Munduzova Mavlyuda Akbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olmaliq ma’danli maydoni o‘rta paleozoy davri (D3-C1) cho‘kindi qatlamlarida oltin ma’danlashuvi xususiyatlari, Karlin tipidagi konlar bilan geologik va geokimyoviy xossalarini qiyoslash”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/GM62.
Ilmiy raxbar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Antonov Aleksandr Evgenevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Razikov Odil Taxirdjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Olmaliq ma’danli rayonining o‘rta paleozoy davri (D3-C1) cho‘kindi qatlamlarining oltindorligini aniqlash, geologik va geokimyoviy xususiyatlarini Karlin tipidagi konlar bilan qiyosiy tavsiflash, ularning joylashishining geokimyoviy, fatsial-formatsion sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Olmaliq ma’danli rayoni o‘rta paleozoy cho‘kindi qatlamlari (terrigen-karbonatli jinslar) D3-C1 oltinga boyligi asoslangan, ularda yupqa dispersli oltinni aniqlash uchun istiqbolli bo‘lgan qoratog‘ota, qulota, katrangi svitalari va bitumli jinslar ajratilgan;
uzilmali buzilishlar (ortogonal siniqlar, shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy uzilmalar) shakllanishining geologik-strukturaviy xususiyatlari va ularning oltin ma’danlashuvining joylashishidagi roli aniqlangan;
Karlin turidagi konlarning Olmaliq ma’danli rayoni ob’ektlari bilan geologik o‘xshashligi va farqlarining belgilari aniqlangan, mintaqada Karlin turidagi ob’ektlarni aniqlash istiqbollari belgilangan;
Olmaliq ma’danli rayonida oltin tarkibli ma’danli formatsiyalarning shakllanishi va joylashish qonuniyatlari va minerallashgan zonalarning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
cho‘kindi qatlamlarda singenetik-diagenetik (dastlabki bosqichlarda) va epigenetik (kechki bosqichlarda) jarayonlar keng namoyon bo‘lib, ularda foydali komponentlarning, shu jumladan qora, to‘q kulrang dolomitlardagi oltinning qayta taqsimlanishiga olib kelganligi aniqlangan;
Olmaliq ma’danli rayoni terrigen-karbonatli jinslarining oltindorligini Karlin tipidagi namoyonlar va konlar bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Terrigen-karbonatli jinslarining oltin potensialini tadqiq etish natijalari asosida:
Olmaliq ma’danli maydoni o‘rta paleozoy (D3-C1) cho‘kindi qatlamlarida oltin ma’danlashuvi tarqalishining geokimyoviy xususiyatlari, geologik-strukturaviy sharoitlari to‘g‘risidagi xulosalar «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon va geologiya vazirligining 10.02.2025 yildagi 08-0588-sonli). Natijalar oltin ma’danlashuvi joylashuvining geologik-strukturaviy sharoitlarini aniqlash hamda minerallashuvni qidirish va baholash mezonlarini aniqlashga imkon bergan;
Olmaliq ma’danli maydonining ma’dan qamrovchi qoratog‘ota, qulota, qatrangi qatlamlarini, litologik-strukturaviy va fatsiyal-formatsion sharoitlarini, oltin ma’danlashuvining geokimyoviy xususiyatlarini kompleks o‘rganish natijalari «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon va geologiya vazirligining 10.02.2025 yildagi 08-0588-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar mintaqadagi istiqbolli hududlarni bashorat qilish imkonini bergan;
oltin ma’danlashuvi yuqori uglevodorodli cho‘kindi qatlamlarda ortogonal buzilishlar shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy er yoriqlari tizimi bo‘ylab rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlar «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon va geologiya vazirligining 10.02.2025 yildagi 08-0588-sonli ma’lumotnoma). Natijada oltin ma’danlashuvi uchun qulay pozisiyalar hosil bo‘lganligi belgilangan;
ma’danlashuvining litologik va stratigrafik qidiruv belgilari, ularning ayrim fatsiya va formatsiyalar bilan bog‘liqligi hamda hududning endogen minerallashuvi xususiyatlari «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon va geologiya vazirligining 10.02.2025 yildagi 08-0588-sonli ma’lumotnoma). Natijada mintaqada oltin ma’danlashuvini qidirishning litologik va stratigrafik qidiruv belgilari hamda ma’danlashuv rivojlanishi uchun qulay fatsiya va formatsiyalar aniqlangan;
Chotqol-Qurama tog‘larining ma’dan qamrovchi qoratog‘ota, qulota, qatrangi svitalari yotqiziqlaridagi yuqori uglerodli dolomit va ohaktosh maydoni bilan bog‘liq bo‘lgan yangi oltin ma’danli maydonlari «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon va geologiya vazirligining 10.02.2025 yildagi 08-0588-sonli ma’lumotnoma). Natijalar yuqori uglerodli dolomit va ohaktosh qatlamlarida oltinni ma’danlashuvi bo‘yicha tematik va qidiruv ishlarini olib borish zarurligini asoslagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish