Aslonov Navro‘zbek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Insonning axborot olish huquqi: xalqaro va milliy tajriba”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu1001.
Ilmiy rahbar: Ochilov O‘tkir Sayfullaevich, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39/30.11.2020.Yu/S.128.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich, yuridik fanlar doktori, professor Toshev Boboqul Norqobilovich.
Yetakchi Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi insonning axborot olish huquqini ta’minlashga doir xalqaro tajriba va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangligi:
o‘z faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlaridan, fuqarolik jamiyati institutlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish zarurligini huquqiy jihatdan belgilash orqali axborot erkinligining amaliy mexanizmlarini mustahkamlash zarurati asoslab berilgan;
telefonlar va boshqa foydalanuvchi qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar bilan tanishish va ularning sir saqlanishini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda hamda sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi huquqiy davlat tamoyillariga muvofiq asoslantirilgan;
axborot olish huquqini to‘laqonli ta’minlash uchun insonlarning ishonchli axborotlarni olishlari, dezinformatsiya, misinformatsiya hamda malinformatsiyani farqlashlari uchun axborot tizimida “axborot eksperti” tushunchasiga ta’rif ishlab chiqildi;
axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik, axborotdan erkin foydalanish hamda haqqoniylik tamoyillariga asoslanishi lozimligi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan;
murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lmagan axborotni taqdim etganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq olinishi mumkinligi huquqiy asoslantirilgan;
Ombudsman o‘z faoliyati to‘g‘risidagi tegishli axborotni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirib va yangilab turishi, Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani hamda boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borishi shaffoflik tamoyilini mustahkamlash nuqtayi nazaridan asoslab berilgan;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Ombudsmanning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi, uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga etkazilishi kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda insonning axborot olish huquqini ta’minlashni takomilashtirish asoslariga doir olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
o‘z faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlaridan, fuqarolik jamiyati institutlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish kerakligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi 11-bandi ikkinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 15-noyabrdagi 51-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqil faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirish hamda insonlarning ushbu institutlar faoliyatidan xabardorlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
telefonlar va boshqa foydalanuvchi qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitishga, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar bilan tanishishga, ular to‘g‘risida axborot olishga, shuningdek ularning sir saqlanishini boshqacha usulda cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda hamda sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-1015-son Qonunning 20-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 15-noyabrdagi 51-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif insonlarning shaxsiy hayoti daxlsizligini, telekommunikatsiya orqali almashiniladigan xabarlarning maxfiyligini hamda ularning huquqiy kafolatlar asosida himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
axborot eksperti – xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs, tushunchasiga berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi loyihasiga inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 25-martdagi № 04-02-16-2121-son dalolatnomasi). Taklif insonning axborot olishida aniq, ishonchli va ekspert tomonidan ekspertizadan o‘tgan axborotni olishni ta’minlashga xizmat qiladi;
axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik, axborotdan erkin foydalanish va haqqoniylikka asoslanishi kerakligi Axborot kodeksi loyihasining 6-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 25-martdagi № 04-02-16-2121-son dalolatnomasi). Ushbu taklif axborot olish erkinligining asosiy prinsipi bo‘lgan qonuniylik shuni anglatadiki, axborotdan foydalanish va uni tarqatish jarayoni faqat qonun asosida va qonun doirasida amalga oshirilishi kerak. Bu prinsip davlat organlari va boshqa subektlarning axborotni asossiz cheklashiga yo‘l qo‘ymaslikni, insonlarning axborot olish huquqi kafolatlangan bo‘lishini ta’minlaydi. Qonuniylik – erkinlik va xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda asosiy omil bo‘lib, axborotdan foydalanishda shaffoflik va javobgarlikni mustahkamlashga xizmat qiladi;
murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lmagan axborotni taqdim etganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq olinishi mumkinligi Axborot kodeksi loyihasining 8-moddasida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 25-martdagi № 04-02-16-2121-son dalolatnomasi). Mazkur taklif murojaat etuvchining shaxsiy huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lmagan, ya’ni umumiy yoki maxsus so‘rovlar asosida beriladigan axborot uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undirilishi byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi;
Ombudsman o‘z faoliyati to‘g‘risidagi tegishli axborotni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirib va yangilab turishi, Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani hamda boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-dekabrdagi O‘RQ-1002-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasining ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-avgustdagi №3/dn-167-son dalolatnomasi). Taklif insonlarning Ombudsman faoliyati to‘g‘risida muntazam va to‘liq axborot olish huquqini ta’minlash, shuningdek ushbu institutning ochiqligi va jamoatchilik oldidagi hisobdorligini mustahkamlashga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Ombudsmanning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi, uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga etkazilishi kerakligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-dekabrdagi O‘RQ-1002-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining oltinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-avgustdagi №3/dn-167-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jismoniy va yuridik shaxslarning Ombudsmanga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning qabul jarayoniga oid axborotdan xabardorligini ta’minlash hamda ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlashga xizmat qilgan.