuli “Avtomarkaz GAZ” MChJ da tadbiq etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2025-yil 18-iyul 17/07-25-1271-son ma’lumotnomasi). Natijada, past va yuqori haroratli ekspluatatsiya sharoitlaridagi benzin tejalishi va zararli gazlar miqdori 20% dan 80% ga kamayishi aniqlanib, yillik benzin tejalish o‘rtacha 4018 kg benzin tejalishiga erishilgan;
yonilg‘i ta’minot tizimidagi “benzin-gaz”/“gaz-benzin” boshqaruvini bazaviy va ratsional sozlangandagi dvigatelni sovuq ishga tushirishdagi benzin sarflanish vaqtini aniqlashning usuli “Avtomarkaz GAZ” MChJ da tadbiq etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2025-yil 18-iyul 17/07-25-1271-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi muhitning -10°C dan + 30°C oralig‘idagi ekspluatatsiya sharoitida dvigatelni sovuq ishga tushirish jarayoni uchun bazaviy va ratsional sozlanishdagi benzin sarflanish vaqtlarining farqi 2,19 dan 0,45 daqiqagacha farqlanishi aniqlangan.