Xamidova Dilfuza Ulug‘bek qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini saqlash va muzeylashtirish masalalari”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik; tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San175.
Ilmiy rahbar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, PhD.08/09.07.2020.San.118.01. 
Rasmiy opponentlar: Orifjonova Gulirano Ravshan qizi, tarix fanlari doktori; Abdullaev Masharib Saidamatovich, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini saqlash va muzeylashtirishning tipologik echimidagi o‘ziga xos jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida nomoddiy madaniy merosning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, jamiyatlar, etnik guruhlar hamda ayrim holatlarda alohida shaxslar tomonidan o‘z madaniy merosining tarkibiy qismi sifatida tan olingan nomoddiy madaniy meros namunalari, ularni ifodalovchi predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlarning noyob nomoddiy madaniy meros namunalari aniqlangan;
madaniy merosni mazmunan ajdodlar tomonidan yaratilgan axloqiy, ilmiy, diniy, tafakkuriy va ruhiy qarashlari, nomoddiy madaniy meros obektlarini saqlash va o‘rganishga qaratilgan meyoriy huquqiy asoslari milliy va xalqaro mezonlarga muvofiq ravishda rivojlantirilganligi, ijodi, moddiy-ma’naviy boyliklar majmuasi sifatida ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va turmush tarzini o‘zida mujassam etganligi ko‘rsatib berilgan; 
o‘zbek xalqining bayramlari, sayllar, tomoshalar, mehmondo‘stlik, oilaviy marosimlar bilan bog‘liq an’analar (beshik to‘yi, ism qo‘yish, sunnat to‘yi), hasharlar, milliy hunarmandchilik (kashtachilik, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, ganchkorlik va bq.) bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, taqlid, latifataroshlik, qissago‘ylik, voizlik, bir kishi tomonidan ijro etiladigan tomoshalar, masxara, raqs, qo‘g‘irchoq o‘yini (qo‘g‘irchoqbozlik), zarofat va go‘yandalik, tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar yig‘indisi nomoddiy madaniy meros ko‘rinishlari ekanligi asoslangan;
respublika muzeylarida nomoddiy madaniy merosni muzeylashtirish va uning hayotiyligini ta’minlash, o‘ziga xos hududiy xususiyatlarga ega elementlarini xalqaro va milliy meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida to‘plash, hujjatlashtirish, saqlash, muhofaza qilish, ommalashtirish, o‘rnini oshirish, uzatish hamda turli jihatlarini tiklashga oid yondashuvlar, shuningdek, muzey faoliyati va unga doir qonunosti xujjatlar, fond ishi, xorijiy tajriba, muzey eksponatlarini saqlash va havfsizligi tartiblari, madaniy meros obektlari, ko‘rgazmalar, auditoriya bilan ishlash hamda  muzey terminlari kabilar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosining mustaqillik yillaridagi holati yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida nomoddiy madaniy merosning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, jamiyatlar, etnik guruhlar hamda ayrim holatlarda alohida shaxslar tomonidan o‘z madaniy merosining tarkibiy qismi sifatida tan olingan nomoddiy madaniy meros namunalari, ularni ifodalovchi predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlarning noyob nomoddiy madaniy meros namunalari aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi badiiy ko‘rgazmalar direksiyasida 2022-yil 22-sentyabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston xalq rassomi To‘ra Kuryazovning “Tarix sahifalari” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etish jarayonida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2023-yil 26-sentyabrdagi DE24017544-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rgazmaning tashkil etilishi tomoshabinlar tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
madaniy merosni mazmunan ajdodlar tomonidan yaratilgan axloqiy, ilmiy, diniy, tafakkuriy va ruhiy qarashlari, nomoddiy madaniy meros obektlarini saqlash va o‘rganishga qaratilgan meyoriy huquqiy asoslari milliy va xalqaro mezonlarga muvofiq ravishda rivojlantirilganligi, ijodi, moddiy-ma’naviy boyliklar majmuasi sifatida ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va turmush tarzini o‘zida mujassam etganligi ko‘rsatib berilganligiga oid natijalardan “Muzey ashyolarini ekspertizasi va restavratsiyasi (Ganchkorlik)” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 849771-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada qo‘llanma O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni saqlash va muzeylashtirishga doir ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi samaradorlikni oshirgan hamda sohaga oid masalalarni yoritishga xizmat qilgan;
respublika muzeylarida nomoddiy madaniy merosni muzeylashtirish va uning hayotiyligini ta’minlash, o‘ziga xos hududiy xususiyatlarga ega elementlarini xalqaro va milliy meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida to‘plash, hujjatlashtirish, saqlash, muhofaza qilish, ommalashtirish, o‘rnini oshirish, uzatish hamda turli jihatlarini tiklashga oid yondashuvlar, shuningdek, muzey faoliyati va unga doir qonunosti xujjatlar, fond ishi, xorijiy tajriba, muzey eksponatlarini saqlash va havfsizligi tartiblari, madaniy meros obektlari, ko‘rgazmalar, auditoriya bilan ishlash hamda  muzey terminlari kabilar asoslanganligiga oid tadqiqot natijalaridan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 20-noyabrdagi 14-07-1827-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosi mazmunan ajdodlar tomonidan yaratilgan axloqiy, ilmiy, diniy, tafakkuriy va ruhiy qarashlar, ko‘pmillatli xalq madaniyati hamda ijodi moddiy-ma’naviy boyliklar majmuasi sifatida o‘rganishda hamda sohaga oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan; 
o‘zbek xalqining bayramlari, sayllar, tomoshalar, mehmondo‘stlik, oilaviy marosimlar bilan bog‘liq an’analar (beshik to‘yi, ism qo‘yish, sunnat to‘yi), hasharlar, milliy hunarmandchilik (kashtachilik, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, ganchkorlik va bq.) bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, taqlid, latifataroshlik, qissago‘ylik, voizlik, bir kishi tomonidan ijro etiladigan tomoshalar, masxara, raqs, qo‘g‘irchoq o‘yini (qo‘g‘irchoqbozlik), zarofat va go‘yandalik, tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar yig‘indisi nomoddiy madaniy meros ko‘rinishlari ekanligi asoslanganligiga oid tadqiqot natijalaridan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 20-noyabrdagi 14-07-1827-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh avlodni har bir xalq, millat tarixiy taraqqiyoti davrida xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va turmush tarzini o‘zida mujassamlantirilganligini o‘zlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish