Sevinchova Dilobar Ne’mat qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ketoefirlar aroilgidrazonlari asosida 3d-metallarning kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K970.
Ilmiy rahbar: Umarov Baqo Bafaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuhra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmonova Dilnoza Salomovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: β-ketoefirlar aroilgidrazonlari asosida Ni2+, va Cu2+ ionlarining kompleks birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor β-ketoefirlar para-almashgan aroilgidrazonlari asosida 12 ta organik ligand va ularning 25 ta kompleks birikmalari sintez qilingan;
katta hajmli uchlamchi-butil radikali saqlagan 2,4-diokso-5,5-dimetilgeksan kislota metil va etil efiri bilan para-almashingan aromatik kislota gidrazidlarining kondensatlanish reaksiyalari murakkab efir karbonili (C=O) dan borishi hamda 2,4-dioksopentan kislota etil efiri bilan para-almashingan aromatik kislota gidrazidlarining oʻzaro kondensatlanish reksiyalari yoʻnalishi atsilkarbonil (C=O) guruhidan borishi isbotlangan;
β-ketoefirlar aroilgidrazonlari asosida olingan 3d-metallarning xelat komplekslarida markaziy ion va ikki marta deprotonlangan ligandlar bilan barqaror besh- va olti a’zoli metallhalqa hosil qilishi aniqlangan;
H2L1-H2L12 ligandlarning Ni2+ va Cu2+ kompleks birikmalari tekis-kvadrat tuzilishli ekanligi element analizi, IQ-, YaMR 1H-, EPR spektroskopiyasi va RTT usullarida hamda H2L13 ligand asosida olingan NiL.NH3.H2O tarkibli kompleks birikmasi tuzilishi kvadrat piramida holda ekanligi RTT usulida isbotlangan;
ilk bor chiziqli gidrazon-Az shakildagi – H2L6 va halqali 5-gidroksi-2-pirazolin C shakildagi – H2L10 ligandlar hamda NiL13-NH3-H2O tuzilishli kompleks birikmaning monokristallari olinib, ularning molekulyar tuzilishi RTT usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. β- diketoefirlar hosilalari bilan Ni2+, va Cu2+ ionlarining yangi kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2,4-diokso-5,5-dimetilgeksan kislota etil efirining para-nitrobenzoilgidrazoni–H2L6, 2,4-dioksopentan kislota etil efiri para-dimetilaminobenzoilgidrazoni–H2L10 asosida olingan ligandlar va 2,4-dioksopentan kislota etil efiri benzoilgidrazoni asosida olingan NiL.NH3.H2O tarkibli kompleks birikmasi molekulyar strukturalari ma’lumotlari Kembrij struktur ma’lumotlar bazasiga (Cambridge Crystallographic Data Centrening 2022 yil 18 maydagi 2173511, 2173512 va 29 may 2022 yil 2182732 son ma’lumotnomalari) kiritilgan. Natijada, analogik birikmalarni sintez qilishda ushbu ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etilgan;
KEK-1 (NiL1∙NH3) va KEK-3 (CuL7∙NH3) preparatlari Buxoro viloyati Buxoro tumani “Hikmat Shavkat Fayz” fermer xoʻjaligining dalalariga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 12-sentyabr 07/34-05/4598-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta chigitlarining unib chiqish muddati 8,9 % (KEK-1), va 11,3% (KEK-3), koʻsaklarning ochilishi nazorat variantiga (Fitovak preparatiga) nisbatan 4,31 % ga qisqarishi, hosildorlik oʻrtacha 2,75 s/Ga ga ortishining imkonini bergan.