Choriev Aliqul Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxon vohasing och tusli yengil qumloq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi”, 06.01.02– “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.2.PhD/T4795
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Butayarov Abduqodir Tuxtaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Saliev Baxodir Karimovich, texnika fanlari doktori, professor, Amanov Baxodir Tuxtasinovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: “Buxoro davlat texnika universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyatining o‘tloqlashib borayotgan och tusli engil qumoq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zaning
“Termiz-202” navini etishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimi texnikasi elementlari, texnologiya qismlarini takomillashtirish orqali ilmiy-amaliy asoslangan maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingichka tolalali “Termiz-202” g‘o‘zani och tusli engil qumloq tuproq sharoitlari uchun tomchilatib sug‘orishning me’yori, davomiyligi va muddatlari aniqlanib ishlab chiqilgan;
ingichka tolalali “Termiz-202” g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda engil qumloq tuproq sharoitlari to‘liq hisobga olinib, sug‘orish texnikasi elementlari optimallashtirilgan.
ingichka tolalali “Termiz-202” g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda tuproq qatlam qalinligi va o‘sish davri inobatga olinib, namlik konturi shakllantirilib, sug‘orish tizimi optimallashtirilib, suv resurslarini tejab, hosildorlikni oshirib va tuproq namligini barqaror saqlashga qaratilgan usullar ishlab chiqilgan;
g‘o‘zani sug‘orish jarayonida mavjud tabiiy-iqlim sharoitlari, tomchilatish quvurlari va tomizgichlar orasidagi masofa, tomizgichlarning birlamchi suv sarfi hamda sug‘orish quvurlarining optimal uzunligi kompleks hisobga olinib, tomchilatib sug‘orish texnikasi elementlarini tanlash va loyihalash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatining och tusli, engil qumloq tuproqlarda ingichka tolali g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Termiz-202” navli g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish tizimi orqali etishtirishda suvni tejash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha olingan natijalari amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 05/13-2944-sonli ma’lumotnomasi asosida). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir gektar maydonda o‘rtacha 2950–3060 m³/ga miqdorida sug‘orish suvi tejalgan. Shuningdek, paxta hosildorligi 8,13–12,24 s/ga yoki nisbatan 22,65–25,54 % gacha oshish imkoniyati yaratilgan.
“Termiz-202” navli ingichka tolali g‘o‘zani engil qumloq tuproqlarda tomchilatib sug‘orish sharoitida etishtirish bo‘yicha hosildorlikni oshirish ko‘rsatkichlari va maqbul sug‘orish rejimi amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 05/13-2944-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Tadqiqot natijalari mineral o‘g‘it sarfining 33,65–42,44 % gacha qisqartirilishi, mehnat resurslarining 32,57–35,72 % gacha tejalishi hamda suvdan foydalanish samaradorligi dinamikasi F = 0,684 dan 0,98 gacha oshirish imkoniyati yaratilgan.
“Termiz-202” navli g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda ilmiy asoslangan suv taqsimoti tizimi va sug‘orish tartibi amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 05/13-2944-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Tadqiqot natijalari yonilg‘i-moylash xarajatlarining 36,44–47,92 % gacha kamayishi, sug‘orishga sarflanadigan suv miqdorining 47,55–52,84 % gacha tejilishi hamda paxta hosildorligining 8,12–12,22 s/ga yoki nisbatan 22,65–25,54 % gacha oshirish imkoniyatiyati yaratilgan.