Nishonov O‘tkirali Raxmatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy dorivor o‘simliklar asosida salqin ichimliklar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T2266.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Shuxratjon Nuriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori; Dadamirzaev Muzaffar Xabibullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor yalpiz (Mentha) va chinnigul (Dianthus) o‘simlik xomashyolari asosida salqin ichimliklar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chinnigul gulbarglari va yalpiz o‘simliklarini 60 °C-da 40 % -li etil spirtida, 60-70 min davomida, xomashyo va ekstragentning 1:10 nisbatida ekstraksiyalash amalga oshirilganda biologik faol moddalarni yuqori miqdorda ajralib chiqishi ma’lum qonuniyatga bo‘ysinishi isbotlangan;
chinnigul gulbarglari va yalpiz o‘simligining ekstraktlaridan tayyorlangan salqin ichimliklar tayyorlash texnologiyasi va maqbul resepturasi ishlab chiqilgan;
taklif etilgan texnologiya asosida, chinnigul gulbarglari va yalpiz o‘simliklarining ekstraktlaridan tayyorlangan salqin ichimliklar tarkibidagi flovanoidlar, aminokislotalar, uglevodlar, vitaminlar hamda makrolementlar miqdori aniqlangan;
chinnigul gulbarglari va yalpiz bargi ekstrakti asosida tayyorlangan salqin ichimliklarning organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik va bakteriologik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy dorivor o‘simlik xomashyolaridan ajratib olingan ekstraktlar asosida salqin ichimliklar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy o‘simlik xomashyolaridan ajratib olingan ekstraktlardan foydalanib salqin ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi “Namangan sharbati” MChJ hamda “Muhammadali hamkor biznes” MChJlarning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoat uyushmasining 2024 yil 1 apreldagi 01-25/04-24 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chinnigul va yalpiz o‘simliklari ekstraktlari asosida tayyorlangan mahsulotlarning sinov namunalarining organoleptik ko‘rsatkichlarini aniqlashni imkonini beradi;
taklif etilgan xomashyolar asosida salqin ichimliklar tayyorlash texnologiyasi “Tip-Top Agro” MChJning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoat uyushmasining 2024 yil 1 apreldagi 01-25/04-24 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklardan tayyorlangan ichimliklarni organoleptik ko‘rsatkichlari belgilangan me’yor ko‘rsatkichlarga mosligi, biologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan salqin ichimliklar ishlab chiqarish imkonini beradi.