Haydarov Islom Qosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi): «Quduqlarni burg‘ilash uchun yangi kompozision burg‘ilash qorishmasini ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3072.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Abdijabbar Mustafaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Ismatilla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Eshpulatov Tura Poyonovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda tuzli qatlamlarni samarali burg‘ilab o‘tish uchun mo‘ljallangan burg‘ilash qorishmasi tarkibida qo‘llaniladigan kompozision reagent ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor murakkab tuzli yotqiziqlarni burg‘ilashda burg‘ilash eritmasining barqarorligini ta’minlaydigan kraxmal tarkibli kompozision reagent ishlab chiqilgan;
yuqori haroratlarda burg‘ilash eritmasining termik barqarorligini va strukturaviy-mexanik xususiyatlarini saqlab qolishni ta’minlaydigan kompozision reagent komponentlarining optimal nisbatlari aniqlangan;
kraxmal asosidagi reagentlar quduq devorlarida ingichka, mustahkam va kam filtratsiyali qorishma plyonkasi hosil qilishi, tuzli qatlamlarning eruvchanligini pasaytirishi, devorlarning emirilishini cheklashi hamda alyuminiy oksidi ta’sirida ishqalanish koeffisientining kamayishi aniqlangan;
kraxmalli polisaxaridlar kolloid-dispersyon barqarorlashtiruvchi tuzilma hosil qilib, tuzli qatlamlarning eruvchanligini pasaytiradi va gilli jinslarning emirilishini oldini oladi, bu esa quduq stvoli devorlarining geomexanik barqarorligini ta’minlash imkoniyati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan yangi kompozision burg‘ilash qorishmalari va ularni qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan kraxmal asosidagi kompozision reagenti (KRK) Somontepa konidagi 86-sonli quduqda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2025 yil 14 martdagi 03-18-8-268-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu reagentni joriy qilish orqali kraxmal asosidagi reagentlar quduq devorlarida ingichka, mustahkam va kam filtratsiyali qorishma plyonkasi hosil qilib, tuzli qatlamlarning eruvchanligini pasaytirish imkonini bergan;
burg‘ilash qorishmasi Yarmoq 9-sonli va Alan konidagi 202-sonli quduqlarda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2025 yil 14 martdagi 03-18-8-268-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tuzli qatlamlarning eruvchanligi pasayib, gilli jinslarning emirilishi oldi olingan, bu esa quduq stvoli devorlarining geomexanik barqarorligini oshirib 10–17 % gacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.