Shodmonov Xolmatjon Pulatjon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sintaktik-stilistik figuralar konvergensiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.3.PhD/Fil.4965.
Ilmiy rahbar: Abdupattoev Muhammadtoir Tojimamatovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinova, filologiya fanlari doktori, professor;  Nurmonova Dilfuza Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – o‘zbek tilshunosligida konvergensiya nazariyasini asoslash bilan birga, mazkur hodisaning sintaktik-stilistik figuralarda yuzaga kelish holatlarini baholash va funksional imkoniyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– lingvistik konvergensiya nazariyasi muammolari haqidagi mavjud tushuncha va hodisalarni tizimli o‘rganish bilan birga, tilshunoslikda konvergensiya hodisasining mohiyati hamda uni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan;
– sintaktik-stilistik figuralarning stilistik tizimdagi o‘ziga xos o‘rni va ularni o‘rganishning tilshunoslik fani, jumladan, sintaktik stilistika yo‘nalishi uchun dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati aniqlangan;
– konvergensiya hodisasining sintaktik-stilistik figuralarda aniq va to‘laqonli voqelanishi bilan bog‘liq nutqiy masalalar lisoniy dalillar tahlillari asosida isbotlangan;
– o‘zbek poetik nutqida sintaktik-stilistik figuralarning konvergentiv holatlarda qo‘llanishi va bunda nutq tarkibidagi sintaktik-stilistik hamda funksional o‘zgarishlar, o‘ziga xos lisoniy xususiyatlar misollar yordamida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintaktik-stilistik figuralar konvergensiyasi masalalariga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
– lingvistik konvergensiya nazariyasi muammolari haqidagi mavjud tushuncha va hodisalarni tizimli o‘rganish bilan birga, tilshunoslikda konvergensiya hodisasining mohiyati hamda uni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilganligi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 3-martdagi 1/04-187 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
– sintaktik stilistik figuralarning stilistik tizimdagi o‘rni va ularni o‘rganishning tilshunoslik fani uchun ahamiyatiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 7-martdagi 26-36-956-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan;
– konvergensiya hodisasining sintaktik-stilistik figuralarda aniq va to‘laqonli voqelanishi bilan bog‘liq nutqiy masalalar lisoniy tahlillar asosida isbotlanganligiga oid xulosa va tavsiyalardan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 4 martdagi 1/04-188 raqamli ma’lumotnomasi) Natijada loyihaning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan ilmiyligi oshgan;
– o‘zbek badiiy nutqida sintaktik-stilistik figuralarning konvergentiv holatlarda qo‘llanishi va bunda badiiy nutq tarkibidagi sintaktik-stilistik hamda funksional o‘zgarishlar, o‘ziga xos lisoniy xususiyatlari misollar yordamida dalillanganligiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 yil 7 martdagi 26-36-956-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar radiotinglovchilarning she’riyatni tushunish va chuqur anglash bo‘yicha bilimlarining shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish