Ismailov Sardor Samidullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini bank ekotizimiga transformatsiyalash», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt....
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Kalandar Xodjaevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaeva Shaxnoza Xamidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini bank ekotizimiga samarali transformatsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitalini boshqarish strategiyalari va mexanizmlari raqamlashtirish sharoitida minimal hayotiy bank mahsulotini ishlab chiqish bo‘yicha taklif etilgan uchta asosiy bosqich va kasbiy o‘sishni rag‘batlantirish asosida iste’dodlarni boshqarish mexanizmi, mutaxassislarni ilg‘or moliyaviy texnologiyalar bilan ishlashga ichki tayyorlov tizimiga ko‘ra tayyorlash, bozor o‘zgarishlariga xodimlar moslashuvchanligini sinxron tarzda tayyorligini ta’minlash mexanizmiga ko‘ra takomillashtirilgan;
raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘zlashtirishni baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilib, test va so‘rov kabilarga asoslangan holda raqamli ekotizimda ishlashda zaruriy ko‘nikmalarni egallash darajasini aniqlashga qaratilgan bank xodimlarining raqamli kompetensiyalarini baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida kadrlar malakasini oshirish bilan birga bank xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash ichki tizimini yaratishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, unga ko‘ra sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), avtomatlashtirish va tahliliy faoliyat kabi raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlari taklif qilingan;
moliya bozori talablariga muvofiq holda bank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda innovatsion rivojlantirishda g‘oyalar va tashabbuslarga undovchi qulay muhit yaratish asosida raqamli transformatsiya sharoitida banklarning yuqori raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlashning muhim omili bo‘lgan malakali kadrlarni saqlab qolish va jalb etish dasturi uslubiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini bank ekotizimiga samarali transformatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inson kapitalini boshqarish strategiyalari va mexanizmlari raqamlashtirish sharoitida minimal hayotiy bank mahsulotini ishlab chiqish bo‘yicha taklif etilgan uchta asosiy bosqich va kasbiy o‘sishni rag‘batlantirish asosida iste’dodlarni boshqarish mexanizmi, mutaxassislarni ilg‘or moliyaviy texnologiyalar bilan ishlashga ichki tayyorlov tizimiga ko‘ra tayyorlash, bozor o‘zgarishlariga xodimlar moslashuvchanligini sinxron tarzda tayyorligini ta’minlash mexanizmiga ko‘ra takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini 2020-2025-yillarda isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2-ilovasining 6-bandi “Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish”da foydalanilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7719/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xodimlarning yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishda moslashuvchanligini 15%, mehnat unumdorligini 12% va mijozlar ehtiyojini qondirishni 18% oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘zlashtirishni baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilib, test va so‘rov kabilarga asoslangan holda raqamli ekotizimda ishlashda zaruriy ko‘nikmalarni egallash darajasini aniqlashga qaratilgan bank xodimlarining raqamli kompetensiyalarini baholash metodikasi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonida foydalanilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7719/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif bank xodimlari raqamli ko‘nikmalari bo‘yicha o‘rtacha ballini 25%, mijozlar ehtiyojini qondirish darajasini 20% oshirishga va mijozlar so‘rovlarini ko‘rib chiqish vaqtini 18% kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida kadrlar malakasini oshirish bilan birga bank xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash ichki tizimini yaratishning maqsadga muvofiqligi va unga ko‘ra sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), avtomatlashtirish va tahliliy faoliyat kabi raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-109-son “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida foydalanilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7719/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif maslahatchilar xarajatlarini 25%, raqamli vositalar bilan ishlashdagi xatoliklarni 20% qisqartirishga va xodimlarning raqamli moslashuvga jalb etilishini 35% oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
moliya bozori talablariga muvofiq holda bank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda innovatsion rivojlantirishda g‘oyalar va tashabbuslarga undovchi qulay muhit yaratish asosida raqamli transformatsiya sharoitida banklarning yuqori raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlashning muhim omili bo‘lgan malakali kadrlarni saqlab qolish va jalb etish bo‘yicha uslubiy-amaliy jihatdan asoslangan dasturiy ta’minot bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini 2020-2025-yillarda isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida foydalanilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7719/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xodimlarning raqamli malakasini 25%, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini 15%, onlayn tranzaksiyalarni 30% oshirish va tez o‘zgarishlar sharoitida banklar barqarorligini mustahkamlashga muayyan darajada xizmat qilgan.