Yusupov Farhod Adamboevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “O‘zbekiston Respublikasida ishchi kuchidan foydalanish jarayonlarini statistik tahlili”, 08.00.06- Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.32.PhD/Iqt5370
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, To‘raev Baxtiyor Ergashevich i.f.f.d., (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan samarali band qilish yo‘llarini statistik tahlil qilish va istiqbollarini prognozlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishchi kuchining hozirgi holati, dinamik o‘zgarishlari va o‘zgaruvchanliklarini hisobga olib, ularni statistik baholash maqsadida turli zamonaviy statistik usullarni qo‘llagan holda ishchi kuchi harakatining yig‘ma va aylanma ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘zgarishlari inobatga olinib, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mezonlar va tamoyillar yaxlit bir tizimda baholanib, undan samarali foydalanishni ifodalovchi yig‘ma-statistik ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
ishchi kuchidan foydalanish holati, talab va taklifi hamda davriy o‘zgarishlarini inobatga olib, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ishchi kuchidan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilgan;
ishchi kuchidan foydalanishni istiqbolli o‘zgarishlari va yo‘nalishlarini hisobga olib, ulardan foydalanishning o‘rta muddatli (2025-2030 yy) prognoz variantlari tuzilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aholi bandligi va ishchi kuchi salohiyatini zamonaviy statistik uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishchi kuchining hozirgi holati, dinamik o‘zgarishlari va o‘zgaruv-chanliklarini hisobga olib, ularni statistik baholash maqsadida turli zamonaviy statistik usullarni qo‘llagan holda ishchi kuchi harakatining yig‘ma va aylanma ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 12/00-01/08-5375 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimizda ishchi kuchini tarkibiy va tuzilmaviy o‘zgarishlarini kompleks statistik baholash hamda tarmoq va sohalar kesimida statistik usullarda tahlil qilish imkoniyatlarini oshirgan;
ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘zgarishlari inobatga olinib, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mezonlar va tamoyillar yaxlit bir tizimda baholanib, undan samarali foydalanishni ifodalovchi yig‘ma-statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi MB/09-09/204 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy qilinishi ishchi kuchi tarkibiy-tuzilmaviy hamda tendensiyalaridagi o‘zgarishlarni kompleks statistik baholash imkoni oshirgan;
ishchi kuchidan foydalanish holati, talab va taklifi hamda davriy o‘zgarishlarini inobatga olib, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ishchi kuchidan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi MB/09-09/204 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy qilinishi ishchi kuchidan foydalanish darajasini statistik baholash imkonini bergan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi MB/09-09/204 sonli ma’lumotnomasi);
ishchi kuchidan foydalanishni istiqbolli o‘zgarishlari va yo‘nalishlarini hisobga olib, ulardan foydalanishning o‘rta muddatli (2025–2030-y.) prognoz variantlari tuzilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 12/00-01/08-5375 sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy qilinishi ishchi kuchi soni va sifatini istiqboldagi yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.