Tajiboev G‘olibjon G‘ulomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tikanli kovul (Sapparis spinosa L.) dorivor o‘simligi mevasini quritish texnologiyasi», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2465.
Ilmiy rahbar: Inog‘omov Sobitjon Yoqubjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratillo Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simlik - tikanli kovul (Sapparis spinosa L.) mevasini quritishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikanli kovul mevasining doira shaklida ko‘ndalang kesilishi bilan ta’sir yuzasining ortishi, konvektiv quritish davomiyligini 32 % ga jadallashtirish isbotlangan;
konvektiv usulda maqbul sharoitlarda quritilgan tikanli kovul ziravori kimyoviy tarkibida 0,29 % rutin, 0,57 % kversetin va 6 mg/kg gacha V guruhi vitaminlari saqlanib qolishi asoslangan;
quritilgan ziravorning 3 mm o‘lchamli yanchilmasini 70 % spirt eritmasida ekstratsiyalab olingan ekstrakt tarkibi kversetin, rutin (flovanoidlar), vitamin va alkoloidga boy, 16 % quruq modda saqlashi isbotlangan;
mahalliy dorivor o‘simlik - tikanli kovul (Sapparis spinosa L.) mevasini 70±2S haroratda 14 % namlikgacha konvektiv quritishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy dorivor o‘simlik Sapparis spinosa L. tikanli kovul mevasini quritishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikanli kovul dorivor o‘simligi mevasini quritish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yil 22 may 25-62/05-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kovul mevasidan ziravor ishlab chiqarishni 32 % ga ishirish imkonini bergan;
tikanli kovul mevasini quritish, farmatsevtik ziravor ekstrakti olish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yil 22 may 25-62/05-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibidagi vitaminlar, makro- va mikroelementlarning miqdorlari saqlanuvchi farmatsevtik kukun olish imkonini bergan.