Botirov Muzaffar Shodmonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri  (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yangi O‘zbekistonda huquqiy  reallikni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy  omillari” 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi  (Huquq falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1404.
Ilmiy rahbar: Bozarov Dilmurod Mirzarasulovich. falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston  Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: 
1.Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov–sotsiologiya fanlari doktori, professor,   
2.Matkarimova Jamila Durdievna– falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi  Jamoaat  xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda vujudga kelayotgan huquqiy reallikni ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish orqali uning o‘zgarish tendensiyalarini ochib berish va rivojlanish istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Davlat siyosatining strategik yo‘nalishlari va demokratiya sari qo‘yilgan dinamik o‘zgarishlarning yangi davrini chuqur tahlil qilish asosida huquqiy real-likning ma’naviy-axloqiy va siyosiy jihatlari, huquqiy madaniyat va ommaviy axborot vositalari faoliyatining ta’sirini huquqiy-falsafiy tasniflash mezonlari, Yangi O‘zbekistonda huquqiy reallikni qaror toptirishning intellektual-potensial imko-niyatlari va istiqbollari asoslangan.
“Huquq”, “huquqiy reallik”, “huquqiy noreallik”, “huquqiy ideallik” tushunchalari va ularning o‘zaro aloqadorligi, ijtimoiy-huquqiy himoya mexanizmi evolyusiyasi va uning inson huquqlarining kafolatlari tizimi kundalik hayotda qonunning haqiqiy holati, qonunlar sudlar tomonidan qanday talqin qilinishi, hoki-miyat organlari tomonidan ijro eilishi va fuqarolar tomonidan qanday bajarilishi nazariy va empirik jihatdan dalillangan.
Huquqqa hurmat, erkinlik va ijtimoiy adolat qadriyatlarini kuchaytirish orqali huquqiy reallikni ijtimoiy-madaniy va globallashuv sharoitida barqaror rivojlantirish masalasi ochib berilgan.
Eadqiqotda huquqiy bilimlar shunchaki axborot resursi sifatida emas, balki yosh avlod tafakkurida ijtimoiy-huquqiy identitetni shakllantiruvchi, ongli fuqarolik pozisiyasini mustahkamlovchi determinativ omil sifatida ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yangi O‘zbekistonda huquqiy reallikni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzuidagi tadqiqot natijalari asosida:
davlat siyosatining strategik yo‘nalishlari va demokratiya sari qo‘yilgan dinamik o‘zgarishlarning yangi davrini chuqur tahlil qilish asosida huquqiy reallikning ma’naviy-axloqiy va siyosiy jihatlari, huquqiy madaniyat va ommaviy axborot vositalari faoliyatining ta’sirini huquqiy-falsafiy tasniflash mezonlari, Yangi O‘zbekistonda huquqiy reallikni qaror toptirishning intellektual-potensial imko-niyatlari va istiqbollariga oid ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif-tavsiyalardan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2025-yil 30-yanvardagi №01-02/23 raqamli ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektoratining ijtimoiy ongining o‘zgarishiga, har bir fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini bilish asosida faoliyatni tashkil etishga xizmat qilgan;
“huquq”, “huquqiy reallik”, “huquqiy noreallik”, “huquqiy ideallik” tushunchalari va ularning o‘zaro aloqadorligi, ijtimoiy-huquqiy himoya mexanizmi evolyusiyasi va uning inson huquqlarining kafolatlari tizimi kundalik hayotda qonunning haqiqiy holati, qonunlar sudlar tomonidan qanday talqin qilinishi, hokimiyat organlari tomonidan ijro eilishi va fuqarolar tomonidan qanday bajarilishi nazariy va empirik jihatdan asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari Agentligi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 9-yanvardagi 4-09-21-133 raqamli ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligi hamda sud-huquq islohotlarini targ‘ibot qilish bo‘yicha Agentlik olib boradigan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda huquqiy reallikni qaror toptirishning intellektual-potensial imkoniyatlari, huquqqa hurmat, erkinlik va ijtimoiy adolat qadriyatlarini kuchaytirish orqali huquqiy reallikni ijtimoiy-madaniy va globallashuv sharoitida barqaror rivojlantirishiga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 23-yanvardagi 03/01/19-79 raqamli). Natijalar Markazning aholi orasida olib boradigan huquqiy taribot ishlari samaradorligini oshirishga, ommaviy axborot vositalarida maqolalar eʼlon qilishga xizmat qilgan;
huquqiy bilimlar shunchaki axborot resursi sifatida emas, balki yosh avlod tafakkurida ijtimoiy-huquqiy identitetni shakllantiruvchi, ongli fuqarolik pozisiyasini mustahkamlovchi determinativ omil sifatida ekanligiga oid xulosa, taklif va tavsiyalar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-yanvardagi 04-37-280 raqamli ma’lumotnomasi). Natijalar maktabgacha va maktab ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy  savodxonligi, huquqiy  bilimlarini oshirish, milliy iftihor, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatida foydalanildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish