Xakimova Maftuna Talxatbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geologiya sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish (Davlat geologik monitoring xizmati misolida)”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmadovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
To‘raev Shavkat Shuxratovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti (Nordic International University).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Geologiya sohasining samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global joylashuv tizimi va raqamli texnologiyalarni geodezik o‘lchovlarda qo‘llash natijasida samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zgarishining operatsion xarajatlar (-40…-60%), byudjet mablag‘lari tejalishi (+25…+30%), kunlik qamrov maydoni (+100%), monitoring chastotasi (2 baravargacha), zararning kamayishi (-20…-35%) chegara qiymatlari asoslangan;
xavfli geologik jarayonlarni kuzatib borish mexanizmining takomillashtirilishi natijasida 7 ta hududiy kuzatuv stansiyalarida monitoring jarayonlarini onlayn rejimida tashkil etish orqali 
2027-yilga qadar tejalishi mumkin bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar hajmi asoslangan;
geologiya sohasidagi axborotlarni qayta ishlash, geoxavflarni monitoring qilish, kuzatish va boshqarishni ta’minlash imkonini beruvchi raqamli platformaga mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali ko‘chki xavfi aniqligi (90–95%), ogohlantirish vaqti (real vaqt), aholining tayyorgarligi (yuqori – 90%), qaror qabul qilish tezligi (oldindan rejalashtirilgan), zarar darajasi 
(50–70% kam) qiymatlarining ta’minlanishi asoslangan;
O‘zbekistonda “Xavfli geologik jarayonlarini kuzatish” axborot tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali samarali foydalanishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xavfli geologik jarayonlarni kuzatishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Global joylashuv tizimi va raqamli texnologiyalarni geodezik o‘lchovlarda qo‘llash natijasida samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zgarishining operatsion xarajatlar (-40…-60%), byudjet mablag‘lari tejalishi (+25…+30%), kunlik qamrov maydoni (+100%), monitoring chastotasi (2 baravargacha), zararning kamayishi (-20…-35%) chegara qiymatlari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini transformatsiya qilish strategiyasiga asoslangan yo‘l-xaritasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida geologiya sohasini modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ilmiy asoslangan mexanizmlarini yaratish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda monitoring va prognozlash sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan («O‘zbekgidrogeologiya» DMning 2025-yil 4-martdagi 02/05-son ma’lumotnomasi);
Xavfli geologik jarayonlarni kuzatib borish mexanizmining takomillashtirilishi natijasida 7 ta hududiy kuzatuv stansiyalarida monitoring jarayonlarini onlayn rejimida tashkil etish orqali 
2027-yilga qadar tejalishi mumkin bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar hajmi bo‘yicha taklifi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “2023-2028-yillarga mo‘ljallangan raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqilishida inobatga olingan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida monitoring tizimining iqtisodiy samaradorligi oshib, xarajatlarni kamaytirish va mehnat resurslaridan foydalanishning optimal mexanizmini shakllantirish imkoni yaratilgan («O‘zbekgidrogeologiya» DMning 2025-yil 4-martdagi 02/05-son ma’lumotnomasi);
Geologiya sohasidagi axborotlarni qayta ishlash, geoxavflarni monitoring qilish, kuzatish va boshqarishni ta’minlash imkonini beruvchi raqamli platformaga mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali ko‘chki xavfi aniqligi (90–95%), ogohlantirish vaqti (real vaqt), aholining tayyorgarligi (yuqori – 90%), qaror qabul qilish tezligi (oldindan rejalashtirilgan), zarar darajasi 
(50–70% kam) qiymatlarining ta’minlanishi bo‘yicha taklifi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “2023-2028-yillarga mo‘ljallangan raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha 
chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqilishida inobatga olingan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida onlayn kuzatuv natijalari yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish va favqulodda vaziyatlardan erta ogohlantirish uslubiyotini takomillashtirish orqali xavfli geologik jarayonlarni tahlil qilishga ketadigan vaqtni kamaytirishga hamda yillik sarf-xarajatlarni 25-30 foizgacha qisqarish imkoni yaratilgan («O‘zbekgidrogeologiya» DMning 2023-yil 6-yanvardagi 01/02-son ma’lumotnomasi);
O‘zbekistonda “Xavfli geologik jarayonlarini kuzatish” axborot tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali samarali foydalanishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “2023-2028-yillarga mo‘ljallangan raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqilishida inobatga olingan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida takroriy ma’lumotlarni qayta ishlashga sarflanadigan ortiqcha vaqt va mablag‘larni kamaytirish, inson resurslaridan oqilona foydalanish hamda monitoring jarayonlarida xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkoni yaratilgan («O‘zbekgidrogeologiya» DMning 2025-yil 4-martdagi 02/05-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish