Saipova Movjuda Karimdjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fazl ibn Ahmadning “Iddat ul uqul” risolasidagi falsafiy g‘oyalarni tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal285
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy maslahatchi: Zoyirov Erkin Xalilovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar: Boltaev Abduraxim Amonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Rahmatova Xolidaxon Xoliqovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Fazl ibn Ahmad ilmiy merosidagi falsafiy qarashlarning ahamiyatini ochib berishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fazl ibn Ahmadning “Iddat al-uqul va umdat ul-ma’qul” (Aqllar uchun vosita va aqliy haqiqatlar uchun asos) risolasidagi Allohning yagonaligini ontologik birlik sifatida talqin etish, ilohiy mohiyatning yagona manbaga asoslanishi kabi g‘oyalari kalom ilmidagi Allohning yagonaligi, olam va oxirat haqidagi masalalarga uyg‘unligi hamda bilish jarayonida e’tiqod tayanish, ruhiy poklanish, haqiqatga intilish tamoyillari asoslab berilgan
Fazl ibn Ahmad “Iddat al-uqul va umdat ul-ma’qul” risolasida Yaratuvchining vahdoniyati (yakkaligi), borligi, maxluqlarning sifatlari va alomatlaridan pokligini vujud al-mutlaq (1-hujjat), olam javhari (2-hujjat), Uchinchi hujjat – umumiy olam mavjudotlarini tarkib topishi va tuzilishi (3-hujjat), jismning harakatlantiruvchiga muhtojligi (4-hujjat), jismlarning mazmuni va shakli (5-6-hujjatlar), olamdagi tartib, tizim va hukmlar (7-hujjat), rivojlanish, o‘zgarish va almashinuv sababiyati (8-9-hujjat), olamning chekliligi va cheksizligi (10-hujjat) kabi o‘nta hujjat bilan falsafiy dalillagani aniqlashtirilgan;
Fazl ibn Ahmad hissiy va aqliy bilishning kelib chiqishi va turlari haqidagi “hissiy lazzat” va “aqliy lazzat” ta’limotining miqdor, sifat, munosabat, qobiliyat, kuzatish, o‘lchov, idrok, ilm va amal, fazilatli amal, haqiqatni anglash hamda inson, tana va ruh, hayot va o‘lim kabi xususiyatlari kalom ilmida ichki ma’naviy holatga, niyat pokligiga, e’tiqodiy bilimni ilmiy tafakkur bilan bog‘lashda ahamiyat kasb etishi asoslangan;
Fazl ibn Ahmad ta’limotida insonnning qadri-qimmati ruhiy olamini boyitish, o‘z-o‘zini anglash, axloq va saodat, saxovat, shijoat, nafsni tarbiyalash, kibrni yo‘qotish, shukronalik va sabrga bog‘liqligi hamda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishishida axloqiy poklanish, aqlni nur bilan sug‘orish va amalda fazilatni namoyon etish mezonlari - “nafsni engish orqali kamolotga erishish” zarurati isbotlangan;
mutakallim ilgari surilgan insonlar orasidagi kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish, nafsni tarbiyalash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘lish, g‘aflat uyqusidan bedorlik, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarining yosh avlodni komil hamda fazilatli insonlar qilib tarbiyalashda, ilm olishda munosib, tajribaga ega bo‘lgan ustozni tanlash hamda Yangi O‘zbekistonda insonparvarlik falsafasiga tayangan milliy ta’lim konsepsiyasini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fazl ibn Ahmad falsafiy qarashlarining ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fazl ibn Ahmadning “Iddat al-uqul va umdat ul-ma’qul” (Aqllar uchun vosita va aqliy haqiqatlar uchun asos) risolasidagi Allohning yagonaligini ontologik birlik sifatida talqin etish, ilohiy mohiyatning yagona manbaga asoslanishi kabi g‘oyalari kalom ilmidagi Allohning yagonaligi, olam va oxirat haqidagi masalalarga uyg‘unligi hamda bilish jarayonida e’tiqod tayanish, ruhiy poklanish, haqiqatga intilish tamoyillariga oid ilmiy xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash hamda buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutakallimlarining tarixiy falsafiy merosi” ensiklopedik kitobning mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 9-sentyabrdagi 02/425-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fazl ibn Ahmadning falsafiy qarashlariga yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga ooz hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berishga xizmat qilgan;
Fazl ibn Ahmad “Iddat al-uqul va umdat ul-ma’qul” risolasida Yaratuvchining vahdoniyati (yakkaligi), borligi, maxluqlarning sifatlari va alomatlaridan pokligini vujud al-mutlaq (1-hujjat), olam javhari (2-hujjat), Uchinchi hujjat – umumiy olam mavjudotlarini tarkib topishi va tuzilishi (3-hujjat), jismning harakatlantiruvchiga muhtojligi (4-hujjat), jismlarning mazmuni va shakli (5-6-hujjatlar), olamdagi tartib, tizim va hukmlar (7-hujjat), rivojlanish, o‘zgarish va almashinuv sababiyati (8-9-hujjat), olamning chekliligi va cheksizligi (10-hujjat) kabi o‘nta hujjat bilan falsafiy dalillaganiga oid ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishi belgilangan “Milliy g‘oya targhbotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora- tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 14-iyuldagi 10/426-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkir ilgari surgan insonlar orasidagi kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish, nafsni tarbiyalash, ilm- ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘lish, g‘aflat uyqusidan bedorlik, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarning yosh avlodni yuksak fazilatli insonlar qilib tarbiyalashdagi o‘rniga doir takliflar, tavsiyalar va xulosalar markazning targ‘ibot faoliyatida samarali foydalanishga xizmat qilgan;
Fazl ibn Ahmad hissiy va aqliy bilishning kelib chiqishi va turlari haqidagi “hissiy lazzat” va “aqliy lazzat” ta’limotining miqdor, sifat, munosabat, qobiliyat, kuzatish, o‘lchov, idrok, ilm va amal, fazilatli amal, haqiqatni anglash hamda inson, tana va ruh, hayot va o‘lim kabi xususiyatlari kalom ilmida ichki ma’naviy holatga, niyat pokligiga, e’tiqodiy bilimni ilmiy tafakkur bilan bog‘lashda ahamiyat kasb etishiga oid ilmiy yangiliklardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom O‘zbekiston”, “Til - millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda hamda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 8-maydagi 125-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berib, teleko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan;
Fazl ibn Ahmad ta’limotida insonnning qadri-qimmati ruhiy olamini boyitish, o‘z-o‘zini anglash, axloq va saodat, saxovat, shijoat, nafsni tarbiyalash, kibrni yo‘qotish, shukronalik va sabrga bog‘liqligi hamda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishishida axloqiy poklanish, aqlni nur bilan sug‘orish va amalda fazilatni namoyon etish mezonlari - “nafsni engish orqali kamolotga erishish”ga oid ilmiy yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-Fl-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 14-iyuldagi 04/11-9143-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fazl ibn Ahmad falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari falsafiy tahlilining dialektik, germenevtik, ontologik asoslari, obektiv va subektiv omillarini aniqlashga xizmat qilgan;
mutakallim ilgari surilgan insonlar orasidagi kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish, nafsni tarbiyalash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘lish, g‘aflat uyqusidan bedorlik, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarining yosh avlodni komil hamda fazilatli insonlar qilib tarbiyalashda, ilm olishda munosib, tajribaga ega bo‘lgan ustozni tanlash hamda Yangi O‘zbekistonda insonparvarlik falsafasiga tayangan milliy ta’lim konsepsiyasini shakllantirishdagi ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklardan va tahlillardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida keltirilgan “I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 12-noyabrdagi 02/06-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fazl ibn Ahmad falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan hamda partiya a’zolari va xodimlari uchun tashkil etilgan siyosiy-ma’rifiy treninglar, mafkuraviy targ‘ibot tadbirlari, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan metodik ishlanmarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.