Sarbolaev Farruxbek Nabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi xomashyolardan olingan ozuqaviy qo’shimchalar asosida omixta em texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4139.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergasheva Xusnirabo Bobonazarovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoatining ikkilamchi xomashyolari asosida yuqori ozuqaviy qiymatga ega omixta em ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba yosh qoramollarni fiziologik ehtiyojlarini hisobga olgan holda, makkajo‘xori glyuteni, guruch shlami va uzum turplariga asoslangan yuqori hazm bo‘luvchan ozuqa fraksiyalari yordamida asosiy xomashyo va vitamin-mineral kompleksni qisman substitusiya qilish ilmiy asoslangan;
yuqori namlikka ega ozuqaviy xomashyoga o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydon ta’sirida diskret rejimda ishlov berish sharoitida yuqori samaradorlikka erishish optimal parametrlari isbotlangan;
turli omixta em reseptlari uchun tanlangan xomashyolarining aminokislota profili va oziqlanishga teskari omillari aniqanib, KK-62 START tarkibida makkajo‘xori donining 50 % miqdorda makkajo‘xori glyuteni qo‘llab umumiy xom protein miqdorini oshirish va P62-1 premiksini 100 % miqdorda guruch shlami va uzum turplarini qo‘llab tabiiy antioksidantlar (polifenollar), mineral moddalar va tolalar miqdorini ko‘paytirish isbotlangan;
KK-63 ROST tarkibidagi fermentatsiyaga qulayroq bo‘lgan polisaxaridlar, organik kislotalar va bioaktiv birikmalar hisobiga ozuqaviy qiymatni oshirishda bug‘doy donini 50% miqdorda makkajo‘xori glyuteni va bug‘doy kepagini 100% miqdorda guruch shlami hamda uzum turplari bilan almashtirish mumkinligi asoslangan; 
ikkilamchi xomashyolar asosida ishlab chiqilgan omixta em 1–4 oylik hayvonlarda o‘rtacha kunlik tirik vazn o‘sishini 6,4 % ga, 5–12 oylik hayvonlarda esa 2,4 % ga oshirishini taminlashi isbotlangan;
ishlab chiqilgan KK-62 START va KK-63 ROST reseptlaridaga yuqori namlikka ega xomashyolarni omixta em tarkibiga kiritishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoatining ikkilamchi mahsulotlari asosida yuqori ozuqaviy qiymatga ega omixta em ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtiril bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikkilamchi xomashyolardan olingan ozuqavry qo'shimchalar asosida omixta em olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi qlshloq xo'jaligl xuzuridagi vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining «2025-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 20-iyunidagi  03/23-1806-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, makkajo‘xori donining 50 % miqdordagi bug‘doy donini makkajo‘xori glyuteniga, bug‘doy kepagi va P62-1 premiksini guruch shlami va uzum turpidan tayyorlangan aralashmaga to‘liq almashtirish imkonini beradi; 
makkajo‘xori glyuteni, guruch shlami va uzum turpi asosida omixta em tayyorlash texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi qlshloq xo'jaligl xuzuridagi vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining «2025-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 20-iyunidagi 03/23-1806 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, reseturasida import qilinuvchi P62-1 vitamin-mineral premiksi yo‘q, makkajo‘xori doni sarfi 50 % ga kamaytirilgan KK-62 START tarkibli omixta emi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish