Sharofova Diyora Furqatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “mehmondo‘stlik” konseptining frazeologik birliklardagi lingvomadaniy tahlili” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2134
Ilmiy rahbar: Xolmuradova Leyla Eshkuvvatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek frazeologik olam manzarasida  “mehmondo‘stlik” konseptining semantik va milliy-madaniy xususiyatlarini qiyosiy – chog‘ishtirma aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek lisoniy madaniyatida mehmondorchilik bilan bog‘liq milliy-madaniy konseptlar umumiy va milliy ko‘rinishda namoyon bo‘lishi aniqlanib, umumiy shaklda umuminsoniy qadriyatlar asosida namoyon bo‘lsa, milliy shaklda ma’lum bir xalqning madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib kelishi hamda   ushbu konseptlarning lisoniy - madaniy hodisa sifatida turli xalqlarning tafakkur tizimini ham ochib berishi isbotlangan;
    ingliz va o‘zbek frazeologizm va paremiyalarida ingliz tilida “hospitality”, o‘zbek tilida “mehmondo‘stlik” konseptining leksik, morfologik, denotativ va konnotativ ma’nolarini ifodalovchi semantik maydon hamda bibleizmlar, mifologizmlar, lotinizmlar tarkibidagi frazeologizmlarda ifodalagan kognitiv maydoni aniqlanib, ingliz va o‘zbek xalqlarida mehmon kutish jarayonlarining o‘zaro lingvomadaniy o‘xshash va madaniyatlararo muloqotdagi farqli jihatlari aniqlangan;
    ingliz va o‘zbek frazeologik fondidagi “mehmondo‘stlik” konseptining milliy mentalitet va milliy madaniyatga asoslangan etnomadaniy muloqot, punktuallik, shaxsiy chegara kabi farqlari ingliz tilida “guest”, “host”, o‘zbek tilida “mehmon”, “mezbon” kabi leksik, lisoniy va madaniy bo‘yoqdorlikni ifodalovchi frazeologik va milliy qadriyatlarni ochib berishga xizmat qiluvchi paremiologik qatlamlari orqali ochib berilgan;
tilning lisoniy vositalar orqali ijtimoiy qadriyatlarni va mehmondo‘stlik me’yorlarini etkazishning madaniyatlararo muloqotdagi roli ochib berilib, ularning inson va jamiyatga subektiv - emotsional ta’siri hamda muloqot shakllarni qurishga lingvomadaniy jihatdan yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “mehmondo‘stlik” konseptining frazeologik birliklardagi lingvomadaniy tahlilini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek lisoniy madaniyatida mehmondorchilik bilan bog‘liq milliy-madaniy konseptlar umumiy va milliy ko‘rinishda namoyon bo‘lishi aniqlanib, umumiy shaklda umuminsoniy qadriyatlar asosida namoyon bo‘lsa, milliy shaklda ma’lum bir xalqning madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib kelishi hamda   ushbu konseptlarning lisoniy - madaniy hodisa sifatida turli xalqlarning tafakkur tizimini ham ochib berishiga oid tahlil natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti, 2024-yil, 18-dekabrdagi 04/3781-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillarida olamning lisoniy manzarasini qiyosiy tahlil qilish jarayonida o‘rganilayotgan tushunchaning milliy o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishga doir xulosalar loyiha doirasidagi kurslarga tatbiq qilingan;
ingliz va o‘zbek frazeologizm va paremiyalarida ingliz tilida “hospitality”, o‘zbek tilida “mehmondo‘stlik” konseptining leksik, morfologik, denotativ va konnotativ ma’nolarini ifodalovchi semantik maydon hamda bibleizmlar, mifologizmlar, lotinizmlar tarkibidagi frazeologizmlarda ifodalagan kognitiv maydoni aniqlanib, ingliz va o‘zbek xalqlarida mehmon kutish jarayonlarining o‘zaro lingvomadaniy o‘xshash va madaniyatlararo muloqotdagi farqli jihatlari aniqlanganligiga oid natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 19-noyabrdagi 2554/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning kontentini shakllantirishda psixolingvistika, lingvo-madaniyatshunoslik atamalarining ifodalanishi, ularning tipologik tahlili, o‘zbek va ingliz tilida “mehmondo‘stlik” konseptining ikki tildagi qiyosiy tahlilini frazeologik misollar orqali o‘rganish muhim manba sifatida xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek frazeologik fondidagi “mehmondo‘stlik” konseptining milliy mentalitet va milliy madaniyatga asoslangan etnomadaniy muloqot, punktuallik, shaxsiy chegara kabi farqlari ingliz tilida “guest”, “host”, o‘zbek tilida “mehmon”, “mezbon” kabi leksik, lisoniy va madaniy bo‘yoqdorlikni ifodalovchi frazeologik va milliy qadriyatlarni ochib berishga xizmat qiluvchi paremiologik qatlamlari orqali ochib berilganligiga oid natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 19-martdagi 741/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarning “mehmondo‘stligi” ma’nosi bilan frazeologik birliklarning ichki va tashqi lingvistik omillar tufayli tipologik o‘xshashliklari va farqli jihatlari, o‘zbek va ingliz tillarida olamning lisoniy manzarasini qiyosiy tahlil qilish jarayonida o‘rganilayotgan tushunchaning milliy o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi dalillangan va loyihaga singdirilgan;
tilning lisoniy vositalar orqali ijtimoiy qadriyatlarni va mehmondo‘stlik me’yorlarini etkazishning madaniyatlararo muloqotdagi roli ochib berilib, ularning inson va jamiyatga subektiv - emotsional ta’siri hamda muloqot shakllarni qurishga lingvomadaniy jihatdan yordam berishi to‘g‘risidagi xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil dekabrda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” teleko‘rsatuvi dasturining ssenariyini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasini 2024-yil 17-dekabrdagi 2789/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ko‘rsatuvni tayyorlashda tadqiqot ishida keltirilgan qiyosiy-tipologik jihatdan ingliz va o‘zbek tillarida mavjud materiallar bo‘yicha “mehmondo‘stlik” ma’nosiga ega frazeologik birliklarni ochib berish orqali teleko‘rsatuv sifatining yanada oshirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish