Turgunova Fazilat Normurodovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirdaryo viloyati madaniy meros obektlarini saqlash va muzeylashtirish masalalari”, 17.00.06 - Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/San82.
Ilmiy rahbar: Nishanova Kamola Solijon qizi, sanatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, PhD.08/09.07.2020.San.118.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Masharib Saidamatovich, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), katta ilmiy hodim; Temirxodjaev Djaxongir Pulatovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyati madaniy meros obektlarini muzeylashtirish jarayonlari va rivojlanish bosqichlarini aniqlashdan iborat.     
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyatidagi Eski Xovos yodgorligidan topilgan sopol idishlar, chiroqlar, muhrlar, ip yigirish anjomlari va Anaxita haykalchasi kabi noyob topilmalar orqali hududda antik davrdan o‘rta asrlargacha uzlyuksiz rivojlangan amaliy san’at  va haykaltaroshlik  an’analari mavjud bo‘lganligi aniqlangan; 
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi amaliy san’at kolleksiyasida saqlanayotgan gilamdo‘zlik buyumlari (Ruminiya, Bolgariya, Turkmaniston, Qirg‘iziston) geometrik, ramziy motivlar ustunligi, kashta hamda to‘qimachilik mahsulotlari (Qashqadaryo, Surxondaryo-Boysun, Buxoro, Shahrisabz) etnik ramzlari hududda viloyat aholisi demografiyasi bilan bog‘liq etnoijtimoiy jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgani dalillangan;
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining rangtasvir fond zahirasida O‘zbekiston rangtasvirining etuk namoyondalari  R.Choriev (1960-1970) zamondoshlar portretlari, I.Rubin (1980) ziyolilar portretlari, I.Enin (1980),  A.Yusupov, Z.Inog‘omov (1970-1980) manzara janri, syuralizmda F.Ahmadalievlarning 1980-1990-yillarda ishlagan ijodiy asarlaridan tashkil topgan  noyob kolleksiya to‘planganligi dalillangan; 
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi fondining shakllanish dinamikasi birinchi bor ilmiy asosda baholanib, dastlab, 1986-yilda muzey kolleksiyasi 134 ta, 2006-yil 516 ta, 2009-yilda 782 ta, 2017-yilda Suratlar galereyasi faoliyati tugatilishi natijasida 116 ta rangtasvir asarlari ham muzey fondidan joy olganligi, bugungi kunda asosiy fond 14174 taga etganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyati madaniy meros obektlarini ilmiy tadqiq etish tarixi va muzeylashtirilishi ilmiy tadqiqot ishini o‘rganish yuzasidan olingan quyidagi ilmiy natijalar asosida:
Sirdaryo viloyatidagi Eski Xovos yodgorligidan topilgan sopol idishlar, chiroqlar, muhrlar, ip yigirish anjomlari, Anaxita haykalchasi kabi noyob topilmalar orqali hududda antik davrdan o‘rta asrlargacha uzlyuksiz rivojlangan amaliy san’at, haykaltaroshlik va bezakli keramika an’analari mavjud bo‘lganligi bo‘yicha olingan natijaladan «O‘zbekiston me’morchiligi san’ati tarixi» nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 676-354-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada qo‘llanma Sirdaryo viloyati madaniy meros obektlarini muzeylashtirish rivojlanishiga doir ilmiy-tadqiqot materiallari bilan boyitilishi, me’moriy yodgorliklarga oid badiiy jarayonlarni qo‘shimcha manbalar to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi amaliy san’at kolleksiyasida saqlanayotgan gilamdo‘zlik buyumlarida (Ruminiya, Bolgariya, Turkmaniston, Qirg‘iziston) geometrik, ramziy motivlar ustunligi, kashta hamda to‘qimachilik mahsulotlarida (Qashqadaryo, Surxondaryo-Boysun, Buxoro, Shahrisabz) etnik ramzlar, hududiy o‘ziga xosliklari viloyat aholisi demografiyasi bilan bog‘liq etnoijtimoiy jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgani bo‘yicha olingan natijalardan Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi amaliy san’at fondini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 8-noyabrdagi 02-05/4247-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeydagi amaliy san’at kolleksiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi kuzatilgan etnoijtimoiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;  
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining rangtasvir fond zahirasida O‘zbekiston rangtasvirining etuk namoyondalari R.Choriev, I.Rubin, I.Enin, A.Yusupov, Z.Inog‘omov, F.Axmadalievlarning 1980-1990-yillarda ishlagan  ijodiy asarlaridan tashkil topgan nodir kolleksiya to‘planganligi bo‘yicha olingan natijalardan Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi rangtasvir zahirasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 8-noyabrdagi 02-05/4247-son ma’lumotnomasi). Natijada Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining rangtasvir fond zahirasida saqlanayotgan noyob asarlar bilan tanishish imkonini bergan;  
Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi 1986-yilda tashkil etilganda dastlab muzey kolleksiyasi soni 134 ta, 2006-yil 516, 2009-yilda 782 ta, 2017-yilda Suratlar galereyasi  faoliyati tugatilishi bilan 116 ta rangtasvir asarlari ham muzey fondidan joy olganligi, bugungi kunda asosiy fond 14174 taga etganligi bo‘yicha olingan natijalardan Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi fondini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 8-noyabrdagi 02-05/4247-son ma’lumotnomasi). Natijada Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi rangtasvir kolleksiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi kuzatilgan badiiy jarayonlarni tahlil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish