Vaxabova Nasiba Abdulxamidovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifti (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01. Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3. PhD/Ped2673
Ilmiy rahbar: Akramov Xusnitdin Muxitdinovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Solixo‘jaeva Dildora Abduraimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Talaba qizlarni oilaga tayyorlashning ijtimoiy, pedogogik va psixologik determenantlari hamda komponentlari ta’lim maqsadlari va oila funksiyalarini o’zoro aksiologik qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyaviy ta’sir darajasini oshirishga xizmat qiluvchi integrativ muhitni tashkil etish orqali ochib berilgan;
Bell-Lankaster tizimi asosida talaba qizlarning oilaviy munosabatlarga qadriyatli yondashuvni singdiruvchi ta’limiy muhit samaradorligini ta’minlash zamonaviy shaxs sifatlari (aktivlik, yetakchilik, ijodkorlik, innovatorlik, tashabbuskorlik) asosida takomillashtirilgan;
talaba qizlarning oilaga tayyorligini ijtimoiy va tarbiyaviy me’yorlarga asoslangan funksional model hamda ularni refleksiv faoliyatini rivojlantiruvchi “Oilaviy hayotga bir qadam” mobel ilova orqali baholash mezonlari(motivatsion, faoliyatga doir, kognitiv, refleksiv) asosida aniqlashga ustvorlik berilgan;
talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning funksional mexanizmi hamkorlikda o‘qitish va amaliy didaktik mashg‘ulotlarni loyihalashning amaliy topshiriqlar, interaktiv ta’lim, treng, mustaqil ta’lim shakllari va funksional tizimli vazifalarni kiritishga asoslangan pedagogik shart-sharoitlar orqali modernizatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik determinantlari va komponentlari ta'lim maqsadlari va oila funksiyalarini o'zaro aksiologik qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyaviy ta’sir darajasini oshirishga xizmat qiluvchi integrativ muhitni tashkil etish orqali ochib berishga doir konseptual g‘oya va takliflardan “Qalb - mehri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazining 2021-yil 1-noyabrdan 2023-yil 30-aprelgacha Oliy majlis jamoat fondi tomonidan “Ayollarni tayziq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligi to‘g‘risida”gi qonunlarning ijrosini bajarilishini targ‘ib qilishning innovatsion usullari nomli grant loyiha doirasida foydalanilgan (“Qalb - mehri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazining (2023 yil 20 noyabrdagi №-11sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talaba qizlarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
Bell-Lankaster tizimi asosida talaba qizlarning oilaviy munosabatlarga qadriyatli yondashuvni singdiruvchi ta’limiy muhit samaradorligini ta’minlash zamonaviy shaxs sifatlari (aktivlik, yetakchilik, ijodkorlik, innovatorlik, tashabbuskorlik) asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan 2022-2023 yillarda bajarilgan 02-01/33-raqamli Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Xotin-qizlarning asosiy hayotiy qadriyatlariga erishish yo‘llarining sotsiologik tadqiqi” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi Namangan viloyati xududiy bo‘limining 15.11.2023 yil 17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hamkorlik pedagogikasining konseptual g‘oyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishni takomillashtirishga erishilgan;
talaba qizlarning oilaviy hayotga tayyorgarligini ijtimoiy va tarbiyaviy me’yorlarga asoslangan funksional model hamda ularning refleksiv faoliyatini rivojlantiruvchi “Oilaviy hayotga bir qadam” mobel ilova orqali baholash mezonlari(motivatsion, faoliyatga doir, kognitiv, refleksiv) asosida aniqlashga ustvorlik berishga oid taklif va tavsiyalaridan “Intellekt” mintaqaviy tadqiqotlar markazi tomonidan 2022 yil iyun-dekabr oylarida bajarilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash: muammo-tahlil-echim” nomli grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (“Intellekt” Namangan viloyati mintaqaviy tadqiqotlar markazining 2023 yil 14 noyabrdagi №-8/23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba qizlarini oilaviy hayotga tayyorlashda korreksion-profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga erishilgan;
talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning funksional mexanizmi hamkorlikda o‘qitish va amaliy didaktik mashg‘ulotlarni loyihalashning amaliy topshiriqlar, interaktiv ta’lim, treng, mustaqil ta’lim shakllari va funksional tizimli vazifalarni kiritishga asoslangan pedagogik shart-sharoitlar orqali modernizatsiyalashga doir taklif va tavsiyalardan Oliy ta'limning 5110900 - Pedagogika-psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yilning 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada, pedagogika-psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun ilmiy metodologik adabiyotlar ta'minoti hamda uni mazmunan boyitishiga,shuningdek, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.