Durumov Temur G‘olibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5514. 
Ilmiy rahbar: Bekjanov Dilmurad Yoʻldashovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matkarimov Feruz Bekturdievich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida mehnat resurslaridan foydalanish holatini chuqur tahlil qilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan takomillashtirilgan iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ish bilan ta’minlash (VITA) agentliklarini tashkil qilish asosida mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar tizimi ishlab chiqilgan; 
mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydalanishda, bandlik darajasi (0≤99.6 ≤100) “juda yaxshi”, mehnat resurslaridan foydalanish (0≤96.2≤100) va iqtisodiy faollik (0≤95.4≤100) “yaxshi”, ishsizlik (0≤68.7≤100) “qoniqarli” hamda nofaollik (0≤65.1≤100) “qoniqarli” darajadaligi asoslangan;
mintaqada mehnat bozorining rivojlanganlik holati integrallashgan indeks va klaster yondashuvi asosida “past (32,9-35,3)”, “o‘rta (36,5-39,1)” va “yuqori (39,4-54,1)” intervallar orqali baholash taklif etilgan;
mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydanish ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yilllarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ish bilan ta’minlash (VITA) agentliklarini tashkil qilish asosida mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar tizimi  bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11424-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tizim mintaqada norasmiy bandlik va ishsizlik darajasini pasaytirib, iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qilgan;
mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydalanishda, bandlik darajasi (0≤99.6 ≤100) “juda yaxshi”, mehnat resurslaridan foydalanish (0≤96.2≤100) va iqtisodiy faollik (0≤95.4≤100) “yaxshi”, ishsizlik (0≤68.7≤100) “qoniqarli” hamda nofaollik (0≤65.1≤100) “qoniqarli” darajadaligi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11424-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
mintaqada mehnat bozorining rivojlanganlik holati integrallashgan indeks va klaster yondashuvi asosida “past (32,9-35,3)”, “o‘rta (36,5-39,1)” va “yuqori (39,4-54,1)” intervallar orqali baholash taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11424-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududlarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini bergan;  
mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydanish ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yilllarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11424-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish