Ibotova Madina Otabek qizining   filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi):  “Alisher Navoiy g‘azaliyotida jon va ruhning badiiy talqini”. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5237 
Ilmiy rahbar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zebo Bakirovna Qobilova, filologiya fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Alisher Navoiy g‘azaliyotida jon va ruhning badiiy tasviri va talqini orqali ilgari surilgan g‘oya,  obraz va ifoda uyg‘unligini ilmiy tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jon va ruh tushunchalariga oid falsafiy, diniy-tasavvufiy qarashlarning tarixiy tadriji, og‘zaki hamda yozma manbalardagi badiiy ifodasining o‘ziga xosligi dalillangan;
Alisher Navoiy ijodida jon va ruhning poetik ifodasi  islomiy va tasavvufiy manbalar asosida shakllanganligi hamda ulug‘ shoir g‘azaliyotida ularning badiiy-estetik ifoda imkoniyatlari kengayganligi isbotlangan;
Alisher Navoiy g‘azallarida jon va ruh talqinining irfoniy-ma’rifiy va ramziy-timsoliy ma’nolari ochib berilgan;
ulug‘ shoir jon va ruh tasvirining badiiy talqinida foydalangan tasviriy vositalar, shoir mahorati, an’ana va ijodiylik masalalari o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alisher Navoiy g‘azaliyotida  jon va ruhning badiiy talqini” muammosini    tadqiq etish hamda uning ilmiy - nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
jon va ruh tushunchalariga oid falsafiy, diniy-tasavvufiy qarashlarning tarixiy tadriji, og‘zaki hamda yozma manbalardagi badiiy ifodasini Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi asosida o‘rganishda;  Alisher Navoiy ijodida jon va ruh talqinining o‘ziga xosligi hamda  islomiy va tasavvufiy manbalar asosida shakllanganligi haqidagi nazariy ma’lumotlar va xulosalardan AL-662204396 “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (2025 -yil, 26-maydagi  4/3432 –son ma’lmotnoma). Natijada loyiha Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining badiiy asarlarini tahlil qilishda jon va ruh tushunchalariga oid falsafiy, diniy-tasavvufiy qarashlar bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ulug‘ shoir Alisher Navoiy jon va ruh tasvirining badiiy talqinida foydalangan tasviriy vositalar, shoir mahorati, an’ana va ijodiylik masalalari  hamda g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini yaxlit tizim sifatida tadqiq etishga bag‘ishlangan mazkur dissertatsiya xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi huzuridagi “Nilufar” adabiy to‘garagi, shuningdek, viloyat, shahar va tumanlarda faoliyat  ko‘rsatayotgan to‘garaklar  mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2025-yil 14-maydagi   15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘garaklarning ilmiy saviyasini oshirishga, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqotdagi Alisher Navoiy g‘azallarida jon va ruh talqinining irfoniy-ma’rifiy va ramziy-timsoliy ma’nolari ochib berilgan hamda shoir falsafiy fikrlash uslubining o‘ziga xosligi, ijodkor she’riyatida badiiy talqin qilingan mavzular haqidagi ilmiy fikr va qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar”, “Muloqot va munozara” radioeshittirishlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 26 -maydagi  01-09-109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, zahirasini yangi manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish