Bekpo‘latov Ulug‘bek Rahmatulla o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatdagi simmetriya va asimmetriya birligining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fal291
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy maslahatchi: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi simmetriya va asimmetriya birligining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simmetriya va asimmetriya g‘oyalari mazmunining shakllanishi va rivojlanish dinamikasi hamda ularning “tartib va xaos”, “barqarorlik va beqarorlik”, “muvofiqlik va nomuvofiqlik”, “muvozanatlilik va nomuvozantlilik”, “turg‘unlik va o‘zgaruvchanlik” haqidagi o‘zaro antipodli kategoriyalarga oid g‘oyaviy-nazariy qarashlar evolyusiyasida tutgan o‘rni asoslangan;
simmetriya va asimmetriya tamoyillarining tabiiy-ilmiy tafakkur doirasidan ijtimoiy jarayonlar maydoniga integratsiyalashuvi hamda ularni tuzilish va mohiyat jihatidan muvozanatga intiluvchi, ichki ziddiyatlar va tafovutlar bilan doimiy harakatda bo‘lgan murakkab ijtimoiy voqelikni obektiv bilish vositasi sifatidagi ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy shakllari jamiyatdagi “ijtimoiy moslashuv”, “ijtimoiy uyg‘unlik”, “ijtimoiy adolat” va “murosa” kabi kategoriyalar kontekstida aniqlashtirilgan;
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalaridagi simmetrik va asimmetrik hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari (ijtimoiy mexanizmlari, tuzilmalari, rivojlanish qonuniyatlari) va ularning ziddiyatli aloqalari, bir-birini taqozo qiluvchilik, to‘ldiruvchilik xususiyatlari dialektik kategoriyalar asosida ochib berilgan;
jamiyat simmetrik va asimmetrik hodisalar aralashmasidan (dissimmetriyadan) iborat bo‘lgan, ochiq, o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim ekanligi va undagi kichik miqdoriy o‘zgarishlar kutilmagan sifat o‘zgarishlarga aylanishi, klassik qarama-qarshiliklar “dixatomiyasi”ning o‘rniga ularning murakkab sintetik integratsiyalashuvi, bifurkatsiyalanuvchilik tabiati kabi nochiziqli dialektik jarayonlarning postnoklassik mohiyati oila, mahalla, milliy va global tuzilmalar fraktalligi kontekstida dalillangan;
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimida barcha uchun teng imkoniyatlarni yaratish, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini, iqtisodiy, siyosiy va ekologik muvozanatni ta’minlash, xalq xizmatidagi adolatli davlatni barpo etish kabi g‘oya va maqsadlarning simmetriya va asimmetriya birligi tamoyilining ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtiruvchi, tartibga soluvchi, birlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi funksiyalari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatdagi simmetriya va asimmetriya birligini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
simmetriya va asimmetriya g‘oyalari mazmunining shakllanishi va rivojlanish dinamikasi hamda ularning “tartib va xaos”, “barqarorlik va beqarorlik”, “muvofiqlik va nomuvofiqlik”, “muvozanatlilik va nomuvozantlilik”, “turg‘unlik va o‘zgaruvchanlik” haqidagi o‘zaro antipodli kategoriyalarga oid g‘oyaviy-nazariy qarashlar evolyusiyasida tutgan o‘rniga oid ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar hayotida yuzaga kelayotgan turli ma’naviy ziddiyatlar, individualizm, manfaatparastlik, madaniyasizlik, ijtimoiy befarqlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish, ularda ma’naviy-mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy loyihalar samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 25-iyundagi 2-13-21-3529-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar dunyoqarashini milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi asosida shakllantirish hamda jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiq faoliyat olib boradigan yoshlartsh tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar sifati va mazmunini boyitishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
simmetriya va asimmetriya tamoyillarining tabiiy-ilmiy tafakkur doirasidan ijtimoiy jarayonlar maydoniga integratsiyalashuvi hamda ularni tuzilish va mohiyat jihatidan muvozanatga intiluvchi, ichki ziddiyatlar va tafovutlar bilan doimiy harakatda bo‘lgan murakkab ijtimoiy voqelikni obektiv bilish vositasi sifatidagi ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy shakllari jamiyatdagi “ijtimoiy moslashuv”, “ijtimoiy uyg‘unlik”, “ijtimoiy adolat” va “murosa” kabi kategoriyalar kontekstidagi umumiy mazmun va mohiyatiga doir ilmiy xulosa va takliflardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan 5.1.3. Saylovoldi dasturining Mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishida keltirilgan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 23-iyundagi 02/02-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalaridagi simmetrik va asimmetrik hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari (ijtimoiy mexanizmlari, tuzilmalari, rivojlanish qonuniyatlari) va ularning ziddiyatli aloqalari, bir-birini taqozo qiluvchilik, to‘ldiruvchilik xususiyatlari dialektik kategoriyalar asosida aniqlanganligiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan IL-4821091548-son “Zamonaviy tahdid va da’vatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ongi shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari” (2022-2024 yy) mavzusidagi fundamental loyiha ishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 26-iyundagi 04/11-7931-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ma’naviyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida shakllantirish tizimini takomillashtirishga metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
jamiyat simmetrik va asimmetrik hodisalar aralashmasidan (dissimmetriyadan) iborat bo‘lgan, ochiq, o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim ekanligi va undagi kichik miqdoriy o‘zgarishlar kutilmagan sifat o‘zgarishlarga aylanishi, klassik qarama-qarshiliklar “dixatomiyasi”ning o‘rniga ularning murakkab sintetik integratsiyalashuvi, bifurkatsiyalanuvchilik tabiati kabi nochiziqli dialektik jarayonlarning postnoklassik mohiyati oila, mahalla, milliy va global tuzilmalar fraktalligi kontekstida dalillanganligiga oid ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 yil fevral-iyun oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 20-iyundagi 05-09-968-son ma’lumotnomasi). Natijada, ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilikka insonlar o‘rtasidagi munosabatlar muvofiqligini ta’minlash, xalq va davlat manfaatlariga uyg‘un holda ijtimoiy faoliyat yurituvchi shaxslarni tarbiyalash, globallashuv natijasida madaniyatlararo muloqotlardagi muvozanatni saqlashga bag‘ishlangan dasturlarni mazmunini boyitishga, sifat jihatidan zamon talablari doirasida keng auditoriyani yig‘ishga xizmat qilgan;
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimida barcha uchun teng imkoniyatlarni yaratish, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini, iqtisodiy, siyosiy va ekologik muvozanatni ta’minlash, xalq xizmatidagi adolatli davlatni barpo etish kabi g‘oya va maqsadlarning simmetriya va asimmetriya birligi tamoyilining ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtiruvchi, tartibga soluvchi, birlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi funksiyalari asoslab berilganligiga oid ilmiy yangilik va xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 17-bandi “Ilmiy-metodologik jihatdan asoslangan, tarixiy tajriba va zamonaviy tahlillar hamda yuksak maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Kuchli ma’naviyat bilan Yangi O‘zbekiston sari” nomli yangi ilmiy-ommabop qo‘llanmaning konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 25-iyundagi 10/373-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatdagi simmetriya va asimmetriya birligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishga xizmat qilgan.