Karabaeva Gulnora Begmurotovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Co(II) va Ni(II) ionlarini nitrozofenol va tropeolin 00 yordamida voltamperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish”, 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K628.
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Ziyaev Dilshod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kobalt(II) va nikel(II) ionlarini nitrozofenol va tropeolin 00 yordamida voltamperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o-nitrozofenolning kumush-simob amalgama elektrodi (Ag/HgAE) yuzasida siklik voltamperometrik usulda atsetat bufer (pH 5,2) muhitida yarim to‘lqin potensiali E1/2 = 0,374 V ekanligi, anod va katod diffuziya koeffisienti 1,83 × 10⁻⁵ cm²/s hamda 2,33 × 10⁻⁶ cm²/s ga tengligi aniqlangan. Bu esa oksidlanish jarayonining tezlik bilan sodir bo‘lishini isbotlagan;
siklik voltamperometrik usulda o-nitrozofenolning kobalt(II) va nikel(II) ionlari bilan kompleks hosil qilishining yarim to‘lqin potensiallari: kobalt(II) kompleksi uchun E1/2= 0,337 voltga, nikel(II) kompleksi uchun 0,525 voltga tengligi, Randles–Shevchik va Laviron tenglamalari asosida aniqlangan, Ag/HgA elektrod yuzasida har ikkala kompleksning redoks jarayonlarida n = 2 elektron ishtirok etishi isbotlangan;
siklik voltamperometrik usulda o-nitrozofenol bilan kobalt(II) va nikel(II) ionlarining hosil qilgan komplekslarining anod va katod diffuziya koeffisientlarining nitrozafenolnikiga nisbatan kamayishi (D_anod; Co: −46%, Ni: −87.7%, D_katod; Co: +135%, Ni: −32.6% ) hamda IQ spektrlaridagi O-Me bog‘larining tebranish chastotalari ν=577-578 sm-1 sohada hosil bo‘lishi elektrod yuzasida kompleks hosil qilish jarayoni borganligi bilan isbotlangan;
inversion voltamperometrik usulda Ag/HgA elektrodini qo‘llab, kobalt(II) va nikel(II) kompleks birikmalarining barqarorlik konstantalari Benesi–Hildebrand uslubi bilan Co(II)–o-NF uchun Kf = 4,64 va Ni(II)–o-NF uchun Kf = 3,51 ga tengligi aniqlanib, barqarorlik konstantalarining kamayishi ion radiusi oshib borishiga mosligi va etarlicha barqarorlikga egaligi, ularning voltamperometrik tahlil uchun mosligi tasdiqlangan;
ishlab chiqilgan anodli inversion voltamperometriya usuli yordamida o-nitrozofenol ishtirokida kobalt(II) va nikel(II) ionlarini Ag/HgA elektrodi yuzasida aniqlashning to‘g‘riligi ikkala ion uchun ham korrelyasiya koeffisienti 1 ga yaqinligi, hamda yuqori sezgirlikga egaligi nikel(II) ioni uchun quyi aniqlash chegarasi (LOD) 1,43×10−8 M (0,84 mkg/L) va miqdoriy aniqlash chegarasi (LOQ) 4,33×10−8 M (2,56 mkg/L), kobalt(II) ionlari uchun esa LOD 4,19×10−8 M (2,48 mkg/L) va LOQ 1,27×10−7 M (7,48 mkg/L) tengligi bilan isbotlangan;
ishlab chiqilgan kobalt(II) va nikel(II) ionlarni aniqlashning AIV va SV natijalari atom-absorsion spektroskopiya (AAS) va ISP-AES usullaridan olingan ma'lumotlar bilan solishtirilganda Student va Fisher mezonlari asosida matematik-statistik tahlil natijalariga ko‘ra hisoblangan qiymatlar kritik qiymatdan kichik (this< tkrit, Fhis=1,176< Fkritik=6,39) bo‘lganligi usulning sistematik xatolari mavjud emasligi tasdiqlangan;
-kobalt(II) ionini tropeolin 00 bilan modifikatsiyalangan grafit elektrodi (TR00/GE) yordamida AIV usuli orqali aniqlashning optimal sharoitlari: ammoniy xlorid fonida (pH=8-10), –0,80÷–1,40 Volt, skanerlash tezligi 50 mV/s, yarim to‘lqin potensiali E1/2 = –1,25 ± 0,01 V ga ekanligi aniqlangan. Ishlab chiqilgan usulning quyi aniqlash chegarasi (LOD) 5,03 × 10⁻7 M (3,67 mkg/L), miqdoriy aniqlash chegarasi (LOQ) esa 1,77 × 10⁻6 M (9,54 mkg/L) ga teng aniqlanib, Ag/HgA elektrodida olingan quyi aniqlash chegarasiga nisbatan 35,3 marta kamligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Co(II) va Ni(II) ionlarini nitrozofenol va tropeolin 00 yordamida voltamperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
kobalt(II) va nikel(II) ionlarining o-nitrozofenol yordamida anodli inversion voltamperometrik aniqlash usuli “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ Rux zavodida laboratoriyasida amaliyotiga joriy etilgan (“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ ning 2025 yil 24-sentyabr SL-823-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada, kobalt(II) va nikel(II) ionlarini texnologik suvlar tarkibidan mikromiqdorgacha miqdori aniqlangan;
kobalt(II) va nikel(II) ionlarini o-nitrozofenol va tropaeolin 00 reagentlari yordamida aniqlashning voltamperometrik usullari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy etilgan ( “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2025 yil 10-oktyabr 02-07/02/10523 sonli ma’lumotnomasi). Natijda, texnologik suvlar tarkibida kobalt(II) va nikel(II) ionlarini aniqlashning tanlab ta’sir etuvchanligi, tezkorligi va soddaligi, past konsentratsiyalarda ham korrelyasiya koeffisienti 1 ga yaqin bo‘lgan ishonchli natijalar olingan.