Nasimov Azizbek Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Axborotlashgan jamiyatda axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1021
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Buronovna, falsafa fanlari doktori, professor; Usmonova Laylo Raxmatillaevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyat va axborotli qadriyatlar transformatsiyasi jarayonlarini falsafiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning axborotlashuvi jarayonida kibermakondagi axborot xavfsizligi, axborot ekspansiyasining oldini olishda axloqiy qadriyatlarning ekzistensial tarkibiy qismlarini plyuralistik va deterministik mohiyati falsafiy jihatdan dalillangan;
jamiyatda axloqiy me’yorlar (halollik, rostgo‘ylik, insoflilik) identligining internet, ommaviy axborot vositalaridagi o‘zgarish dinamikasini ijobiy va salbiy tendensiyasi falsafiy-axloqiy jihatlari asoslangan;
globallashuv davrida virtual muloqot progressiyasi axloqiy inqiroz, begonalashuv, axloqiy individuallikni fuqarolar o‘rtasidagi insoniylik, insoniy qadriyatlarning kamayishi, insonning qadrsizlanish sabablari va inson virual olamda chegarasiz erkinlikka ega deb bilishi jamiyat etosferasidagi vulgar, apatiya, anomiya kabi destruktiv muammolarga olib kelishi mantiqan dalillangan;
axborotlashgan jamiyatda texnosfera va antroposfera korrelyasion uyg‘unligini ta’minlashning kommunikativ, kognitiv, informativ ko‘rinishlari mediamakonda ideologizatsiya negizida sintezlashgan holda axloqiy qadriyatlar transformatsiyalashuvi jarayonida vujudga kelishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda insonning axloqiy qadriyatlari rivojlanishi bilan bog‘liq ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
jamiyatning axborotlashuvi jarayonida kibermakondagi axborot xavfsizligi, axborot ekspansiyasining oldini olishda axloqiy qadriyatlarning ekzistensial tarkibiy qismlarini plyuralistik va deterministik mohiyati falsafiy jihatdan dalillanganligiga oid taklif-taviyalardan Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 8/14-raqamli “E-ziyorattourism in Samarkand elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasining “Ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil etish” bandi doirasida foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2024-yil 22-iyundagi 737-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasidagi axborotlashgan jamiyatni yangi bosqichga olib chiqishga keng yo‘l ochadigan axloqiy qadriyatlarning boyishiga, inson ma’naviy olamiga nisbatan yangicha falsafiy dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qilgan;
jamiyatda axloqiy me’yorlar (halollik, rostgo‘ylik, insoflilik) identligining internet, ommaviy axborot vositalaridagi o‘zgarish dinamikasini ijobiy va salbiy tendensiyasi falsafiy-axloqiy jihatlari asoslanganligiga doir taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda Evropa Ittifoqi Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 13-iyundagi 1230/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yangi bochqichga olib chiqishda oliy ta’lim sohasidagi axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishiga, chet davlatlarda tahsil olayotgan talabalarning axloqiy qadriyatlarga nisbatan vatanparvarligini oshirishga xizmat qilgan;
globallashuv davrida virtual muloqot progressiyasi axloqiy inqiroz, begonalashuv, axloqiy individuallikni fuqarolar o‘rtasidagi insoniylik, insoniy qadriyatlarning kamayishi, insonning qadrsizlanish sabablari va inson virual olamda chegarasiz erkinlikka ega deb bilishi jamiyat etosferasidagi vulgar, apatiya, anomiya kabi destruktiv muammolarga olib kelishiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan bajarilgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasi, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil 19-iyundagi 04/9-10-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlashgan jamiyatda fuqarolarning partiyalar tomonidan tashkil etilayotgan sog‘lomlashtirish borasidagi amaliy faoliyatlariga qiziqishlari kuchayishiga, partiyalarning axloqiy qadriyatlar ruhidagi tadbirlari falsafiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.
axborotlashgan jamiyatda texnosfera va antroposfera korrelyasion uyg‘unligini ta’minlashning kommunikativ, kognitiv, informativ ko‘rinishlari mediamakonda ideologizatsiya negizida sintezlashgan holda axloqiy qadriyatlar tpansformatsiyalashuvi jarayonida vujudga kelishi mumkinligi asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-may kuni efirga uzatilgan “Inson qadri uchun” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-iyun dagi 01-07/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, televidenieda orqali xalqqa etkazib berilayotgan ko‘rsatuvlarda axloqiy qadrichtlarning raqamlashtirilishiga, teletomoshabinlarning ma’naviy ongi milliy g‘oya bilan uyg‘unlashishiga xizmat qilgan.