Shodiev Muxiddin Berdimuratovich
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich. Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor Badelboeva Yulduzbonu Orifjonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasii takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari diskursiv va ijtimoiy-madaniy muhitda nutqiy etiket hamda madaniy konnotatsiyalarni lingvopragmatik integratsiya qilish orqali nutqiy faoliyatni kognitiv-pragmatik strategiyasiga muvofiq modellashtirish va mazmuniy interaktivlikni kross-muloqot lokolizatsiyasi asosida ta’minlashga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli diskursga mos interaktiv o‘quv jarayonida kognitiv va refleksiv faoliyatni faollashtiruvchi intersemiotik materiallardan foydalanishga muvofiq lingvistik-semantik tarkibni multimodal kompetensiyalar orqali affilyativ ehtiyojlarga ko‘ra aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi shaxsning muloqot faolligini oshiruvchi raqamli kommunikativ muhit va ta’limiy texnologiyalar integratsiyasiga ko‘ra madaniy kontekstda fikrlash va dialogik muloqotni yuritish malakalarini sinxron rivojlantirishning funksional mazmunini nutq variativligiga bog‘liq sotsiolingvistik ko‘nikmalar orqali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi muloqotga kirishishda lingvistik aniqlikning talab etilishiga ko‘ra til birliklari semantik harakteri va ma’no tarmoqlari o‘rtasidagi funksional-stilistik muvofiqlikni o‘quv materiali konseptual birligining epistemologik izchilligiga ko‘ra belgilash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Integrativ yondashuv asosida talabalarining kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari diskursiv va ijtimoiy-madaniy muhitda nutqiy etiket hamda madaniy konnotatsiyalarni lingvopragmatik integratsiya qilish orqali nutqiy faoliyatni kognitiv-pragmatik strategiyasiga muvofiq modellashtirish va mazmuniy interaktivlikni kross-muloqot lokolizatsiyasi asosida ta’minlashga ko‘ra aniqlashtirishga doir takliflar “Practical English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 7-iyuldagi 22-01-146/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning lingvistik, madaniy, va nutqiy faoliyatlarni integratsiyasi imkoniyatlari aniqlangan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli diskursga mos interaktiv o‘quv jarayonida kognitiv va refleksiv faoliyatni faollashtiruvchi intersemiotik materiallardan foydalanishga muvofiq lingvistik-semantik tarkibni multimodal kompetensiyalar orqali affilyativ ehtiyojlarga ko‘ra aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Practical English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 7-iyuldagi 22-01-146/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning modeli refleksiv va diskursga asoslangan o‘qitish bosqichlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi shaxsning muloqot faolligini oshiruvchi raqamli kommunikativ muhit va ta’limiy texnologiyalar integratsiyasiga ko‘ra madaniy kontekstda fikrlash va dialogik muloqotni yuritish malakalarini sinxron rivojlantirishning funksional mazmunini nutq variativligiga bog‘liq sotsiolingvistik ko‘nikmalar orqali integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Practical English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 7-iyuldagi 22-01-146/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi shakl, metod va vositalar asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi muloqotga kirishishda lingvistik aniqlikning talab etilishiga ko‘ra til birliklari semantik harakteri va ma’no tarmoqlari o‘rtasidagi funksional-stilistik muvofiqlikni o‘quv materiali konseptual birligining epistemologik izchilligiga ko‘ra belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Practical English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 7-iyuldagi 22-01-146/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish samaradorligi baholash mezonlari asoida takomillashtirilgan.