Shomiev G‘olib Uktamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt345.
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Xudaybergenov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalini shakllantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondoshuvga koʻra “Tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitali” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi shaxsning nomoddiy boyligi bo‘lganligi, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishda foydalanishi, o‘z egasiga daromad keltiruvchanligi, genetik va o‘zlashtirilgan ijobiy sifat va miqdor xususiyatlariga ega barcha komponentlar va motivatsiyalar majmuasiga asoslangan tibbiy xizmat tanlovi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
insonning yoshi (Ky), mehnat staji (Kms), sog‘ligi (Ks) va ta’lim (Kt) darajasi mezonlari bo‘yicha tibbiy sohada inson kapitalini «shartli inson kapitali - ShIK» (conditional human carital)ga aylantirish orqali uning hayot sikli modeliga asoslangan manfaatli yondashuvli o‘lchash usuliga ko‘ra inson kapitalining haqiqiy quvvatini aniqlash taklifi asoslangan;
tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalidan samarali foydalanishda iste’molchilar talabini qondirishga tabaqalashgan holdagi yondashuvni makro va mikro darajada segmentlarga ajratish asosida marketing strategiyasi ishlab chiqilgan;
tibbiy xizmatlar bozori va inson kapitalini uyg‘un rivojlantirish jarayonining o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra, maqsadli, tuzilmaviy, rag‘batlantiruvchi, resurslar va natijalarni baholovchi funksional bloklarini kiritish hisobidan tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalini shakllantirishning davlat-xususiy sheriklik mexanizmi takomillashtirilgan;
davlat tibbiyot muassasalarining qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarini ausorsing asosida tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalidan foydalanishni xususiy sektorga o‘tkazish va ausorsing xizmati bo‘yicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondoshuvga koʻra “Tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitali” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tibbiyot sohasida foaliyat yurituvchi shaxsning nomoddiy boyligi bo‘lganligi, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishda foydalanishi, o‘z egasiga daromad keltiruvchanligi, genetik va o‘zlashtirilgan ijobiy sifat va miqdor xususiyatlariga ega barcha komponentlar va motivatsiyalar majmuasiga asoslangan tibbiy xizmat tanlovi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 8–9-bandlarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-28\27706-sonli va Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2025 yil 3-yanvardagi 06-01/11-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida hududlarda tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalidan samarali foydalanishda xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni oldingi yillarga qaraganda 12 foizga ko‘paygan;
insonning yoshi (Ky), mehnat staji (Kms), sog‘ligi (Ks) va ta’lim (Kt) darajasi mezonlari bo‘yicha tibbiy sohada inson kapitalini «shartli inson kapitali - ShIK» (conditional human carital)ga aylantirish orqali uning hayot sikli modeliga asoslangan manfaatli yondashuvli o‘lchash usuliga ko‘ra inson kapitalining haqiqiy quvvatini aniqlash taklifi amaliyotga joriy etilib, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PF-102-son Farmonining 3-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-28\27706-sonli va Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2025 yil 3-yanvardagi 06-01/11-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarini, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish oldingi yillarga qaraganda 8 foizga oshgan;
tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalidan samarali foydalanishda iste’molchilar talabini qondirishga tabaqalashgan holdagi yondashuvni makro va mikro darajada segmentlarga ajratish asosida marketing strategiyasini ishlab chiqish haqidagi taklifidan “2022-yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 35-maqsadining 173-bandini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-28\27706-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xususiy tibbiyot muassasalarida narx belgilash mexanizmining maqbul variantini tanlash imkonini berdi va aholining xususiy tibbiyot muassasalariga murojaati 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 15 foizga oshdi;
tibbiy xizmatlar bozori va inson kapitalini uyg‘un rivojlantirish jarayonining o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra, maqsadli, tuzilmaviy, rag‘batlantiruvchi, resurslar va natijalarni baholovchi funksional bloklarini kiritish hisobidan tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalini shakllantirishning davlat-xususiy sheriklik mexanizmi takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandini tayyorlashda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024-yil 21-oktyabrda tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmaning 2-bandini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-28\27706-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirgan korxonalar soni 8 taga etdi;
davlat tibbiyot muassasalarining qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarini ausorsing asosida tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalidan foydalanishni xususiy sektorga o‘tkazish va ausorsing xizmati bo‘yicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi haqidagi taklifidan “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”ning 6-ustuvor yo‘nalishining 2-bandini tayyorlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 10-yanvardagi 16-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda ausorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan Nizomning 10-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-28\27706-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarning, tibbiy xizmatlar bozorida inson kapitalining xususiy sektorga o‘tkazilish hajmi 11 foizni tashkil qilgan.