Najmiddinova Madina Muzaffarovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akademik diskursda metakommunikatsiyaning funksional xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5933.
Ilmiy rahbar: Sultonova Shoxista Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuhro Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xegay Valentina Mixaylovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p madaniyatli ta’lim muhitida metakommunikativ nutqiy aktlarning muammoli jihatlari va ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga e’tibor qaratgan holda akademik diskursda metakommunikatsiyaning qo‘llanilishini har tomonlama tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik diskurs va metakommunikatsiya tushunchalariga oid lingvistik va sotsiopragmatik yondashuvlar ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtirilgan, shuningdek, turli mavqelarga oid pozisiyalarni muvofiqlashtirish, kommunikativ uzilishlarni bartaraf etish va muloqotni madaniy kontekstga moslashtirishni ta’minlaydigan ko‘p darajali mexanizmga asoslangan akademik diskurs metakommunikatsiyasining nazariy modeli ishlab chiqilgan hamda empirik tahlil orqali asoslangan;
akademik diskursda metakommunikatsiya qo‘llanilishining “o‘qituvchi – talaba” muloqotiga xos bo‘lgan asosiy metakommunikativ strategiyalari aniqlangan, metakommunikativ nutqiy aktlarning mualliflik tipologiyasi (aniqlashtirish, tushunishni tekshirish, muloqot ohangini to‘g‘rilash, hamdardlikni ifodalash, o‘zaro ta’sir qoidalarini ifodalash va boshqalar) taklif qilingan hamda ularning vazifalari, qo‘llash shartlari tavsiflangan;
akademik diskursda double bind (qarama-qarshi ko‘rsatmalar) hodisasining tizimli strukturasi asosida talabalarda stress va motivatsiyaning pasayishiga olib keladigan o‘qituvchilarning odatiy bir-biriga zid talablari aniqlangan, ta’lim oluvchilarning hissiy holatiga, ta’lim jarayonidagi munosabatlar muhitiga ta’sir qiluvchi omil sifatida pedagogik muloqotga double bind (qarama-qarshi ko‘rsatmalar) ssenariylarini kiritish zarurati diskursiv tahlil asosida dalillangan;
ko‘p madaniyatli hamda baynalmilal ta’lim muhitida metakommunikatsiya samaradorligiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillar, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi maqomlar asimmetriyasi, muloqot ishtirokchilarning nutqiy strategiyalaridagi farqlar, madaniyatlararo aloqaga oid to‘siqlar, akademik hamkorlikda metakommunikativ kompetentlikning shakllanganlik ko‘rsatkichlari o‘qituvchi va talabalar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar orqali aniqlangan hamda akademik diskursda samarali muloqot strategiyalarining lingvistik asoslari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik diskursda metakommunikatsiyaning funksional xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan nazariy takliflar va amaliy natijalardan:
akademik diskurs va metakommunikatsiya tushunchalariga oid lingvistik va sotsiopragmatik yondashuvlar ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtirilgan, shuningdek, turli mavqelarga oid pozisiyalarni muvofiqlashtirish, kommunikativ uzilishlarni bartaraf etish va muloqotni madaniy kontekstga moslashtirishni ta’minlaydigan ko‘p darajali mexanizmga asoslangan akademik diskurs metakommunikatsiyasining nazariy modelidan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-iyundagi 01/4-2551-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar loyihani amalga oshirish va akademik muloqotni takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy materiallarni yaratishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
akademik diskursda metakommunikatsiya qo‘llanilishining “o‘qituvchi – talaba” muloqotiga xos bo‘lgan asosiy metakommunikativ strategiyalari aniqlangan, metakommunikativ nutqiy aktlarning mualliflik tipologiyasi (aniqlashtirish, tushunishni tekshirish, muloqot ohangini to‘g‘rilash, hamdardlikni ifodalash, o‘zaro ta’sir qoidalarini ifodalash va boshqalar) taklif qilingan hamda ularning vazifalari, qo‘llash shartlari tavsiflaridan 2021-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-iyundagi 01/4-2550-son ma’lumotnomasi). Natijada platformaning akademik diskursga bag‘ishlangan bo‘limlari, jumladan, o‘qituvchi va talabalarning metakommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga oid materiallar shakllantirildi;
akademik diskursda double bind (qarama-qarshi ko‘rsatmalar) hodisasining tizimli strukturasi asosida talabalarda stress va motivatsiyaning pasayishiga olib keladigan o‘qituvchilarning odatiy bir-biriga zid talablari aniqlangan, ta’lim oluvchilarning hissiy holatiga, ta’lim jarayonidagi munosabatlar muhitiga ta’sir qiluvchi omil sifatida pedagogik muloqotga double bind (qarama-qarshi ko‘rsatmalar) ssenariylarini kiritish zarurati diskursiv tahlil asosida dalillangan, ko‘p madaniyatli hamda baynalmilal ta’lim muhitida metakommunikatsiya samaradorligiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillar, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi maqomlar asimmetriyasi, muloqot ishtirokchilarning nutqiy strategiyalaridagi farqlar, madaniyatlararo aloqaga oid to‘siqlar, akademik hamkorlikda metakommunikativ kompetentlikning shakllanganlik ko‘rsatkichlari o‘qituvchi va talabalar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar orqali aniqlangan hamda akademik diskursda samarali muloqot strategiyalarining lingvistik asoslaridan “O‘zbekiston-24” ijodiy uyushmasi tomonidan 2025-yilning yanvar-iyun oylarida “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Til – millat ko‘zgusi” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda metodik asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-iyundagi 05-09-917-son malumotnomasi). Natijada ushbu tamoyillarning qo‘llanilishi mediamakonda akademik muloqotning mazmuni va sifatini oshirishga xizmat qilgan.